Coca Cola Superligasi markazlashgan holda davom etishi kutilmoqda
10 iyu 2020 14:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580184_original.jpg)
![](/upload/storage/580184_220.jpg)
Coca Cola Superligasi markazlashgan holda davom etishi kutilmoqda
O'zPFL Coca Cola Superliganing 10, 11 va12-tur uchrashuvlarini markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o'tkazish rejasini ishlab chiqishni boshladi.
Boisi avia va temiryo'l qatnovlari bo'yicha cheklovlar klublar uchun qo'shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu borada klublarga rasmiy xat chiqarildi.
Markazlashgan holatda biz birinchi navbatda Superliga uchrashuvlari davomiyligini saqlab qolamiz, uchrashuvlarni va klublarni nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan qisman xalos bo'lamiz. Bunda albatta IIV, SES hamda MTRK, shuningdek, "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Paxtakor", AGMK va "Metallurg" klublarining qo'llab-quvvatloviga, qolgan jamoalarning esa chempionat uchrashuvlari to'xtab qolmasligi yo'lida bir yoqadan bosh chiqarishlariga erishishimiz kerak bo'ladi, - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar