So’nggi yangiliklar

21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  20 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  1 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  9 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  7 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  14 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0

Coca Cola Superligasi. 16-tur laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 16-tur laureatlari

Coca Cola Superligada 16-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Saytimiz o'z annasiga sodiq qolgan holda tur laureatlarini aniqladi. 


"Andijon" darvozaboni Eldor Adhamov yakunlangan turda "Navbahor" bilan safardagi bahsda ajoyib o'ynadi. "Lochinlar"ning ko'plab hujumlari va zarbalaridan keyin Adhamov jamoasini gollardan qutqarib qoldi va haqli ravishda championat.asia talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"So'g'diyona" yarim himoyachisi Iskandar SHoyqulov "Qo'qon-1912" bilan bahsda ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Maydon markazida to'pni egallab olgan futbolchi jarima maydoni yaqiniga borib darvozaning yuqori burchagiga gol urdi. SHu tariqa Iskandar SHoyqulovning goli Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.





Turning markaziy uchrashuvida AGMK "Bunyodkor"ni mag'lub eta oldi. Olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov Vadim Abramov boshchiligidagi jamoadan ustun kelib, bir kun boy berib qo'ygan ikkinchi o'riniga qaytdi. Zaxiradan maydonga tushgan Jasur Umarov uchrashuvdagi g'alaba to'pini urishga muvaffaq bo'ldi. SHu bois Championat.asia talqiniga ko'ra Mirjalol Qosimov 16-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



Markaziy bahsda AGMK safida gruziyalik Elguja Grigalashvili juda faol bo'ldi. Uning to'p uzatishidan keyin uning hamyurti Mate Vatsadze gol urdi. Ikkinchi taymda esa raqib darvozaboning xatosidan unumli foydalanib chiroyli gol urdi. Championat.asia talqiniga ko'ra Elguja Grigalashvili 16-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика