Daniel Sebalos: Modrich va Kroos darajasida o'ynay olaman
21 iyu 2017 14:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/265508_original.jpg)
![](/upload/storage/265508_220.jpg)
Daniel Sebalos: Modrich va Kroos darajasida o'ynay olaman
Men dunyoning eng yaxshi klubiga jam bo'lgan fantastik futbolchilar bilan to'p tepishni va ulardan juda ko'p narsalarni o'rganishni sabrsizlik bilan kutyapman. O'z ustimda ishlab, vaqti kelganda Luka Modrich va Toni Kroos darajasiga chiqishni orzu qilaman. Ishonamanki, o'sha kunlar keladi va men klub tarixidan joy olaman.
"Real Madrid" futbolkasini kiyib maydonga tushishimdan baxtliman va bundan faxrlanaman. Bu oilaning bir azosi bo'lish, "Real"dek buyuk klub tarkibida to'p tepish men uchun yuksak sharaf. Uzoq yillar davomida jamoa sharafini himoya qilmoqchiman.
"Real"dan taklif tushganda uzoq o'ylashga xojat yo'q edi. Men hozir o'zim orzu qilgan joydaman. "Qirollik klubi"da tarkibga kirish uchun juda kuchli raqobat bo'lishi hech kimga sir emas. SHu sababli men tinmay o'z ustimda ishlashim, mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishim va murabbiy menga bergan imkoniyat (daqiqalar)dan unumli foydalanishga harakat qilaman.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar