Daniele de Rossi: "Kalyari"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi"
26 noy 2013 11:59
Yangiliklar


Daniele de Rossi: "Kalyari"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi"
"Roma" yarim himoyachisi Daniele de Rossi "Kalyari"ga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.
- Bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Himoyaviy nuqtai nazardan bizda muammo yo'q. G'alaba to'pini kiritishga o'yin oxirigacha harakat qildik. To'rtinchi o'rindagi jamoadan 7 ochko oldindamiz. Bu esa CHempionlar ligasi yo'llanmasini olish uchun yaxshi imkoniyat, - deydi De Rossi Sky Sport Italia nashriga.

Fikrlar