So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

Coca Cola Superligasi. AGMKning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi. Bu safar "Nasaf" mag'lub etildi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. AGMKning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi. Bu safar "Nasaf" mag'lub etildi

Teglar :  NasafAGMK
O'zbekiston Coca Cola Superligasi 7-tur doirasidagi AGMK - "Nasaf" o'yini yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 7-tur
2 iyul, payshanba
20:00 - AGMK – "NASAF" 2:1

Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Husniddin Bahodirov, Dostonbek Rahmonov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Sanjar Tursunov (pen.) 20, Stanoevich 27, Baydullaev 56.

AGMK - 32.Suhrob Sultonov, 2.Akmal SHorahmedov (20.Mirg'iyos Sulaymonov 79), 5.Dilshod Jo'raev, 44.Bobur Yo'ldoshev, 31.Saydullo Rahmatov, 6.Erkin Baydullaev, 4.Mirjamol Qosimov (10.SHahzod Nurmatov 64), 17.Sanjar Tursunov (11.Murod Toshmatov 26), 18.Bahrom Abduraximov (3.Sardor Rahmonov 64), 77.Arslonmirat Amanov (7.Elguja Grigalashvili 79), 9.Zafar Polvonov.
Zaxira:
35.Valijon Raximov, 8.Hojimat Erkinov, 21.Mate Vatsadze, 88.Igor Zonich.


"Nasaf" -  35. Abduvaxid Nematov , 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Xaris Dilaver (77.Oybek Bozorov 62), 10.Bobir Abdixoliqov (20.Islom Kenjaboev 62), 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov (19.Husain Norchaev 67), 22.Akmal Mozgovoy (7.Dilshod Rahmatullaev 62), 34.SHerzod Nasrullaev (50.SHohmalik Komilov 86), 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 21.Mashhur Muhammadjonov, 18.Javohir Esonqulov.

Ogohlantirishlar: Eshmurodov 12, Nematov 40, Nurmatov 81, Sultonov 90.


Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

MATNLI TRANSLYACIYA

90+4. Uchrashuv yakunlandi! AGMK ketma-ket navbatdagi g'alabasiga erishmoqda!

90+3. Mezbonlar burchak to'pi tepishadi.

90. Suhrob Sultonovga sariq kartochka ko'rsatildi.

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berdi. 

86. SHerzod Nasrullaev o'rniga "Nasaf" tarkibida yosh SHoxmalik Komilov o'yinni davom ettiradi. 

83. Stanoevichning bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 

81. SHahzodbek Nurmatov raqibga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.  

80. Mirjalol Qosimov o'zgarishlar uchun berilgan 5 ta imkoniyatdan foydalanib bo'ldi. Eslatib o'tamiz, restartdan so'ng reglamentga ko'ra bitta jamoa beshtagacha o'yinchi almashtirish huquqiga ega. 

79. Mezbonlarda o'zgarishlar: Amanov o'rniga Grigalashvili, SHorahmedov o'rniga Sulaymonov maydonga tushirildi. 

75. AGMK posboniga yana bir marta tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U raqib hujumini bartaraf etayotganida "Nasaf" futbolchilaridan biri bilan to'qnashib ketdi. Davom etamiz!

72. Stanoevichning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

71. Uxxxxx! Oybek Bozorovning reydidan so'ng Sultonov seyv amalga oshirgandi. Qaytgan to'pga esa Norchaev etib keldi. Uning bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

70. Suhrob Sultonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

69. Muhiddinovdan juda-juda noaniq zarba. 

67. "Nasaf"da yana o'zgarish. Jo'rabek Mannonov o'rniga Husayn Norchaev maydonga tushdi. 

66. Amanovning zarbasini Nematov qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 

64. AGMKda ham o'zgarishlar. Qosimov va Abdurahimov o'rniga Sardor Rahmonov va SHahzodbek Nurmatov maydonga tushirildi. 

62. "Nasaf"da biryo'la uchta o'zgarish. Mozgovoy, Abdixoliqov va Dilyaver maydonni tark etdi. Ular o'rniga Bozorov, Kenjaboev va Rahmatullaev o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. 

59. Zafar Polvonov bilan to'qnashuvda mehmonlar posboni Nematov jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

56. GOOOOL! Erkin Baydullaev o'zining ajoyib zarbasi bilan sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etdi. 

54. "Ajdarlar"ning navbatdagi hujumi Sultonov tomonidan to'xtatildi. Darvoqe, Suhrob Sultonov iyun oyida championat.asia sayti yakuniga ko'ra eng yaxshi darvozabon deb topilgandi. 

52. "Nasaf" bosim uyushtirmoqda. Bobur Yo'ldoshev qarshiliklarning judayam xavfli hujumini bartaraf etdi. 

49. AGMKning chap qanotdan uyushtirgan hujumini "Nasaf" himoyachilari xotirjamlik bilan bartaraf etishdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Muxlislar diqqatiga! Ushbu o'yin ayni paytda "Oilaviy" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Ammo, bazi viloyatlarda nima uchundir o'yin translyaciyasi ko'rsatilmayapti. Har holda Toshkentdagi muxlislarimiz ushbu telekanal orqali uchrashuvni tomosha qilishmoqda. 

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS!

45+2. AGMKning hujumi Amanovning noaniq zarbasi bilan tugadi. 

45+1. "Nasaf"ning na bir hujumi samarasiz yakunlandi. 

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berdi. 

43. Akmal SHorahmedov individual mahoratini namoyish etdi. AGMK o'ng qanot orqali hujum boshlamoqchi edi. Ammo, to'p oldirildi. 

40. Nematov hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

39. Mezbonlar ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirildi. Vaziyat xavfli ko'rinish oldi. Biroq olmaliqliklar futbolchisining bergan yakuniy zarbasi noaniq bo'ldi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


38. AGMKning chap qanotdan uyushtirgan hujumi burchak to'pi bilan yakunlandi. 

33. Bobur Abdixoliqov AGMK darima maydonchasi ichida penalti ishlashga harakat qildi. Ammo hakam uchrashuvni davom ettirish lozimligiga ishora qildi. 

31. Goldan so'ng "Nasaf" faollikni oshirdi.

(Foto: Tolibjon Qosimov)


27. GOOOOL! Marko Stanoevich o'zining ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1! Zarba taxminan 20-25 metrlardan to'xtatmasdan amalga oshirilgandi. 

26. AGMKda majburiy o'zgarish. Bir necha daqiqa oldin gol kiritgan Sanjar Tursunov jarohat sabab o'yinni javom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga uchrashuvni Murod Toshmatov davom ettiradi. 

23. Ustunlik nisbatan AGMK tomonda edi. Mezbonlar buni hisobda ham aks ettira boshlashdi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)

20. GOOOOL!!! Sanjar Tursunov hisobni ochmoqda! Mezbonlar yarim himoyachisi osonlik bilan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira oldi. 

19. Penalti! Mirjamol Qosimovning zarbasidan so'ng to'p "Nasaf" futbolchisining qo'liga tegdi. 

19. "Nasaf" futbolchilari uzun pas orqali tezkor qarshi hujum uyushtirmoqchi edilar. Ammo Bobur Abdixoliqov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 

16. SHarof Muhiddinov Sanjar Tursunovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

14. Zafar Polvonov "ajdarlar" jarima maydonchasi ichida yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Biroq, hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etishdi. 

12. Umar Eshmurodov mezbonlarning tezkor qarshi hujumini to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

9. Bobur Yo'ldoshev maydon markazi oldida raqib bilan to'qnashuv sabab jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

5. Amanovning jarimadan bergan zarbasini "Nasaf" posboni bartaraf etdi. 

4. Mehmonlar jarima maydonchasiga yaqin joyda o'yin qoidasini buzishdi. AGMK jarima to'pi tepadi.

1. Uchrashuv boshlandi! 

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.


OKMK

Sanjar Tursunov - 20', Erkin Baydullaev - 56'

Superliga. 7-tur

02/07/2020, 20:00

1
:
2
Tugadi

Nasaf

Marko Stanoevich - 27'

45'
90'
20'  Sanjar Tursunov
26'  Sanjar Tursunov (Murodjon Toshmatov)
56'  Erkin Baydullaev
64'  Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov)
64'  Bahrom Abdurahimov (Sardor Rahmonov)
79'  Arslanmirat Amanov (Elguzha Grigalashvili)
79'  Akmal Shorahmedov (Mirg’iyos Sulaymonov)
81'  Shahzodbek Nurmatov
90'  Suhrobjon Sultonov
12'  Umar Eshmurodov
27'  Marko Stanoevich
40'  Abduvohid Nematov
62'  Akmal Mozgovoy (Dilshod Rahmatullayev)
62'  Xaris Dilaver (Oybek Bozorov)
62'  Bobir Abdixoliqov (Islom Kenzhaboev)
67'  ZHo'rabek Mannonov (Husayin Norchaev)
86'  SHerzod Nasrullaev (SHohmalik Komilov)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика