CSKA o'rtoqlik uchrashuvida Sloveniya klubini mag'lub etdi
08 iyu 2017 22:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/263520_original.jpg)
![](/upload/storage/263520_220.jpg)
CSKA o'rtoqlik uchrashuvida Sloveniya klubini mag'lub etdi
Moskvaning CSKA klubi Avstriyada tashkil etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Armiyachilar Sloveniya ikkinchi divizioni jamoasi hisoblangan “Nafta-1903” klubini 4:1 hisobida mag'lub etdi. Timur Jamaletdinov, Aaron Olanare va Mutalip Alibekov CSKA gollariga mualliflik qilishdi.
Gollar: Jamaletdinov, 4 (1:0). Olanare, 14 (2:0). Monyak,19, o'z darvozasiga (3:0). Alibekov, 23 (4:0). Maleshevich, 86 (4:1).
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar