So’nggi yangiliklar

20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  1 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  9 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  6 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  14 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Olimpik" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Olimpik" bilan murosa ko'chasini tanladi

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Olimpik" bahsi yakunlandi.

"Paxtakor" – "Olimpik" 1:1  

17 avgust, chorshanba

Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

Gol: Pshemislav Banashak 46' – Otabek Jo'raqo'ziev (Ruslan Jiyanov) 61'

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Sultonmurod Abduraxmanov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Zohirjon Akramxonov

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Aleksandr Nasonov, 6.Ikrom Aliboev, 8.Azizbek Turg'unboev (42.Abbos Fayzullaev, 70), 10.Dragan CHeran (s), 13.Iliya Martinovich, 17.Dostonbek Hamdamov (28.Diyor Xolmatov, 77), 19.Pshemislav Banashak, 23.SHerzod Azamov (3.Hojiakbar Alijonov, 37), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 15.Diyor Ortiqboev, 46.SHahriyor Jabborov, 63.Muhammadali O'rinboev, 88.SHahzod Azmiddinov.

"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Behzod SHamsiev (s), 7.Ruslan Jiyanov (9.Temur Mamasidiqov, 70), 10.Farruh Muxtorov (99.Muhammadali G'iyosov, 79), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (47.Nodir Abdixoliqov, 79), 19.Doston Tursunov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov (30.SHahzodbek Rahmatullaev, 90+1), 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov.

Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 4.Jasurbek Xoldorov, 17.Jalollidin Sodiqov, 18.Sardorbek Mahmudov, 22.Po'latxo'ja Xoldorxonov.

Ogohlantirishlar: Muhammadaziz Ibrohimov (39), Ikrom Aliboev (45+1), Iliya Martinovich (90).

CHetlatishNodir Abdixoliqov (88).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI!

90+7. SHahzodbek Rahmatullaevning jarima zarbasi orqali yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

90+6. Aliboev Mamasidiqovni yiqitdi, olimpiyachilarda standart vaziyat.  

90+3. Zarbaaa!  Abbos Fayzullaevning kuchli zarbasini Nazarov qaytardi! Ammo sal o'tib ofsayd borligi malum qilindi.

90+1. "Olimpik"da almashtirish: Ibrohimov o'rniga Rahmatullaev tushdi. 

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Iliya Martinovich Muhammadali G'iyosovni qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi va ogohlantirildi. 

88. Nodir Abdixoliqov Sardor Sobirxo'jaevgi nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Ammo hali hammasi hal etilmadi... Hakam VAR tomon oshiqdi. Vaziyat tekshirilgach, sariq kartochka bekor qilindi va qizilga o'zgartirildi.

85. Zarbaaaa! Fayzullaevning bosh bilan bergan zarbasini Nazarov qaytardi! Yaxshi zarba, chiroyli seyv!

81. Muhammadali G'iyosov qanotdan oldinga borib tushunarsiz zarba yo'lladi. Quvvatov "sovg'a"ni qabul qilib olib, darhol sheriklarini oldinga boshladi. 

79. "Olimpik"da 2 ta o'zgarish: Muxtorov o'rniga G'iyosov, Jo'raqo'ziev o'rniga Abdixoliqov maydonga tushdi. 

77. "Paxtakor"da o'zgarish: Hamdamov o'rniga Xolmatov tushdi.   

76. CHeran havolatib zarba yo'lladi, ammo to'p yo'l-yo'lakay himoyachining qo'liga tegdi, deb iddao qilmoqda Dragan.

75. Banashak-CHeran juftligi o'zaro til topishib ketgani sezilmoqda. Ular juda faol o'yin namoyish qilishmoqda.

73. Fayzullaevning qulay pasidan keyin Banashak zarba yo'lladi to'p himoyachiga tegdi. Keyin esa hakamlar o'yindan tashqari holat kuzatilganini aniqlashdi. 

72. Zarbaaaa! Banashakning havolatib uzatgan pasidan so'ng Dragan CHeran bosh bilan zarba berdi, hujumchi mo'ljalda sal adashdi.

70. "Paxtakor"da almashtirish: Turg'unboev o'rniga Fayzullaev bahsni davom ettiradi.

70. "Olimpik"da o'zgarish: Ruslan Jiyanov o'rniga Temur Mamasidiqov maydonga tushdi. 

61. GOOOOOOOOOL! Otabek Jo'raqo'ziev Aleksandr Nasonovni aldab o'tib, darvozaga to'p kiritdi – 1:1! Gol VARda tekshirilib, inobatga olindi.

54. O'yinda kurashlar qizg'in pallaga kirdi.

49. Jo'raqo'zievning zarbasidan keyin to'pni darvozabon Sanjar Quvvatov ushlab oldi.

46. GOOOOOOOOL! SHamsiev kutilmaganda yiqilib tushishi oqibatida to'p Pshemislav Banashakka kelib tushdi va hujumchi birga-bir holatda darvozani ishg'ol qildi – 1:0!

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus!  

45+1. Ikrom Aliboev Ruslan Jiyanovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun ogohlantirish oldi.

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi. 

44. Sardor Sobirxo'jaevning uzatmasi maqsadsiz chiqib qoldi, uning ichkariga oshirgan to'pi maydonni tark etdi. 

43. Zarbaaaaaa! Muhammadaziz Ibrohimovning pasidan so'ng Otabek Jo'raqo'ziev zarbasi orqali darvoza ustunini qaqshatdi! 

39. Muhammadaziz Ibrohimov hakam tomonidan ogohlantirildi.

37. "Paxtakor"da o'zgarish: jarohatlangan Azamov o'rniga Alijonov o'yinni davom ettiradi. 

34. Zarba! Alisher Odilovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

32. "Olimpik" vakillari qulay vaziyatga chiqib borishdi, ammo o'yindan tashqari holat kuzatildi. 

24. Zarba! Turg'unboevning yaqin masofadan aniq zarbasidan keyin Nazarov to'pni qaytardi

21. Sayfiev Jo'raqo'zievga nisbatan qoidani buzdi. Hakam hozircha og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.  

18. Zarbaaaaa! Farruh Muxtorovning uzatmasidan so'ng Muhammadqodir Hamraliev bosh bilan zarba berdi, sal noaniq. 

17. Sayfiev Jo'raqo'ziev bilan to'qnashib ketgach, jarima zarbasi belgilandi. 

16. Odilov sherigini qulay vaziyatga chiqarishi mumkin edi, ammo Iliya Martinovich to'sqinlik qilishga ulgurdi. 

11. Timur Kapadze shogirdlari birin-ketin hujum tashkil qilishmoqda. 

9. Zarbaaaa! Alisher Odilov bir nechta himoyachini aldab, uzoqdan zarba yo'lladi, uni Sanjar Quvvatov qaytardi. 

6. Dragan CHeranga qulay uzatma etib kelgandi, biroq u ofsaydda qolgani malum bo'ldi.

4. Hozircha olimpiyachilar nisbatan faolroq. 

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика