So’nggi yangiliklar

10:42U-23 Осиё кубоги. Қатар - Австралия учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқаради  0 10:38Ёзда «Барселона»ни тарк этадиган Хави Европанинг номдор жамоасига бош мураббий бўлиш учун асосий даъвогар  1 10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  1 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  1 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda "Qizilqum"ga penaltidan gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda "Qizilqum"ga penaltidan gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Coca Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

4-tur

"Qizilqum" – "Nasaf" 1:1

1 aprel. Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 18:15

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sardor Nishonboev, Sanjar SHoyusupov, Erlan Nurjanov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Rustam Tog'aev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: 1:0 — 54, Islom Kenjaboev, 1:1 — 90+6, Zafarmurod Abdirahmatov.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 2.Avazxon Mamatxo'jaev, 4.Ilhom Vahobov, 5.Samandar SHukurillaev, 10.Islom Kenjaboev, 11.Jasur Xolto'raev (9.Humoyun Abdualimov, 82), 23.SHerali Jo'raev (25.Azizbek Usmonov, 67), 24.Ifeani Ifeani, 75.Oleg Tolmasov, 77.Oybek Nurmatov, 87.Alisher Sanoev (30.Islom Toshpo'latov, 69)

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 20.Timur Nabiev, 26.Viktor Mbaoma, 79.Diyor Rahmatilloev

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (15.Jo'rabek Mannonov, 81), 17.Suhrob Nurulloev (19.Mateus Lima, 58), 23.Sardor Sadullaev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 74), 34.SHerzod Nasrullaev (2.Alibek Davronov, 81), 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov (18.Bahrom Abdurahimov, 74)

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 22.SHohmalik Komilov, 30.Aziz Xolmurodov, 70.Abubakr Rizo Turdialiev

Ogohlantirish: Jasur Xolto'raev (17), Sardor Sadullaev (28), Javohir Sidiqov (41), Samandar SHukurillaev (43), Javohir Ilyosov (73), Avazxon Mamatxo'jaev (90+5)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+6. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Zafarmurod Abdirahmatov hisobni tenglashtirdi!

90+4. Penalti! Avazxon Mamatxo'jaev G'aybullaevga nisbatan qoidabuzarlik amalga oshirgani sababli mezbonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. 

90. "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda.

86. "Qizilqum" muxlislarini ter bosadigan vaziyat yuzaga keldi. Standart vaziyatda G'aybullaev tomonidan yo'llangan to'p rikoshet hosil qilib, darvoza ustuniga urilib, peshonasini g'urra qilib oldi.

84. To'p "Nasaf" futbolchilarida... yana "Nasaf" futbolchilarida... Tepdi! Haliyam "Nasaf" futbolchilarida...

82. "Qizilqum"da o'zgarish: Humoyun Abdualimov Jasur Xolto'raevni almashtirdi.

81. "Nasaf"da ikki o'zgarish: Jo'rabek Mannonov Javohir Sidiqov bilan, Alibek Davronov SHerzod Nasrullaev bilan o'rin almashdi.

77. "Nasaf"ning 77-raqamli futbolchisi 77-daqiqada 77 yoshli futbolchi singari zarba yo'lladi.

74. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish: Azizbek Amonov o'rniga Bahrom Abdurahimov, Sardor Sadullaev o'rniga Zafarmurod Abdiraxmatov maydonga tushirildi.

72. Oybek Bozorov dastlab bir raqibini, keyin ikkinchisini aldadi, so'ngra to'p Bozorovni aldadi. 

69. Mezbonlarda yana bir o'zgarish: Alisher Sanoev o'rniga Islom Toshpo'latov tushirildi.

67. "Qizilqum"da o'zgarish: Azizbek Usmonov SHerali Jo'raevni almashtirdi.

66. Kenjaboev Messi bo'lgisi keldi, bosib o'tgan yo'lining yarmiga Messi bo'ldi ham, qolgan yarmida esa "Qizilqum" futbolchisi ekanligi bilinib qoldi.

63. G'aybullaev o'zini xursand qilmaydigan zarba yo'lladi.

59. Amonov raqib darvoza to'rini yon tarafdan titratdi.

58. "Nasaf"da o'zgarish: Mateus Lima Suhrob Nurulloev o'rniga maydonga tushirildi.

54. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Kenjatoy Kenjaboev qarshi hujumda chaqqonlik evaziga o'zi vaziyatni hal qildi!

50. Omonovning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pning qanoti chiqdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Bozorov esa Mozgovoyning biroz avvalgi natijasini yangiladi.

44. Mozgovoyning bosh bilan yo'llagan zarbasi mo'ljalga borishi uchun raqib darvozasi Hilton balandligicha bo'lishi lozim.

43. Samandar SHukurillaev Bozorovni xafa qilgani uchun ogohlantirildi.

Hamkasblarim iftorlik mahali miriqib palovxonto'rani eb o'tiribdi. Birovi non ushatib emoqda. Men esa mazkur bahsga termulgancha pushaymon eb o'tiribman. 

41. Javohir Sidiqov ham sarg'ayganlar safiga qo'shildi..

38. SHifokorlarni hakam maydon chetiga chiqarmasa ham bo'lverarkan, televizorda hammadan ko'proq shu kishilar ko'rinyapti.

33. Bugungi bahs hozircha to'qnashuvlar bilangina yodda qolmoqda.

28. Hakam raqib jarima maydonida xomush yotgaan Sadullaevdan yaxshi sanatkor chiqishini uqtirgan holda uni taqdirladi.

25. Dastlab "Nasaf" futbolchilarining zarbalari, so'ngra "Qizilqum"ning tezkor qarshi hujumi ajoyib so'ziga qarama-qarshi manodagi ko'rinishni hosil qildi.

24. Nurmatov raqib futbolchisining boshini to'p bilan adashtirib qo'yishiga bir bahya qoldi.

17. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas hakam yana Xolto'raevga qarab "Bratishka, xayoling joyidami, futbolda to'pni tepish mumkin, oyoqni emas", deya ogohlantirdi.

17. Hakam Xolto'raevga qarab "Futbolda to'pni tepish mumkin, oyoqni emas", deya eslatib qo'ydi.

14. Ifeani Bozorovning butsasini kir qilgani sababli "Nasaf" futbolchisi yotib oldi.

12. "Qizilqum" futbolchisi jarima zarbasini Abduvohid Nematovning qo'liga aniq yo'lladi.

9. "Nasaf" futbolchisining burchakdan ijro etgan uzatmasidan so'ng "Qizilqum" himoyachisi hisobni ochishi mumkin edi.

6. Mamatxo'jaev hech kimga pas berdi.

Ilk daqiqalardan navoiylik muxlislar tomonidan "Vay, vay, vay..." buyog'ini aytmasa ham bo'ladigan taronaning musiqasi ijro etilgan holda qo'llab-quvvatlanmoqda.

1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berdi.


Jamoalar 3x4 suratga tushib olishdi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Qizilqum" oq-qizil, "Nasaf" to'q ko'k rangdagi liboslarda harakat qiladi.


Soat 18:00 bo'lgach, televizorni uyqudan uyg'otib, ushbu uchrashuv efirga uzatiladigan telekanalga razm solsam, chiroyli kiyingan hurliqoni namoyish etishayotgan ekan. Unaqada bo'lajak uchrashuv to'rt soat davom etsa ham roziman deb turganimda o'yin vaqti 18:15 ekanligi yodimga tushib qoldi. Hechqisi yo'q, mazkur bahs ham shu qiz singari chiroyli ruhda o'tishini tilab qolaman.


Ko'pchilik hozirda Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Manchester Siti" — "Liverpul" uchrashuvini yostiqqa yonboshlagancha kuzatayotgandim. Biz esa bu o'yinni chetga surib qo'yib, diqqatimizni Navoiydagi bellashuvga qaratamiz. Zero, yangi zamon mashoyixlaridan biri takidlaganidek, "Superligani alishmasman boshqa ligaga, Superliga tengdir Superligaga..."


Assalomu alaykum, quyoshbobo kondecionerini oshirib borayotgan bir pallada ro'za bo'lishiga qaramasdan, futboldan zavq olishdan qaytmaydigan ishqibozlar! Bugun Navoiyda Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" — "Nasaf" uchrashuvi guvohiga aylanamiz. So'nggi yillardagi o'zaro to'qnashuvlarda "ajdarlar"ning alangasi raqibni jizg'anak qilmoqda. Ammo joriy mavsum mezbonlar o'z muxlislari qarshisida ijobiy natija uchun bor imkoniyatini ishga solsa kerak. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика