CSKA chexiyalik futbolchiga qiziqmoqda
07 may 2020 12:17
Yangiliklar
CSKA chexiyalik futbolchiga qiziqmoqda
CSKA mudofaani kuchaytirish uchun o'yinchi izlamoqda va NEK himoyachisi Yozef Kvidani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Moskva klubi Niderlandiyada professional tarzda o'ynaydigan chexiyalik himoyachini jamoaga taklif qilmoqchi. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.
Kvida koronavirus pandemiyasi tufayli erta yakunlangan Niderlandiyaning ikkinchi chempionatida 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 5 marta sariq kartochka bilan jazolandi.
Himoyachining NEK bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 300 ming evroga baholamoqda.
Futbolchi NEKdan tashqari Niderlandiyaning "PEK Zvolle" va "Almere Siti" klublarida o'ynagan.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar