Dani Olmo "Barselona"ga o'tishi sababini aytdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2024, 21:55
Futbolchi Dani Olmo "Barselona" bilan sovrinlar yutish niyatida.

Yarim himoyachi yaqindagina Kataloniya futbol federatsiyasidan Kataloniyaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi.

"Kutilmalar juda katta. Biz mavsumni juda zo'r boshladik, jamoamiz barcha sovrinlarni yutishga qodir. Aynan shu sababli men bu yerdaman. Men g'alabalar va sovrinlarni istayman", - dedi Olmo.

Olmo ushbu mavsumda LaLiganing 8 o'yinida qatnashib, 5 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo