So’nggi yangiliklar

14:39"Кристал Пэлас" Даун синдромли болаларни жамоавий фотосессияга таклиф қилди  0 14:14"Ливерпуль" собиқ футболчиси БАА учинчи дивизиони жамоасида ўйнайди  0 13:43"Трабзонспор" Андре Онанага доимий шартнома таклиф қилди  1 13:16Ҳимоя чизиғида "катта тозалаш": "Интер" фахрийлар билан хайрлашишга тайёр  2 12:48Ҳолид Ал Фадли Ўзбекистон термасининг араб мамлакатларидан қандай фарқи борлигини айтди  2 12:27Файзуллаев Уругвай билан ўйнамайди  6 12:19Манба: Ўзбекистон халқаро турнирда Миср билан ўйнаши мумкин  7 12:05Реда Ҳани: "Мазкур беллашув Ўзбекистондаги сингари бизнинг мураббий учун ҳам биринчиси эди"  1 11:47Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК ҳакамлар академиясида малака оширади  0 11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0 10:46"Арсенал" туркиялик футболчи учун катта суммадан воз кечишга тайёр  1 10:18"Реал" ҳужумчиси январда АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0

Evro-2024. Daniya bilan golsiz durang qayd etgan Serbiya turnirni tark etdi Yangiliklar

Evro-2024. Daniya bilan golsiz durang qayd etgan Serbiya turnirni tark etdi

Daniya hamda Serbiya o'rtasida Evro-2024 guruh bosqichi 3-tur o'yini yakuniga etdi.


Denmark

EURO Grp. C . 3-tur

26/06/2024, 01:00

0
:
0
Tugadi

Serbia

Stadion: Allianz Arena, 64288 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
27'  Jonas Wind
30'  Morten Hjulmand
46'  Jonas Wind (Andreas Skov Olsen)
59'  Rasmus Hoejlund (Kasper Dolberg)
77'  Morten Hjulmand (Thomas Delaney)
77'  Alexander Bah (Victor Kristiansen)
88'  Christian Eriksen (Yussuf Poulsen)
4'  Nikola Milenkovic
46'  Lazar Samardzic (Dusan Tadic)
46'  Nemanja Gudelj (Luka Jovic)
67'  Ivan Ilic (Dusan Vlahovic)
73'  Srdjan Mijailovic (Filip Mladenovic)
83'  Aleksandar Mitrovic
87'  Sasa Lukic (Sergej Milinkovic-Savic)

Daniya – Serbiya 0:0

Daniya – SHmeyxel, Ba (Dileyni, 77), Vestergor, Kristensen, Andersen, Mele, Eriksen (Poulsen, 88), Xeyberg, Yulmand (Kristiansen, 77), Vind (Olsen, 46), Xeylund (Dolberg, 59).

Serbiya – Raykovich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Miyaylovich (Mladenovich, 73), Gudel (Yovich, 46), Lukich (Milinkovich-Savich, 87), Ilich (Vlaxovich, 67), Samardjich (Tadich, 46), Mitrovich, Jivkovich.

Ogohlantirishlar: Milenkovich (4), Vind (27), Yulmand (30), Mitrovich (83).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. Zaxiradan bahsga qo'shilgan Milinkovich Savichning zarbasi kuchsiz bo'ldi. SHmeyxel uni osonlik bilan egallab oldi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'zgarish: Daniyaning asosiy kuchi bo'lgan Kristian Eriksen o'rniga Yusuf Poulsen maydonga tushdi.

87. Daniya hisobni ochishga yaqin kelgandi, ammo to'pni darvozaga buradigan mard topilmadi.

83. Mitrovich raqib jarima maydonchasi ichida tomosha uyushtirib, "meni yiqitishdi" deya olamga jar soldi. Hakam uni eshitdi va unga sariq kartochka "sovg'a" qildi.

81. ZARBAAA... Mitrovichning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. To'p ustun oldidan o'tib ketdi.

80. Golsiz o'tayotgan tunda biror qiziq voqea sodir bo'lishiga umid qilamiz. 

72. Daniya futbolchisi raqib jarima maydonchasida yiqildi. Qizil libosdagilar penalti so'ray boshlashdi, ammo hakam fol yo'qligini ko'rsatdi.

70. Vlaxovich bahsga qo'shilishi bilan Serbiya faollashdi va raqib jarima maydonchasi ichiga uzatmalar soni oshdi

67. Daniya xavotir oladigan paytlar keldi. Ilich o'rniga "Yuventus" hujumchisi Vlaxovich o'yinga qo'shildi.

62. Daniyaning navbatdagi hujumi juda chiroyli tashkil etildi, ammo so'nggi zarba har doimgidek noaniq.

60. Daniyaning xavfli hujumi zarba bilan yakun topdi, ammo to'p muxlislar o'tirgan tribuna tomon uchdi.

59. Xoylund o'rniga Kasper Dolberg maydonga tushdi.

57. Bizga grafika orqali ko'rsatishdi va serbiyalik futbolchining elkasi golni bekor qilgan ekan.

53. GOOOL! YO'Q! Serbiya raqibning avtogoli orqali hisobni ochgandek ko'ringandi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib, oldinroq serbiyalik futbolchi pas vaqtida ofsaydda turganini malum qildi. Novak Jokovichning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi, VAR ham yon hakam qarorini tasdiqladi.

51. Daniya hisobni ochishi mumkin edi, ammo Skov Olsenning zarbasidan so'ng to'pi himoyachiga tegib, yo'nalishni biroz o'zgartirdi va darvoza yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Serbiyaning sanoqli hujumlari oxiriga etmay qolyapti.

39. ZARBAAA! Vindning 15 metrdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng to'p tribuna tomonga uchdi. Daniya hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi.

30. Yana bitta sariq kartochka. Morten Xyulman hujumdagi foli uchun jazolandi.

27. Yonas Vind raqib oyog'ini bosib olgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

25. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik Daniya tomonda, vaziyatlar bo'yicha ham ular ustun.

13. Guruh jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, Sloveniya Angliyani mag'lub etmasa, Daniyaga 0:0 hisobi ham kifoya qiladi.

10. Hozircha Daniya hujujmda faol bo'lmoqda, Serbiya esa ikkinchi raqamli jamoa bo'lib, qarshi hujumlarni kutib o'ynayapti.

4. Serbiya safida Nikola Milenkovich sariq kartochka bilan jazolandi. U qoidabuzarlik orqali Xoylundni to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

1. Uchrashuv boshlandi. 


EVRO-2024 guruh bosqichi jadvali

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика