Dani Alves faoliyatini Italiya grandida davom ettirishi mumkin
16 iyu 2019 21:20
Yangiliklar


Dani Alves faoliyatini Italiya grandida davom ettirishi mumkin
"Yuventus" ushbu yozda PSJni erkin agent sifatida tark etgan Dani Alvesga qiziqmoqda.
Goal nashrining tarqatgan xabariga ko'ra, 36 yoshli futbolchining yaqinlari dushanba kuni muzokara o'tkazish uchun Turin shahrida bo'lishgan.
Dani Alves "Yuventus" safida 2016/2017 yilgi mavsumda harakat qilgan va keyinchalik Parijga yo'l olgandi.
Yaqinda nihoyasiga etgan Kopa Amerika musobaqasida braziliyalik "qariya" turnirning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
Avvalroq, Alvesga "Manchester Siti", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari qiziqayotgani borasida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar