So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  11 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  12 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Cuperliga uchinchi tur o'yinlarida qanday holatlar yuz berdi? Liga komissari bildirgisidan ko'chirma Yangiliklar

Cuperliga uchinchi tur o'yinlarida qanday holatlar yuz berdi? Liga komissari bildirgisidan ko'chirma

O'zPFL Superliga uchinchi tur o'yinlarida yuz bergan turli holatlar va kamchiliklar borasida malum qildi.

27-29 mart kunlari Superliga 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi. Unda faoliyat olib borgan Liga komissarlari rasmiy o'yinni tashkil etish masalasida qator kamchiliklarni qayd etdi. 


Xorazm 1:4 Buxoro

Uchrashuv yakunida Xorazm klubi rahbari Ro'zimboy Ahmedov hamda Buxoro klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Liga har ikki klub o'rtasidagi principiallikni hurmat qiladi va mutaxassislarni sabrli bo'lishga chaqiradi. Mazkur ish O'FA tegishli qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqiladi. 

Shuningdek, Xorazm futbol klubi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17-bandiga amal qilmagani uchun jarimaga tortiladi. 


Qizilqum 1:3 OKMK 

Qizilqum klubi reglamentning 16.24-bandiga beetibor bo'lgani uchun rasman ogohlantiriladi. Kelgusida bu kabi holat jarima intizom chorasi qo'llanilishiga olib keladi. 


Bunyodkor 3:1 Surxon

Surxon murabbiyi Stanislav Kudryashov Liga komissarining qator ogohlantirishlariga qaramay, reglamentning 16.22-bandiga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatgan. Mutaxassis bilan bu kabi holat birinchi bor kuzatilayotgani yo'q. Shundan kelib chiqib, unga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. Holat takrorlansa, uning kelgusi uchrashuvlarda texnik zonaga qo'yilmasligi masalasi kun tartibiga kiritiladi. 


Navbahor 2:2 Andijon

Uchrashuvning birinchi bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda Navbahor azosi Shohmalik Komilov mehmon jamoa muxlislariga nisbatan provokacion xatti-harakatni amalga oshirdi va kichik tartibsizlik kelib chiqishiga sababchi bo'ldi. Liga bu kabi holatlar javobsiz qolmasligini taminlaydi. Keyinroq futbolchi mehmon jamoa muxlislari joy olgan sektorga yaqinlashib, ulardan rasman uzr so'radi. Liga Komilov o'z xatosini tushunganini qadrlaydi, shunga qaramay, reglament oldida hamma birdek javobgar ekanidan kelib chiqib, unga nisbatan O'FA tegishli qo'mitasining qarori chiqariladi. 

Uchrashuv yakuni arafasida Navbahor futbolchisi Saidazamat Mirsaidov hamda Andijon darvozabonlari murabbiyi Qobiljon Olimjonov o'rtasidagi janjal masalasi ham O'FA tegishli qo'mitasida ko'rib chiqiladi.

Navbahor klubi uchrashuv tashkil qilishda Liga komissari vazifasini qiyinlashtiruvchi, texnik zona yuklamasiga sabab bo'luvchi qator kamchiliklarga yo'l qo'ydi. Jumladan, OAV uchun mo'ljallangan media tribunadan butkul begona shaxslar joy oldi va ular komissar ogohlantirishiga bepisand munosabatda bo'lib, qo'pollik qilgan, jurnalistlar erkin ishlashi uchun halal bergan. Ikkinchi bo'limda texnik zonani boshqarish qiyinlashib, mezbon klub vakillari tomonidan qator tartibsizlik sodir etilgan. 

Navbahor klubi vakili Abdurauf G'ulomov maydon atrofida o'zini nomunosib tutgan, qo'shimchasiga, uchrashuv yakunlanishi bilan texnik zonada tamaki chekishni boshlagan. Mazkur holatlar inobatga olinib, Navbahor mezbonligida o'tgan uchrashuvdagi holatlar qo'mitada ko'rib chiqiladi. 


Paxtakor 0:1 Dinamo 

Paxtakor fan-klubi azosi rasmiy tadbir boshlangan vaqtda o'z farzandi bilan maydonga tushib kelgan va uni maydon fonida suratga olgan. Mazkur holatga klub xavfsizlik ofiseri hech qanday munosabat bildirmagan. 

Paxtakor futbol klubi reglamentning 16.4-bandiga nisbatan bepisand munosabatda bo'lgan va uchrashuv Countdowniga amal qilmagan. Mazkur ikki holatdan kelib chiqib, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. 


Mashal 1:0 So'g'diyona 

Mashal klubining darvozabonlar murabbiyi Eldor Isaboev, klub mamuri Farhod Yorov, shuningdek, So'g'diyona murabbiyi Ulug'bek Boqiev reglamentning 16.22-bandiga amal qilmagani uchun jarimaga tortiladi. 

Mashal texnik direktori Dilyaver Vaniev reglamentning 16.30-bandi yuzasidan rasman ogohlantiriladi. Klub mutaxassis hatti-harakatiga nisbatan tushuntirish berishi so'raladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика