Damir Nizanov O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasiga taklif etildi
20 fev 2015 09:01
Yangiliklar

Damir Nizanov O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasiga taklif etildi
Yangi Zelandiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha "CHig'atoy"da navbatdagi yig'inni boshladi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi mazkur terma jamoa 19-28 fevral kunlari "Jar" stadionida mashg'ulot olib boradi.
Ushbu yig'inga "Qo'qon-1912" azosi Damir Nizanov ham taklif etilgan. Mavsumlar oralig'ida Nukusning "Orol" jamoasidan taklif etilgan 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Nizanov qisqa fursat ichida "Qo'qon-1912" tarkibida o'zini ko'rsatib, yoshlar terma jamoasi yig'iniga chaqiruv oldi.

Fikrlar