Coca Cola Superliga. 4-tur prevyusi (faqat raqamlar)
12 iyu 2020 13:50
Yangiliklar


Coca Cola Superliga. 4-tur prevyusi (faqat raqamlar)
Coca Cola Superliga. 4-tur
13 iyun, shanba
19:00 “Bunyodkor” — “Qo'qon-1912” “Sport” TV LIVE
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, SHavkat Nasibullaev
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Sardor Qudratullaev
"Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" shu kunga qadar milliy chempionatimizda 10 marta to'qnash kelishgan. 7ta uchrashuvda toshkentliklar, 3ta bahsda qo'qonliklar g'olib bo'lishgan. Mazkur jamoalar o'rtasidagi bahslarda durang qayd etilmagan. To'plar nisbati – 21-11, “Bunyodkor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “qaldirg'ochlar” 21 ochkoni qo'lga kiritishgan. “Qo'qon-1912” ochkosi 9 tani tashkil etadi. Toshkentdagi o'yinlarda "Qo'qon-1912" bir marta (2018 yil) g'alabaga erishgan, qolgan 4ta uchrashuvda mag'lub bo'lgan.
Bunyodkor |
Superliga. 4-tur 13/06/2020, 19:00 0
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Boburjon Akbarov - 86' |
20:00 “Qizilqum” — AGMK “Mahalla” TV LIVE
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Aleksandr Davidenko
AGMK hamda "Qizilqum" jamoalarining o'yinlari tarixiga nazar soladigan bo'lsak, shu paytga qadar ichki chempionatda jami 26 bor to'qnash kelgan bu ikki klubning o'zaro uchrashuvlarida hozircha tenglik. AGMK va "Qizilqum" hisobida 11 tadan g'alaba mavjud va qolgan 4 o'yinda esa g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati esa AGMK foydasiga: 45-39.
AGMK safarda bu jamoaga qarshi o'yinlarda faqat bir bor (2009 yil) g'alabaga erishgan. SHundan keyin olmaliqliklar Navoiyda ketma-ket 11ta o'yindan buyon zafar qucha olmay kelmoqda.
Qizilqum |
Superliga. 4-tur 13/06/2020, 20:00 1
:
0
Tugadi
|
OKMK Elguzha Grigalashvili - 66' |
14 iyun, yakshanba
18:00 “So'g'diyona” — “Paxtakor” “Sport” TV LIVE
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Ziyodulla Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Laziz Qo'chqorov
"So'g'diyona" va "Paxtakor" O'zbekiston chempionatlari tarixida 48 bor to'qnash kelgan. Ularning 40tasida "SHerlar" g'alaba qozongan bo'lsa, 4tadan bellashuvda durang va jizzaxliklar zafari kuzatilgan. Raqib darvozasi 123 marta ishg'ol etilib, 38 to'p o'tkazib yuborilgan. Jizzaxdagi o'yinlarning 18tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Uch martadan esa mezbonlarning qo'li baland kelgan va durang natija qayd etilgan.
Jizzaxda 2013 yil 0:0 hisobida tugagan uchrashuvda "So'g'diyona" uydagi oxirgi ochkosini qo'lga kiritgan. Safardagi so'nggi 6 bahsda "Paxtakor" ketma-ket g'alabaga erishgan.
So'g'diyona Shohruz Norxonov - 50' |
Superliga. 4-tur 14/06/2020, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Paxtakor |
20:00 “Nasaf” — “Navbahor” “Sport” TV LIVE
Hakamlar: SHerzod Qosimov,Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Zohirjon Akramxonov
Bu klublar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 46 bor to'qnash kelishgan. 22ta uchrashuvda "ajdarlar", 12ta bahsda "lochinlar" g'olib bo'lishgan. 12ta o'yinda durang qayd etilgan.
Qarshida o'tkazilgan 23ta uchrashuvdan 3tasida "Navbahor" zafar quchgan. Oxirgi ikki mavsum "Nasaf" o'z uyida bu jamoani mag'lub eta olmagan.
Nasaf Bobir Abdixoliqov - 66', Marko Stanoevich - 87' |
Superliga. 4-tur 14/06/2020, 20:00 2
:
2
Tugadi
|
Navbahor Mirzohid G’ofurov - 5', Zabihillo O’rinboyev - 69' |
15 iyun, dushanba
18:00 “Surxon” — “Mashal” “Dunyo bo`ylab” TV LIVE
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Viktor Serazitdinov, Sardor Nishonbev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Ahmed Tillaev
Vohaning ushbu ikki klubi bugunga qadar milliy chempionatimizda 10ta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 5 bor "gazchilar" 3 ochko egasiga aylanishgan, 2 marta termizliklarning qo'li baland kelgan. Uchta o'yinda durang kuzatilgan.
Bu jamoalar elitada 2004 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. "Mashal" o'z tarixida hech qachon Termizda g'alaba qozona olmagan.
Surxon Anvarzhon G'ofurov - 58', Sardor Sulaymonov - 82' |
Superliga. 4-tur 15/06/2020, 18:00 2
:
2
Tugadi
|
Mash’al Jahongir Abdusalomov - 48', Nikita Pavlenko - 54' |
18:30 “Buxoro” — “Andijon” “Sport” TV LIVE
Hakamlar: Asker Najafaliev, Temur Galeev, Doniyor Saylavov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
"Buxoro" va "Andijon" o'zaro 46ta uchrashuv o'tkazishgan. 21ta bahsda "Buxoro", 13ta o'yinda "Andijon" muvaffaqiyat qozongan. 12ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.
"Burgutlar" bu raqib maydonida o'tgan 23ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba bilan qaytishgan (2008 yil). "Buxoro" o'z uyida oxirgi 5ta uchrashuvning barchasida bu jamoani mag'lub etgan.
Buxoro Jasur Hakimov - 21', Behruz Sadilloyev - 90' |
Superliga. 4-tur 15/06/2020, 18:30 2
:
2
Tugadi
|
Andijon Jamshid Hasanov - 44', Jamshid Hasanov - 55' |
19:00 “Lokomotiv” — “Metallurg” “Mahalla” TV LIVE
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, SHoxrux Azamov, Artyom Kalinin, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: SHerzod Rajabov
Ushbu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 32 bor to'qnash kelishgan. 18 marta "temiryo'lchilar", 4 bor bekobodliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta uchrashuvda durang qayd etilgan.
"Metallurg" o'z tarixida hech qachon "Lokomotiv" maydonida g'alaba qozona olmagan (4ta durang va 12ta mag'lubiyat).
Lokomotiv |
Superliga. 4-tur 15/06/2020, 19:00 3
:
0
Tugadi
|
Metallurg Abror Toshqo'ziev - 58', Shahzod Ubaydullayev - 66', Salamat Qutiboev - 71' |
Coca Cola Superligasi. 3-turdan keyingi musobaqa jadvali
O’xshash yangiliklar

Fikrlar