Dani Alvesh shaxsiy avtomobilidan ajraldi
13 fev 2020 22:41
Yangiliklar


Dani Alvesh shaxsiy avtomobilidan ajraldi
"Globo" nashri xabariga ko'ra, "San-Paulu" himoyachisi Dani Alveshning avtomoshinasi o'g'irlab ketilgan.
Voqea San-Pauluning Pineyros tumanida joylashgan avtomobillar turargohida ro'y bergan. Futbolchining qaysi rusumdagi mashinasi muhokama qilinayotgani malum qilinmagan. Takidlanishicha, Alveshning o'zi allaqachon mazkur talonchilik yuzasidan policiya idoralariga murojaat qilgan.
Eslatib o'tamiz, Dani Alvesh Evropadagi 16 yillik (2003-2019 yillarda, "Sevilya", "Barselona", "Yuventus", PSJ) faoliyatidan keyin Braziliyaga qaytib, "San-Paulu" klubi sharafini himoya qila boshlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar