So’nggi yangiliklar

16:20"Евро"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  0 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  2 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  1 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  5 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolib, penaltidan gol urolmagan "Neftchi" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolib, penaltidan gol urolmagan "Neftchi" maydonida g'alaba qozondi

Coca Cola Superligasi 15-turidan joy egallagan uchrashuv yakunlandi.

"Neftchi" — "Paxtakor" 0:2

Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 19.00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Alisher To'xtasinov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Sardor Sobirxo'jaev, 29 (0:1), Dragan CHeran, 72 (0:2)

"Neftchi": 69.Evgeniy Konyuxov, 4.Andrey Mishenko, 6.Sirojiddin Qo'ziev (9.Sunnatulla Abdullajonov, 46), 7.Oybek Qilichev (28.Fozil Musaev, 62), 13.Lutfullo To'raev, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Salamat Quttiboev, 22.Umar Ahmadxzoda, 26.Aleksey Larin, 46.SHahzodbek Ubaydullaev (17.Abdulloh Olimov, 84), 99.Ulug'bek Hoshimov (11.Izzatilla Abdullaev, 46)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 31.Nodirxon Nematxonov, 44.Darko Stanoevich, 88.Doniyor Valiev

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (23.SHerzod Azamov, 82), 5.Aleksandr Nasonov, 13.Iliya Martinovich, 34.Farruh Sayfiev, 6.Ikrom Aliboev (28.Diyor Xolmatov, 75), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Dostonbek Hamdamov (63.Muhammadali O'rinboev, 88), 8.Azizbek Turg'unboev (42.Abbos Fayzullaev, 75), 10.Dragan CHeran, 19.Pshemislav Banashak

Zaxira:  33.Eldorbek Suyunov, 15.Diyor Ortiqboev, 88.SHahzod Azmiddinov

Ogohlantirishlar: Qilichev (24), G'ofurov (90+5)

CHetlatish: Abdullajonov (68)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! "Paxtakor" safardan 3 ochko bilan qaytdi.

90+5. G'ofurov ham uyga quruq qaytmaydigan bo'ldi.

Jamoalar o'yin vaqti tugashidan ilgariroq uchrashuv yakunlanishini istarli uchrashuv namoyish etmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Hamdamov o'rniga O'rinboev bahsga qo'shildi.

84. Ubaydullaev o'rniga Olimov maydonga tushirildi.

82. Azamov Alijonov o'rniga o'yinni yakunlab qo'yadi.

80. Ubaydullaev qanchalik baland sakrashga urinmasin, darvozabonga qo'l bilan o'ynashga ruxsat berilgan.

Muxlislar tomonidan hakamlar haqidagi o'sha mashhur qo'shiq yangrashni boshladi.

75. "Paxtakor"da o'zgarishlar: Turg'unboev o'rniga Fayzullaev, Aliboev o'rniga Xolmatov tushirildi.

Superligada 106-golini urgan Dragan CHeran O'zbekiston chempionatida eng ko'p gol urgan xorijlik futbolchiga aylanibdi.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! CHeran unga nisbatan ishlatilgan qo'polliklarning alamini oldi. O'ng qanotdan kirib borgan hujumchi Sobirxo'jaevning pasini o'ng oyoqda golga aylantirdi.


68. Abdullajonov quyidagi fikrlarimizni tasdiqladi, unga to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l ko'rsatadigan kartochka ko'rsatildi.

"El-Klasiko"ning avjiga chiqqan yillari ham bunchalik ko'p fol bo'lmagandi, chamamda.

62. Qilichov qizil kartochka olmasidan zaxiraga olindi, Musaev maydonga tushirildi.

61. Ubaydullaev raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq uni qo'llaydigan sheriklari ortda qolib ketdi, zarba esa Quvvatovni unchalik bezovta qilmadi.

58. Yana janjal. Qilichev o'ziga qo'pollik ishlatgan Aliboevni turtib yubordimi yoki shunchaki nafas bilan zarba berdimi, Aliboev darhol yiqildi. Lekin kartochkaga arzigulik harakat emas deb topildi.

55. Aliboevga to'p og'irlik qildi, CHeranning pasini qabul qilishda yarim himoyachi muvozanatni yo'qotdi.

53. Hozircha yo'q ekan.

52. "Neftchi"da qulay standart yuzaga kelmoqda. Telegramda aylantirishga arzigulik jarima zarbasi tepa oladigan mard bormikan?!

50. Quvvatov Adhamzodaning markaziga uzatgan pasini Quvvatov o'zlashtirib oldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Biroz nafas rostlab olamiz.

45+5. Quvvatovni to'pni qaytardi!!! Birinchi bo'lim uchun "Oltin to'p"ni "Paxtakor" posboni berish kerak.

Penalti! To'p mehmonlar o'yinchisining qo'liga tegdi, deb topildi.

VAR "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilash masalasini ko'rib chiqmoqda.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa etarli deb topildi, aks holda biror futbolchi shifokorlar yordamida maydonni tark etishi mumkin.

42. Ubaydullaev raqib jarima maydoni ichida ikkita darvoza qo'ysa ham gol bo'lmaydigan zarbani ijro etdi.

40. Ahmadxzoda Turg'unboevga nisbatan Ahmadboyning qilgan ishini amalga oshirdi.

38. Hamdamov to'p bilan oldinga borayotgandi, biroq To'raev chang'i uchayotganday harakat qilib, to'pni maydon chetiga kuzatib qo'ydi.

34. ZARBA! Qilichev gol urishi uchun oyog'idan nima kelsa, hammasini qilmoqda, ammo to'p hozircha undan yuz o'girmoqda.

31. ZARBA! Qilichev qilichday keskir zarbasi bilan hisobni tezda tenglashtirishi mumkin edi, biroq Sanjar Quvvatov ham ismiga mos harakatni amalga oshirdi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Hamdamov chap qanotdan oldinga bordi va markazda turgan Bonashakka pas berdi, u esa ortroqda turgan Sobirxo'jaevga uzatma amalga oshirdi. Sardor esa bunday vaziyatni ko'kka sovurishga uyaldi.

26. Hamdamovning pasidan so'ng to'pning o'rniga CHeran maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

24. Oybek Qilichev o'zidan gavdaliroq bo'lgan CHeranni ag'anatdi, buning sharofati o'laroq, hakam tomonidan "mukofotlandi".

22. ZARBA! Quvvatov narigi darvozani qo'riqlayotgan hamkasbidan qolishmasligini amalda isbotladi.

21. ZARBA! Koryuxov olqishlashga arzigulik harakat amalga oshirdi, vaholanki, "Paxtakor" futbolchisi yaqin masofadan zarba yo'llagandi.

Ikkala jamoa azolari ham hozircha "Qoidalar buzish uchun yaratilgan" shioriga amal qilib, harakat qilmoqda.

15. "Neftchi" quvlashmachoq o'yinini tasavvur qildi shekilli, qochib ketayotgan Alijonovni tutib oldi.

14. Quvvatov futbolda sodir bo'ladigan prikol gollardan birining sodir bo'lishiga yo'l qo'ymadi.

13. Hamdamov qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

11. "Paxtakor" futbolchisining xatosidan "Neftchi" hujumchisi bir golli qonidan kechdi.

Bugun vodiydagi stadionga ko'zimiz o'rganganidan ancha serob tomoshabin tashrif buyurgan.

6. Uchrashuvdan oldin ekspertlar tomonidan jangovar o'yin bo'ladi deyishganini futbolchilar asl manosida tushunishgan ko'rinadi, hozircha to'pdan ko'ra futbolchilarning oyoqlari ko'proq zarba qabul qilmoqda.

5. Qutiboev "Paxtakor" futbolchisiga oyoq og'rig'i qanday bo'lishini eslatib qo'ydi, buning evaziga ogohlantirildi

2. Dastlabki esda qolarli vaziyat gol emas, fol bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bugun mezbonlar yashil, mehmonlar sariq-qora rangli libosda harakat qilishadi.

Endi ekspertlar komissiyasiga futbolchi va murabbiylar ham kiritiladi

Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика