Daych: "Byornli" 130 mln turadigan jamoaga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi"
06 jan 2015 09:18
Yangiliklar


Daych: "Byornli" 130 mln turadigan jamoaga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi"
"Byornli" bosh murabbiyi SHon Daych 1:1 hisobida yakunlangan "Tottenxem"ga qarshi Angliya Kubogi uchinchi bosqich uchrashuvidan so'ng, bahs tomoshabop bo'lmaganini takidladi.
"O'yin zerikarli bo'ldi, golli imkoniyatlar kam yaratildi. Raqibimiz oldingi uchrashuvlariga qaraganda 7 nafar futbolchisini almashtirdi va baribir bu tarkibning bahosi ham juda katta - 130 mln. Biz bu bahsda o'zimizga kerakli natijaga erishish uchun qo'limizdan kelgan barchasini amalga oshirdik.
Eng quvonarlisi - Vokusning golidir. Sem o'zini tiklab olishi kerak va bu kichik xursandchilik uning foydasiga ishlaydi deb o'ylayman" - deydi Daych.

Fikrlar