So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  40 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  23 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  6 23:19Бир-икки, бир-икки...  8 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  4 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  2 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  67 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  2 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  8 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  2

Dam olish kunlari o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan 6 uchrashuv Yangiliklar

Dam olish kunlari o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan 6 uchrashuv

Ushbu dam olish kunlari Evropaning kuchli chempionatlarida qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tadi.

Ushbu uik-endning eng tomoshabop o'yinlari anonsini etiboringizga havola qilamiz.


Bundesliga: Bavariya – Verder. (bugun 23:25 da Setanta Sport +)


Nemis futboli muxlislari uchun bugun katta bayram - futbol bo'yicha Germaniya chempionati start olmoqda. Oldinda bizni Bundesliganing 34 ta turi kutib turibdi. Karlo Anchelotti bugun tunda "Bavariya" safida Bundesligadagi debyut uchrashuvini o'tkazadi ("Verder"ga qarshi). Myunxenliklar mavsum boshlanguniga qadar bitta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi, Bremen jamoasi esa mamlakat Kubogida uchinchi divizion jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etishdi.

SHundoq ham kuchli bo'lgan Karlo Anchelotti jamoasi safiga Mats Xummels va Renatu Sanshesh qo'shildi va jamoadagi raqobat yanada ortdi.

"Verder" yozgi transfer oynasida bazi xaridlarni amalga oshirdi va ularning orasida eng omadlisi Maks Kruze bo'lishi mumkin.

Tomoshaboplik kafolati: 70%


A Seriya: Lacio - Yuventus (shanba 20:55da Setanta Sport)


Rim klubi yangi mavsumni mehmondagi g'alaba bilan boshladi. Ammo uchrashuv juda og'ir o'tdi va kelajakda shunday bo'laversa, "burgutlar" ochkosiz qolishi mumkin. "Lacio" 2003 yildan beri "Yuventus"ni mag'lub eta olmay kelmoqda. Buning ustiga so'nggi uchrashuvda ro'y bergan himoyadagi muammolar poytaxtliklar vazifasini yanada qiyinlashtirishi mumkin. Turinliklar ham mavsumni g'alaba bilan boshlashdi, lekin "keksa sinora" ham g'alabani osonlik bilan qo'lga kiritgani yo'q. "Yuve" "Lacio"ga qarshi ochiq o'yin ko'rsatmaydi, rimliklar esa sovuqqon o'yin namoyish etishi qiyin bo'ladi.

Tomoshaboplik kafolati: 75%


A Seriya: Napoli - Milan (shanba 23:40da Setanta Sport+)


Iguainni qo'ldan chiqargan "Napoli" mavsumning ilk bahsida "Peskara" bilan durang o'ynadi. O'yin neapolliklar nazoratida o'tdi, ammo himoyadagi xatolar raqibga gol urish uchun imkon berdi.

"Milan" o'tgan mavsumni yaxshi o'tkaza olmadi. Jamoa xatto Evropa ligasiga ham yo'llanma ola bilmadi. "Milan"ning ushbu muammolari yangilik emas. Milanliklar o'tgan mavsumda "Napoli"ni biror marotaba mag'lub eta olishgani yo'q. Ular A Seriya yangi mavsumining ilk turida "Torino"ni 3:2 hisobida taslim etishdi. So'nggi soniyalardagi penalti darvozabon Janluiji Donnarumma tomonidan bartaraf etildi.

"Napoli" - "Milan" uchrashuvini ham markaziy o'yinlar safiga kiritsak bo'laveradi.

Tomoshaboplik kafolati: 75%


Ispaniya, Primero: Real - Selta (shanba 23:10da Setanta Sport)


"Selta" yangi mavsumni juda yomon boshladi. Jamoa Primero debyutanti "Leganes"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Eduardo Bericco jamoasi "Real"ga qarshi bahsda bor kuchini ishga solishiga to'g'ri keladi.

"Real"ning ishlari esa juda yaxshi, ammo klub etakchisi Krishtianu Ronaldu o'z formasini tiklash bilan band. Uelslik Garet Beyl esa to'liq tayyor bo'lmasada, "Real Sosedad"ga qarshi bahsda o'zini ko'rsata oldi.

"Real" o'z uyida "Selta"ni taslim etishiga ishonadiganlar ko'p bo'lishi mumkin, ammo mehmonlar "Leganes"ga qarshi bahsda ko'plab vaziyatlar yaratishdi, biroq omad ularga kulib boqmadi.

Tomoshaboplik kafolati: 85%


Ispaniya, Primero: Atletik – Barselona (yakshanba 23:10da Setanta Sport)


Ispaniya chempionatining ikkinchi turida ko'pchilik bilmaydigan "El-Klassiko" bo'lib o'tadi. Ammo bu safar "Barselona" - "Real" emas, balki "Atletik" - "Barsa" o'rtasida. "Real", "Barselona" va "Atletik" hech qachon Ispaniyaning yuqori divizionini tark etmagan. SHu sabab ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs "El-Klassiko" deb ataladi.

"Atletik" yangi mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi. Bunga sabab yangi futbolchilar xarid qilish o'rniga, klub akademiyasiga murojaat qilish sabab bo'lgandir. "Barselona" esa birinchi turda "Betis" darvozasiga 6 ta gol urdi, ammo ko'k-anorranglilarning himoya chizig'i ishonchli emasligi bilinib qoldi. Bahs 6:2 hisobida yakunlandi. Ekspertlar "Barsa"ning g'alabasini taxmin qilishmoqda, ammo bu futbol va maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Tomoshaboplik kafolati: 95%


Match-bonus – Liga 1, Franciya: Monako – PSJ (yakshanba 23:40 na Setanta Sport+)


Franciya chempionatida qiziq o'yinlar bo'lmaydi deydiganlar xato qiladi. Franciyaning amaldagi chempioni PSJ "Monako"ga qarshi maydonga tushadi.

"Monako" CHempionlar ligasi pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi va endi milliy chempionat o'yinlariga ko'proq etibor qaratsa ham bo'ladi. "Monako" ilk ikki o'yinda bitta g'alaba va bitta durangga erishdi. PSJ esa ikki uchrashuvda 5 ta gol urib, 6 ochkoni naqd qildi. Ko'pchilik bu bahsda PSJ g'alaba qozonishini taxmin qilayotgan bo'lishi mumkin, ammo "Monako" uyida o'ynaydi.

Tomoshaboplik kafolati: 75%


Siz ushbu o'yinlarni Aleziya.com (TAS-IX) sayti orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика