So’nggi yangiliklar

14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  2 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  26 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" "Dinamo"dan ustun keldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" "Dinamo"dan ustun keldi

Coca Cola Superliganing 17-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
  

O'yinning 6-daqiqasida dastlab mezbonlar deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqishdi, Botirali ishonchli o'ynadi. Qarshi hujumda esa Nasimov to'pga ulgurmadi.

12-daqiqada SHerali Jo'raev jarima maydonchasi ichidan darvoza tomon aniq zarba yo'lladi, ammo zarba kuchsiz chiqdi.

14-daqiqada Botirali Ergashevning qo'pol xatosidan keyin SHerali Jo'raev to'pni egallab oldi va jamoadoshi Stiven Lusticaga uzatdi. Avstraliyalik futbolchining qulay vaziyatdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

32-daqiqada Mate Vatsadzening zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

41-daqiqada Lasha Totadzening kuchli va aniq zarbasini Botirali Ergashev qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. Darvozabondan qaytgan to'pni Vatcadze darvozaga aniq yo'llay olmadi.

55-daqiqada ketma-ket raqib darvozasiga yo'llangan zarbalar nihoyat golga olib keldi. SHerali Jo'raev yaqin masofadan qiyinchiliksiz Botirali Ergashevni dog'da qoldirdi - 1:0.

64-daqiqada raqib himoyachisining xatosidan keyin Doston Ibragimov havolatib to'pni Mate Vatsadzega uzatdi. Gruziyalik hujumchi to'pni boshi bilan darvozabon ustidan oshirib, to'rga yo'lladi - 2:0.

67-daqiqada Bahodir Nasimov jarima maydoniga yorib kirib, Amirjon Safarovga uzatdi. Uning 4 metrdan yo'llagan zarbasi santimetrlar noaniq chiqdi... 

70-daqiqada Amirjon Safarovning uzatmasidan so'ng Qadamboy Nurmetov  zarba berdi, CHeremisin o'z o'rnida. 

72-daqiqada qanotdan oshirilgan to'pni Bahodir Nasimov qaychi uslubda darvozaga yo'lladi, biroz noaniq...

73-daqiqada Qadamboy Nurmetovga nisbatan qo'pollik ishlatildi va bosh hakam mezbonlar darvozasi tomon 11-metrlik jarima zarbasini belgiladi... Jasur Azimov penaltidan gol urdi - 2:1. 

O'yinda "Qizilqum" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.


18 avgust, yakshanba

19:15 «Qizilqum» - «Dinamo» 2:1
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Sandjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: SHerzod Rajabov. 

Gollar: SHerali Jo'raev 55, - 1:0. Mate Vatsadze 64, - 2:0 (Doston Ibragimov). Jasur Azimov 75 penalti, - 2:1.

"Qizilqum": Evgeniy CHeremisin, Alisher Sanoev, Lasha Totadze, Stiven Peter, Salim Mustafoev, Muhsin Ubaydullaev (Suhrobjon Yarashov, 78), SHerali Jo'raev, Azizbek Usmonov, Ruslan Margiev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov (Sunnatilla Abdullajonov, 70).
Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Sardor Jahonov, Saidjamol Davlatyorov, Vohid SHodiev.

"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Jasur O'rinov, Jasur Azimov, Bobur Qosimov, Damir Temirov, Ixtiyor Toshpo'latov (Amirjon Safarov, 63), Sardor Eminov (Qadamboy Nurmetov, 60), SHohruh Abdurahmonov (Obidjon Hakimov, 69), Bahodir Nasimov.
Zaxira: SHohruh Raimov, Akmal Xolmurodov, Nizomjon Norov, Abbos SHodmonov, Siroj Hamroev, Dilmurod Karimov.


Qizilqum

Sherali Jo’rayev - 55', Mate Vatsadze - 64'

Superliga. 17-tur

18/08/2019, 19:15

1
:
2
Tugadi

Dinamo

Jasur Azimov - 75'

45'
90'
55'  Sherali Jo’rayev
64'  Mate Vatsadze
64'  Doston Ibragimov
75'  Jasur Azimov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика