Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Andijon"ga beshta gol urdi
27 avg 2019 21:07
Yangiliklar


Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Andijon"ga beshta gol urdi
Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin.
O'yin boshlandi. 8-daqiqada Igor Sergeevning yaqin masofadan boshi bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi. 19-daqiqada Jaloliddin Masharipovning yaqin masofadan to'pni to'xtatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
41-daqiqada burchak zarbasidan ikki zarba yo'llagan Dragan hisobni ochdi. Masharipov oshirgan to'pdan keyin raqibdan qaytgan to'pni CHeran darvozaga yo'lladi - 1:0.
44-daqiqada yana burchak zarbasidan so'ng raqiblardan qaytgan to'pni Sardor kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi - 2:0.
57-daqiqada Qahramon Bahodirovning oshirib bergan to'pini hammadan baland sakragan Ildar Eldor Suyunov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi - 2:1.
58-daqiqada Masharipov davom ettirib, Igorni raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqardi. Sergeev vaziyatdan unumli foydalandi - 3:1.
63-daqiqada Bahodirov jarima maydoni ichida Masharipovni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Penaltidan Dragan CHeran gol urdi - 4:1.
69-daqiqada Husniddin G'ofurovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Dragan CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi - 5:1.
Uchrashuvda "Paxtakor" 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
19:15.PAXTAKOR – ANDIJON 5:1
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Zohirjon Akraxmonov
Gollar: Dragan CHeran 41, - 1:0. Sardor Sobirxo'jaev 44, - 2:0. Ildar Mamatkazin 57, - 2:1 (Qahramon Bahodirov). Igor Sergeev 58, - 3:1 (Jaloliddin Masharipov). Dragan CHeran 64 penalti, - 4:1. Dragan CHeran 69, - 5:1.
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Alisher Salimov, 72), SHerzod Azamov, Marko Simich (S), Farrux Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Dostonbek Hamdamov (Husniddin G'ofurov, 65), Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev (Marat Bikmaev, 70).
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Bobur Asqarov, Humoyunmirzo Iminov, Egor Krimec, SHohruh Mahmudhojiev, Vladimir Kozak, .
"Andijon": Vitaliy Mirniy, Robbim Hasanov (Oybek Qilichev, 61), SHahzod Ubaydullaev, Abdulloh Olimov (Farhod Bekmuratov, 46), Sardor Azimov, Ildar Mamatkazin, Qahramon Baxodirov, Radosav Aleksich, Davron Isoqov, Xushnudbek Avilov, Boburjon Akbarov.
Zaxira: Akmal Ortiqov, Jalil Kimsanov, Farhod Miraxmatov, F. Sohibjonov, Doniyor Ismoilov, Bobur Qosimov, Doniyor Abdumannopov.
Ogohlantirishlar: Dragan CHeran 28, Qahramon Bahodirov 73.
Paxtakor Dragan CHeran - 41', Sardor Sobirxo’jayev - 44', Igor Sergeyev - 58', Dragan CHeran - 64', Dragan CHeran - 69' |
Superliga. 18-tur 27/08/2019, 19:15 1
:
5
Tugadi
|
Andijon Ildar Mamatkazin - 57' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar