Coca-Cola Superliga. VARdan foydalanilgan dastlabki 5 ta uchrashuv statistikasi
25 mar 2021 13:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627148_original.jpg)
![](/upload/storage/627148_220.jpg)
Coca-Cola Superliga. VARdan foydalanilgan dastlabki 5 ta uchrashuv statistikasi
Coca-Cola Superliga-2021 1-turi doirasidan o'rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” o'yini milliy chempionatimiz yuqori divizionida Video Assistant Referee tizimi ishlagan dastlabki uchrashuv sifatida tarixdan o'rin oldi. SHuningdek, 2-tur doirasidagi “Lokomotiv” – “Navbahor” hamda 3-turdagi “Turon” – “Lokomotiv”, “Navbahor” – “Nasaf” va “Bunyodkor” – “Andijon” bahslarida ham VAR tizimi mutaxassislari ish olib bordi. Hozirga qadar ortda qolgan 3 ta tur davomida 5 ta o'yinda VAR faoliyat ko'rsatdi.
Uchrashuvlar davomida VARga murojaat qilgan holda, bosh hakamlar maydonda 4 bora VAR monitorida vaziyatlarni kuzatishdi. Kuzatishga ketgan vaqt 1-bo'limlar davomida o'rtacha 60 soniyani, 2-bo'limlarda esa o'rtacha 89 soniyani tashkil qildi.
5 ta uchrashuv davomida jami 32 ta jarima maydoni ichidagi xavfli vaziyatlar VAR tomonidan tekshirildi. Qolaversa, 15 ta ehtimoliy qizil kartochkali holatlar ham tekshirib ko'rildi. Bitta o'yinda ehtimoliy qizil kartochkalar tekshiruvi o'rtacha 3 tani tashkil etdi.
VAR tizimi ishlagan uchrashuvlar:
Coca-Cola Superliga. 1-tur
Nasaf – Paxtakor
Coca-Cola Superliga. 2-tur
Lokomotiv – Navbahor
Coca-Cola Superliga. 3-tur
Turon – Lokomotiv
Navbahor – Nasaf
Bunyodkor – Andijon
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar