So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  0 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 3:0 (матнли трансляция)  81 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  127 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

Coca Cola Superligasi. Andijonda derbi, "Bunyodkor" "Jar"da, "Dinamo" Navoiyda o'ynaydi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Andijonda derbi, "Bunyodkor" "Jar"da, "Dinamo" Navoiyda o'ynaydi

Bugun Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan so'nggi 3ta bahs o'tkaziladi.


Coca Cola Superliga / 17-tur
17:00 «Bunyodkor» - «Metallurg»
Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Gaynullin, Doniyor Saylavov, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Zohir Akramxonov
O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan ikki klub klubning o'zaro to'qnashuvi.

"Metallurg" bu mavsum hozirgacha safarda atigi bi marta g'alaba qozondi xolos. "Bunyodkor" esa o'z maydonida atigi bir marta mag'lub bo'ldi xolos. Qizig'i "qaldirg'ochlar" o'z maydonidagi so'nggi 5ta turda hech kimga yutqazishmadi, bekobodliklar esa safardagi oxirgi 5ta o'yinda hech kimga yutqazishmadi.

Birinchi davrada bu jamoalarning o'zaro o'yinida "Bunyodkor" 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Bu ikki klub shu kungacha O'zbekiston chempionatida o'zaro 27 marta o'yin o'tkazishgan. SHundan 20tasida "qaldirg'ochlar" zafar quchishgan. Uch marta "Metallurg" g'olib bo'lgan va 4 marta durang qayd etilgan.

"Bunyodkor" o'z maydonida bu jamoaga qarshi o'tgan 13ta o'yinning 11tasida g'alaba qozongan. Bir marta durang (2017 yil) kuzatilgan va bir marta "Metallurg" safarda g'alaba qozongan (2007 yil).


Bunyodkor

Xurshid G’iyosov - 74'

Superliga. 17-tur

18/08/2019, 17:00

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
65'  Mirzhahon Mirahmadov (ZHavohir Qahramonov)
73'  Sanjar Tursunov (Sanjar Rihsiboyev)
74'  Xurshid G’iyosov
82'  Sanzhar Qodirqulov (Bobur Farhodov)
54'  Kamoliddin Tojiyev (Server ZHeparov)
75'  Andrey SHipilov (SHavkat Mullazhonov)
79'  Xudoyshukur Sattorov (Ibrohim Yo'ldoshev)



18:00 «Andijon» - «Navbahor»
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Timur Galeev, Ravil SHoyaxmitov, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Bu turdagi vodiy derbisi. "Navbahor" ikkinchi davraning dastlabki 3ta turida umuman g'olib bo'lmadi (1 durang va 2 mag'lubiyat). "Andijon" esa aksincha so'nggi uchta o'yinda yutqazmadi (2 g'alaba va 1 durang).

Dastlabki davrada Namanganda o'tgan o'zaro uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang o'ynashgan edi.

Bu klublar O'zbekiston chempionatida bunga qadar 47 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Kattagina ustunlik Namangan klubi tomonida. "Navbahor" 24 bor zafar quchgan. 10 marta "Andijon" 3 ochkoni qo'lga kiritgan. Yana 13ta uchrashuvda esa durang kuzatilgan.

"Andijon" o'z maydonida bu jamoani 10 marta mag'lub etgan ekan. "Navbahor" hisobida esa Andijonda qo'lga kiritilgan 6ta g'alaba bor. "Burgutlar" o'z maydonidagi oxirgi 3ta o'yinda "Navbahor"ni 3 marta mag'lub etgan. So'nggi bor "lochinlar" 2012 yil bu jamoa maydonidan 3 chko bilan qaytishgan.


Andijon

Superliga. 17-tur

18/08/2019, 18:00

1
:
0
Tugadi

Navbahor

Azizbek Turg’unboyev - 52'

45'
90'
13'  Abror Xusinov
59'  Abduraxmon Abdulxaqov (Qahramon Bahodirov)
52'  Azizbek Turg’unboyev
76'  Obid Jo’raboyev



19:15 «Qizilqum» - «Dinamo»
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Sandjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: SHerzod Rajabov.
Oxirgi ikki turda yutqazgan va gol ura olmaan "Qiziqum" o'z maydonida bu mavsumda safarda hali umuman g'alaba qozona olmagan "Dinamo"ni (3 durang va 4 mag'lubiyat) qabul qiladi.

Samarqand klubi Superligadagi oxirgi 4ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi va so'nggi ikki turda xuddi "Qizilqum" kabi raqib darvozasiga gol ura olmadi.

Birinchi davrada Samarqandda o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatlarida 35 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. SHundan 15tasida "Qizilqum"ning qo'li baland kelgan, 10ta uchrashuvda Samarqand klubi zafar quchgan. Qolgan 10ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

"Dinamo" "Qizilqum"ni safarda faqat bir marta (2008 yil) mag'lub eta olgan ekan. O'zaro o'yinlarning oxirgi 5tasida xoh uyda, xoh safarda bo'lsin "Dinamo" umuman g'alabaga erisha olmagan (2 durang va 3 mag'lubiyat).

Qizilqum

Sherali Jo’rayev - 55', Mate Vatsadze - 64'

Superliga. 17-tur

18/08/2019, 19:15

1
:
2
Tugadi

Dinamo

Jasur Azimov - 75'

45'
90'
55'  Sherali Jo’rayev
64'  Mate Vatsadze
64'  Doston Ibragimov
75'  Jasur Azimov


 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика