So’nggi yangiliklar

06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  6 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  10 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  28 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  11 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  6 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0

Coca Cola Superligasi. Zaxira o'rindig'ini isitayotgan mashhurlar Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Zaxira o'rindig'ini isitayotgan mashhurlar

Coca Cola Superligasi FIFA kunlari sababli 17 kunlik tanaffusga chiqdi.

Etiboringizni birinchi davrada juda kam maydonga tushayotgan tajribali va mashhur futbolchilarga qaratmoqchimiz.


Eldorbek Suyunov ("Paxtakor")
Superliganing ilk turida "Olimpik"ka qarshi bahsda o'z darvozasidan uchta gol o'tkazib yuborgan Suyunov keyingi turni zaxirada boshladi va hamon o'sha erda o'tiribdi (Kubok doirasidagi ikki uchrashuvda Eldor maydonga tushganini hisobga olmasak). SHackix Quvvatovga imkoniyat berdi va Sanjar hozircha o'sha imkoniyatdan ortig'i bilan foydalanmoqda. Darvozabonning "Paxtakor" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil oxirigacha mo'ljallanganini eslatib o'tamiz.




Umidjon Ergashev ("Nasaf")
Xuddi Suyunov singari 1-turda asosiy tarkibda maydonga tushgan Umidjon Ergashev "Andijon" bilan bahsda so'nggi daqiqalarda o'tkazgan golidan keyin zaxiraga "mixlandi". Ergashev ham faqat kubok doirasidagi bahslarda maydonga tushirilmoqda xolos.




Azizxon Isaqov ("Surxon")
O'tgan mavsum yozda "Paxtakor"dan "Surxon"ga transfer qilingan yosh posbon 2022 yil ikkinchi davrada Termiz klubining asosiy darvozaboniga aylangandi. Yangi mavsumda esa rossiyalik legioner darvozabon birinchi raqamliga aylandi va Isaqov ko'p vaqtini zaxirada, U-21 chempionatida va kubok doirasidagi o'yinlarda o'tkazmoqda.




Sunnatilla Abdullajonov ("Neftchi")
O'tgan mavsum "Neftchi" safida 21ta o'yinda maydonga tushib 3ta gol urgan Abdullajonov 2023 yilgi Superligada bir daqiqa ham o'ynagani yo'q. Balki Vitaliy Levchenko va Abdullajonov o'rtasida nimadir bo'lgandir. Jarohati bor desangiz futbolchi U-21 chempionatining ikkita uchrashuvida maydonga tushdi va 2ta gol urdi.




Andrey Mishchenko ("Neftchi")

Ukrainalik markaziy himoyachi Levchenkoning uzoq yillik shogirdlaridan biri hisoblanadi. Biroq bu yil negadir Andrey juda kam maydonga tushmoqda. Orada jarohat bois o'yinlarni o'tkazib yuborgan himoyachi Superligada atigi 3ta bahsda maydonga tushdi xolos.




Abdulloh Olimov ("Neftchi")
O'tgan mavsum "Neftchi"ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan Abdulloh Olimov bu yil hozirgacha Superligada bittagina o'yinda ("Paxtakor" bilan bahsda 90-daqiqada)zaxiradan maydonga tushdi xolos. U-21 chempionatida maydonga tushayotgan Olimov katta ehtimol bilan yozda klubdan ketsa kerak.




Artyom Filiposyan ("Surxon")
Tajribali himoyachi mavsumni aslida OKMK safida boshlashi kutilgandi, biroq transfer oynasi yopilishiga juda kam vaqt qolganida "Surxon"ga ko'chib o'tgandi. Ammo Filiposyanning Termiz klubida ham ishi yurishmadi. Superligada umuman maydonga tushmadi va Kubok doirasidagi ikkita uchrashuvda to'liq harakat qildi xolos. Yozda Artyom boshqa klubga o'tishi deyarli aniqdek.




Jasur Yoqubov ("Bunyodkor")
O'tgan mavsum yozda "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgan Jasur Yoqubov bu yil juda kam maydonga tushmoqda. Murod Otajonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi Yoqubovni Superliga doirasida 3ta o'yinda tushirishdi va himoyachi jami 134 daqiqa maydonda harakat qildi.




Muhammad Ali Salem (OKMK)
Olmaliq klubida paydo bo'lgan tunislik himoyachi Muhammad Ali Salem uchun Superliga armonga aylanib qoldi shekilli. Yil boshida OKMK bilan shartnoma tuzgan futbolchi dastlab jarohat boisi qaydnomaga kiritilmadi, keyinroq esa shunchaki qaydnomadan joy oldi va U-21 chempionatida maydonga tushib turdi. Kubok doirasida 1ta uchrashuvda o'ynagan Ali Salem U-21 chempionatida 7ta bahsda qatnashdi. Superligada bir daqiqa ham maydonga tushmagan afrikalik himoyachi klubdan ketdi degan gaplar ham paydo bo'ldi.




Vitaliy Denisov (OKMK)
Tajribali chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov uchun 2023 yilning dastlabki qismi yaxshi o'tdi deya olmaymiz. Sababi OKMK safiga o'tgan Denisov ko'p vaqtini zaxirada o'tkazdi. Hozirga qadar u Superligada 4ta, Kubokda 2ta bahsda maydonga tushdi xolos.




Farruh Ikromov ("Navbahor")

O'tgan yil og'ir jarohatdan qutulgan yarim himoyachi 2023 yil boshida "Navbahor"ga ko'chib o'tdi. Ammo Ikromov kuchli raqobatga dosh berolmadi shekilli Superligada atigi 4ta o'yinda ishtirok etdi xolos. Etiborlisi 4ta uchrashuvda ham Ikromov so'nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushdi va jami 25 daqiqa harakat qildi. Bir marta kubok va bir marta U-21 chempionati doirasida qatnashgan Farruh katta ehtimol bilan ikkinchi davrani boshqa klubda boshlasa kerak.




SHohmalik Komilov ("Nasaf")
O'tgan mavsumni "Dinamo"da ijarada o'tkazgan futbolchi "Nasaf"ga qaytdi. Qaytish u qadar omadli chiqqani yo'q. Sababi Superligada 3tagina o'yinda (jami 59 daqiqa), kubokda 2ta bahsda ishtirok etgan Komilov U-21 chempionatida 5ta uchrashuvda maydonga tushdi. Kecha uning "Nasaf"ni tark etgani haqida xabar ham chiqdi. Ikkinchi davrada Komilov qaysi klubda o'ynashini esa vaqt ko'rsatib beradi.




Aziz Ibragimov ("Turon")
Ikki yil oldin futbolchilik faoliyatini yakunlagan, keyin esa yana o'zi sevgan millionlar o'yiniga qaytishga qaror qilgan Aziz Ibragimov ham ko'p vaqtini zaxirada o'tkazmoqda. Ibragimov hozirgacha 6ta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi va maydonda jami 36 daqiqa davomida harakat qildi xolos. Taqqoslash uchun o'tgan mavsum futbolchi Pro ligada 26ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 8 bor ishg'ol qilgandi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика