CSKA bosh murabbiyi kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
02 mar 2025 10:09
Yangiliklar
CSKA bosh murabbiyi kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
«Bugun o'yin uchun yaxshi sharoitlar bor edi, stadionda muxlislar ko'p edi. Natijadan qoniqmadim. Albatta, ayni damda biz Rossiya chempionatidagi eng yosh jamoamiz. Biz bundan g'ururlanamiz va bu yo'ldan – yoshlarimizga ishonishda, ularni rivojlantirishda davom etamiz.
Aytish mumkinki, o'yin boshidan tashqari qolgan vaqtda biz yaxshi o'ynadik. O'yin nazorati bizda edi. Afsuski, gol urishimiz kerak bo'lgan vaziyatlardan foydalana olmadik.
Shuningdek, zaxiradan tushganlardan unchalik mamnun emasman. Ular rejalashtirilganidek harakat qilishmadi. Shunga qaramas bizda keyin ham bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Umuman olgan hayotga real ko'z bilan qarasak, chempionat etakchisining uyidan bir ochko bilan qaytmoqdamiz. Bu juda ham yomon natija emas. Endi bor etiborimizni «Ximki»ga qarshi uy uchrashuvmizga qaratamiz», — dedi moskvaliklar ustozi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar