So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  6 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  4 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  37 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  33 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" o'z maydonida "Turon"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" o'z maydonida "Turon"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"SO'G'DIYONA" – "TURON" 2:0

Gollar: Zenan Zaymovich 57', 76'

13 may. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00

Hakamlar: Komiljon Rasulov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: SHohnur Yo'ldoshev

VAR nazoratchisi: Konstantin Smirnov

Komissar: Bekzod Aripov

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 6.Alisher Salimov, 8.Iskandar SHaykulov (12.Hislat Xalilov 82'), 9.Zenan Zaymovich, 10.Javohir Qahramonov, 11.Jasur Hasanov (7.Serder Serderov 78'), 15.Tarik Isich, 18.Mirjalol Abdumutalov, 22.Sanjar SHoahmedov (32.Nodirjon Soyibov 82'), 28.Stanislav Andreev (4.Elyor Orifov 68'), 93.Marko Kolakovich 

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 20.Amirbek Fayziev, 26.Ulug'bek Abdullaev, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 80.Samandar Sindorov, 

"Turon": 35.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov, 7.Azim Ahmedov, 15.Nikola Kumburovich, 17.Quvondiq Ro'ziev (40.Ngu Abega Nyang 67'), 18.Abdug'ani Kamolov, 19.Sardor Abduraimov (s), 22.Dushan Stoilkovich (49.Zakariya Beglarishvili 46'), 44.Anri Tchitchinadze, 77.Bilolxon Toshmirzaev (2.Abdulazizxon Abdurashidov 32'), 88.Milan Boyovich (10.Humoyun Murtozaev 46').

Zaxira: 1.Dostonbek To'xtaboev, 5.Marlen CHobanov, 14.Hurshidbek Muxtorov, 21.Azamjon Aliev, 55.Xushnudbek Avilov

Ogohlantirishlar: Quvondiq Ro'ziev 7', Ngu Abega Nyang  89'

YANGILASH


90+4. O'yin yakunlandi!

90+3. "Turon" jarima zarbasi ishlab oldi. Darvozaga berilgan zarbani Mitrovich ajoyib tarzda qaytardi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Xislat Halilovning uzoq masofadan yo'llagan to'pini darvozabon ushlab oldi.

84. Jizzaxliklar faol maydonda. Mehmonlar esa biroz sustlashib qoldi.

79. Yaypanliklar kambek amalga oshirishia oladimi? Fikr va taxminlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Jasur Hasanovning chap qanotdan uzatgan ajoyib pasidan so'ng Zaymovich hisobni ikkitaga oshirdi!

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Zaymovichdan dubl!

68. "Turon"ning qaton hujumlari hozircha samara bermayapti. Jizzaxliklar himoyasi yaxshi o'ynamoqda.

60. Yaypanliklar gol o'tkazib yuborgandan so'ng yanada faollashdi. 

O'ng qanotdan uzatilgan to'p Zenan Zaymovichga kelib tushdi. Uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi golga aylandi!

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jizzaxliklar uchrashuvda hisobni ochdi!

52. Bahsning ikkinchi qismida o'yin maydon markazida kechmoqda. Hozircha ushbu bo'limda xavfli vaziyat bo'lmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Jarima zarbasi pas bilan o'ynaldi va orqaga uzatilgan to'p hujumni yo'qqa chiqardi.

43. Azim Ahmedov o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. Jizzaxliklarda xavfli standart.

41. "So'g'diyona"ning hjumlari muvaffaqiyatsiz yakunlanyapti, "Turon" esa markazdayoq to'pni oldirib qo'yyapti.

40. Azim Ahmedovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

32. O'zgarish: Toshmirzaev o'rniga Abdulazizxon Abdurashidov maydonga tushdi.

29. Qanotdan bo'lgan uzatma muvaffaqiyatsiz chiqdi.

28. Qoida buzildi. Qanotda Toshmirzaev Hasanovni yiqitdi.

26. Hasanovning qanotdan uzatgan to'pi darvozabon qo'liga borib tushdi.

25. Maydon markazida qoida buzildi, Stanislav Andreev to'pni olib qo'yishda qo'pollik ishlatdi deb hisobldi hakam.

24. Sanjar SHoahmedovdan navbatdagi kuchli zarba, bu safar ham Rahimjon Davronov jamoasi joniga oro kirdi.

21. "So'g'diyona"dan navbatdagi zarba, to'p "Turon" himoyachisining yuziga tegdi. SHoahmedovning kuchli zarbasi raqibni nokdaun qildi.

19. ZARBAAA... Kolakovich aniq zarba bilan hisobni ochishga uringan edi, ammo Rahimjon Davronov seyv ijro etishga muvaffaq bo'ldi.

17. Statistika bo'ycha yaqqol ustunlik jizzaxliklar tomonda, ammo hisobda bu aks etmayapti.

13. ZARBAAA... To'p jonli devorda qolib ketdi va mezbonlar xavfni bartaraf etishdi.

12. "Turon" raqib jarima maydonchasi oldida jarima zarbasi ishlab oldi, to'p qarshisida Azim Ahmedov.

11. "So'g'diyona"ning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi, uzatmalar ko'pincha o'z manziliga etib bormayapti.

9. To'p himoyadan Jasur Hasanov qanotiga uzatildi, Hasanov esa to'pni erga tushirmay zarba berdi, noaniq.

7. Sariq kartochka. Quvondiq Ro'ziev Abdumutalovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

4. Jasur Hasanov to'pni jarima maydonchasi ichiga pastlatib uzatgandi, ammo to'pni darvozaga burib qo'yadigan futbolchi topilmadi.

3. "So'g'diyona" dastlabki daqiqalardan o'yin nazoratani o'z qo'liga olishga urinyapti.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика