So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" o'z maydonida "Surxon"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" o'z maydonida "Surxon"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi

O'zbekiston Coca Cola Superligasi 7-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Surxon" o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

YANGILASH


O'yin o'z nihoyasiga etdi. "Paxtakor" - "Surxon" 3:1 

90+3. Sergeevning maydon markazidan yo'llagan zarbasini To'raev to'sa oldi.  

90+2. Abror Ismoilov qo'polligi uchun ogohlantirish oldi. 

90+1. Aziz Ibragimov Masharipovga nisbatan qo'pol o'ynagani bois sariq kartochka oldi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Komilovning ajoyib uzatmasidan keyin himoyachi xavfni bartaraf eta oldi. 

89. Akrom Komilovning pasidan keyin mehmonlar himoyachisi to'pni olib qo'ydi va xavf to'xtatildi.

85. ZARBA! Hamdamovning tepgan to'pini To'raev qiyinchiliksiz qo'liga ushlab oldi. 

83. "Paxtakor"da o'zgarish: Farruh Sayfiev o'rniga Akrom Komilov tushdi.

79. "Paxtakor"da navbatdagi almashtirish: Eren Derdiyok maydonni tark etdi, uning o'rniga Igor Sergeev tushdi.

78. "Surxon"da 2 ta o'zgarish qilindi: Asror G'ofurov o'rniga Muhammad-Ali Abdurahmonov,  Nuriddin Hasanov o'rniga Nurmuhammad Namozov tushdi.

76. "Paxtakor" to'pga egalik qilishda davom etmoqda.

71. "Surxon" safida o'zgarish kuzatildi: SHerzod Karimov o'rniga Sardor Sulaymonov maydonga tushdi.

70. "Paxtakor"da o'zgarish: Dragan CHeran o'rniga Abror Ismoilov tushirildi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan CHeran ajoyib zarbasi bilan hisobni oshirdi - 3:1! 

65. ZARBAAAAAAAA! CHeranning uzoqdan yo'llagan zarbasini To'raev qiyinchilik bilan qaytardi. 

59. Masharipov Derdiyokni birga-bir vaziyatga olib chiquvchi pasni amalga oshirdi, biroq hakamlar tomonidan ofsayd qayd etildi. 

58. Alijonovning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi, burchak zarbasi samara keltirmadi. 

55. "Surxon" tarkibida 2 ta o'zgarish: SHavkat Salomov o'rniga Behruz SHaydulov, Rahmatillo Berdimurodov o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi.  

50. Jahongir Mehmonov Derdiyokni yiqitganidan keyin "Paxtakor" jarima to'piga ega bo'ldi. Derdiyokdan ancha noaniq zarba.    

48. Hamdamov o'ng qanotga Alijonovga to'pni uzatdi, uning ichkariga oshirgan uzatmasi ancha noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi 

Birinchi bo'lim tugadi, hozircha 2:1 

45+1. Krimec Asror G'ofurovni yiqitgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sardor Sobirxo'jaev "Paxtakor"ni oldinga olib chiquvchi golni urdi - 2:1! 

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dostonbek Hamdamov hisobni tenglashtirdi - 1:1! 

33. UUUUX!  "Paxtakor"ning bosimi va bir nechta zarbalaridan keyin Akbar To'raev o'zini ko'rsata oldi. 

27. ZARBA! Kasyan Krimec tomonidan qoidani buzish evaziga to'ztatilganidan keyin jarima zarbasi berildi. Abduqahhor Xojiakbarovning zarbasini Eldorbek Suyunov qaytara oldi.  

22.  GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Penalti! "Surxon hujumchisi Kasyan Eldorbek Suyunov tomonidan yiqitildi. Penaltini Kasyanning o'zi muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 0:1! 

19. Asror G'ofurovning o'ng qanotdan hujumga bordi va ichkariga uzatma amalga oshirmoqchi bo'ldi, uzatma esa ancha noaniq chiqdi. 

18. ZARBA! Masharipovning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

14. Ajoyib pasdan keyin Sayfiev birga-bir vaziyatga chiqdi, lekin Akbar To'raev o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib, xavfning oldini oldi. 

11. "Surxon" jamoasi hujumini Krimec bartaraf etdi. 

6. UXX! Alijonovning erlatib uzatgan pasini Derdiyok chiroyli tarzda golga aylantirmoqchi bo'ldi. 

3. ZARBAAAA! Alijonovning uzatmasidan keyin Sobirxo'jaev o'zining kuchli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi.  

1. ZARBAAAA! Dragan CHeranning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. 

1. Uchrashuv boshlandi!  

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.



Coca Cola Superliga. 7-tur
2 iyul, payshanba
20:00 - PAXTAKOR – SURXON 3:1 
Hakamlar:
Elyor Tursunov, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Ramil Ilyasov
 
Gollar: Kasyan 22 (pen.), - 0:1. Hamdamov 38, - 1:1. Sobirxo'jaev 39, - 2:1. CHeran 66, - 3:1

 "Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev, 77.Eren Derdiyok.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akrom Komilov, 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Asadbek Sobirjonov, 11.Igor Sergeev, 21.Abror Ismoilov, 23.SHerzod Azamov, 29.Vladimir Kozak, 99.Javohir Sidiqov,

"Surxon": 45.Akbar To'raev, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 6.Rahmatillo Berdimurodov, 8.SHerzod Karimov, 10.SHavkat Salomov, 11.Aleksandr Kasyan, 19.Nuriddin Hasanov, 21.Azamjon Aliev, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoevich, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 12. Azamat Ahmedov, 9.Dilshod Jabborov, 15.Muhammadali Namozov, 17.Sardor Sulaymonov, 20.Husniddin G'ofurov 1997, 27.Aziz Ibragimov, 27.Nurmuhammad Namozov, 38.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 66.Behruz SHaydulov.


Paxtakor

Dostonbek Hamdamov - 38', Sardor Sobirxo’jayev - 39', Dragan CHeran - 66'

Superliga. 7-tur

02/07/2020, 20:00

1
:
3
Tugadi

Surxon

Aleksandr Kasyan - 23'

45'
90'
38'  Dostonbek Hamdamov
38'  Sardor Sobirxo’jayev
39'  Sardor Sobirxo’jayev
45'  Egor Krimets
66'  Dragan CHeran
66'  Sardor Sobirxo’jayev
70'  Dragan CHeran (Abror Ismoilov)
79'  Eren Derdiyok (Igor Sergeyev)
83'  Farrux Sayfiev (Akrom Komilov)
90'  Abror Ismoilov
23'  Aleksandr Kasyan
56'  SHavkat Salomov (Anvarzhon G'ofurov)
56'  Rahmatullo Berdimurodov (Behruz SHaydulov)
72'  Sherzod Karimov (Sardor Sulaymonov)
78'  Nuriddin Hasanov (Aziz Ibragimov)
78'  Asror G'ofurov (Muhammadali Abdurahmonov )
90'  Aziz Ibragimov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика