So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  0 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  3 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  7 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  13 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  12 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  222 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  7 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7

Coca Cola Superligasi. Bugun 20-tur boshlanadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Bugun 20-tur boshlanadi

Bugun Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan dastlabki uchta o'yini bo'lib o'tadi.



“Dinamo” – “Andijon”
20 sentyabr 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Ahmad Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev
O'tgan yil quyi ligada o'ynagan ikki klubning o'zaro to'qnashuvi. "Dinamo" oxirgi 7ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi, "Andijon" esa so'nggi uch turda bittagina gol urdi va umuman g'alaba qozona olmadi.

"Burgutlar" tarixda bir marta Samarqanddan g'alaba bilan qaytgan. Bu voqea 1993 yilgi mavsumda qayd etilgandi. "Dinamo" o'z maydonidagi oxirgi 5ta o'yinning barchasida "Andijon"ni taslim qilgan. "Andijon" oxirgi o'zaro 7ta o'yinning hech birida xoh uyda, xoh safarda bo'lsin "Dinamo"ni mag'lub eta olmayapti (2 durang va 5 mag'lubiyat).

Bu ikki jamoa milliy chempionatimizda jami 41 marta to'qnash kelishgan. 18ta o'yinda "Dinamo" zafar quchgan, 14 marta "Andijon". Yana 9ta bahsda durang qayd etilgan.

Birinchi davrada vodiyda o'tgan bahsda durang qayd etilgandi. Maydon egalari safida Abror Xusinov va SHahzod Ubaydullaev gol urishgan bo'lsa, samarqandliklar tarkibida SHohruh Abdurahmonov hamda Mirkomil Loqaev to'p kiritgandi - 2:2.

Dinamo

Superliga. 20-tur

20/09/2019, 16:15

1
:
0
Tugadi

Andijon

Shahzod Ubaydullayev - 42'

45'
90'
46'  Abbos Shodmonov (Bahodir Nasimov)
53'  Qadamboy Nurmetov (SHohruh Abdurahmonov)
66'  Sardor Eminov (Komil Sharofutdinov)
14'  Boburjon Akbarov
19'  Robbim Hasanov
42'  Shahzod Ubaydullayev
48'  Shahzod Ubaydullayev
50'  Oybek Qilichev
68'  Oybek Qilichev (Ro’zimboy Ahmedov)
81'  Abror Xusinov (Jalil Kimsanov)
89'  Xushnudbek Avilov



“Surxon” – AGMK
20 sentyabr 2019 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov, Alisher Usmonov, Ravil SHoyaxmitov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Oybek Yunusov
Oxirgi ikki turda ikki marta g'alaba qozonib o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmagan "Surxon" Termizda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK bilan to'qnash keladi.

O'tgan turda olmaliqliklarning ikki o'yinlik mag'lubiyatli seriyasi barham topdi.

AGMK va “Surxon” klublari shu kunga qadar faqat bir marta to'qnash kelishgan. Birinchi davrada kechgan uchrashuvda Dilshod Jo'raev va Sanat SHixovning gollari AGMKga g'alaba keltirgandi - 2:0.

Surxon

Abror Ismoilov - 70'

Superliga. 20-tur

20/09/2019, 16:15

0
:
1
Tugadi

OKMK

45'
90'
58'  Duglas Do Nasimento (Shohnazar Norbekov)
70'  Abror Ismoilov
89'  Asilbek Amonov
90'  SHavkat Salomov (Lukas De Oliveyra)
37'  Dilshod Jo’rayev
58'  ZHasur YAxshiboev (Saidullo Rahmatov)
65'  Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov)
72'  Erkin Baydullaev (Jasur Hakimov)



“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv”
20 sentyabr 2019 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:15
Hakamlar
: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
So'nggi 4ta turda 4 marta g'alabaga erishgan "Qo'qon-1912", oxirgi ikki turda ikki marta durang o'ynagan "Lokomotiv"ni qabul qiladi. "Lokomotiv" safardagi oxirgi to'rtta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (2ta durang, 2ta mag'lubiyat).

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 9ta o'yin o'tkazishgan. "Qo'qon-1912" o'z tarixida hech qachon "Lokomotiv"ni mag'lub eta olmagan. Besh marta "temiryo'lchilar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan. Qolgan to'rtta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

Birinchi davrada poytaxtda o'tgan o'zaro uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan. Temurxo'ja Abduxoliqov va Diyor Turopovning gollariga Oybek Rustamov va SHahboz Erkinov javob berishgandi.

Qo'qonliklar sardori Murod Xolmuhammedov so'nggi uchta turda maydonni golsiz tark etgani yo'q.

Qo’qon-1912

Suhrob Berdiyev - 35'

Superliga. 20-tur

20/09/2019, 16:15

1
:
1
Tugadi

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 67'

45'
90'
35'  Suhrob Berdiyev
62'  Temur Hakimov (Jahongir Ahmadov)
64'  Shahboz Erkinov
81'  Quvondiq Ro'ziev (Zafar To’rayev)
85'  Suhrob Berdiyev (Hamidullo Abduhamidov)
46'  Yovan ZHokich (Arslanmirat Amanov)
67'  Temurxo’ja Abduxoliqov
76'  Igor Yelich
79'  Oston O'runov (Medina Smit)
90'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Javohir Esonqulov)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика