So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  1 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  3 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  6 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  0 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  5 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  3 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  20 21:17Анри Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 20:52Неъматилло Қуттибоев: "Футболчилар ўйин бошланишидан олдин ғалаба қозондик деган кайфиятда майдонга тушишди"  1 20:22"Реал" "янги Криштиану Роналду"га қизиқмоқда  6 20:02Бинтсиз тез ёрдам, қулфланиб қолган эшик, кечиккан суҳандон - ПФЛ 3 клубга жарима солди  6

Coca-cola Superliga va Pro liga Qatar-2022 mundiali startiga qadar yakuniga etadi Yangiliklar

Coca-cola Superliga va Pro liga Qatar-2022 mundiali startiga qadar yakuniga etadi

Bugun - 13 iyun sanasida O'zPFL Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Qo'mita azolaridan Olimxon Ahmedov, To'labek Akramov, Bahodir Mirzaev, Maqsud Karimov, Oybek Ibrohimxonov hamda Diyor Imomxo'jaev yig'ilishda bevosita ishtirok etdi. Alisher Yusupov, Aziza Tatlimuratova hamda Odil Ahmedov safarda ekanligidan kelib chiqib, Zoom platformasi yordamida qatnashdi.

SHu yilning sentyabr oyida Xitoy Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishi va katta ehtimol bilan uning futbol turnirida Temur Kapadze boshqaruvidagi olimpiyachilar ishtirok etishi kerak edi. Biroq pandemiya sababli mazkur musobaqa qoldirildi. O'z-o'zidan taqvimda bazi o'zgarishlarni amalga oshirish zaruriyati vujudga keldi.

Xabaringiz bor, shu yilning 21 noyabr kuni Qatarda har to'rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — jahon chempionati start oladi. Garchi unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etmayotgan bo'lsa-da, millionlab o'zbekistonlik ishqibozlar mundialni tomosha qiladi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL mavsumni 21 noyabrga qadar yakunlash taklifi bilan chiqdi va buni bir necha faktorlar bilan asosladi. Yakunda Ijroqo'm mazkur qarorni bir ovozdan tasdiqladi.

SHundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga II davrasi 1 avgustda, Pro liganing tanaffusdan keyingi 14-turi esa 5 avgustda start oladigan bo'ldi. O'zbekiston Coca-cola kubogining final o'yini 30 oktyabr kuni Buxoroda tashkil etiladi. Bunda ehtimoliy ob-havo hamda finalni tomosha qilish uchun tashrif buyuradigan sayohatchilar masalasi ham inobatga olindi. Pro liganing so'nggi tur o'yini 13 noyabr kuni bo'lib o'tadi, Superliga esa 19 noyabr kungi bellashuvlar bilan mavsumni yakunlaydi. Har ikki liga o'rtasidagi o'tish o'yini 26 noyabr kuni tashkil etiladi.

Mavsumning umumiy taqvimini mana shu havola orqali tomosha qilish mumkin. Ayollar chempionatining tanaffusdan keyingi davomi ayollar termasining yaponiyalik bosh murabbiyi bilan suhbatdan keyin shakllantiriladi. SHundan kelib chiqib Birinchi liga va U19 chempionati taqvimi tuziladi.

2023 yilgi mavsum starti hamda yakuni bo'yicha rejalar, Liga kubogining 2022 yildan 2023 yilga qoldirilishi (Osiyo o'yinlarining bekor bo'lishidan kelib chiqib), transfer oynalari sanalari bo'yicha kelishuvlar haqida tez orada alohida xabar beriladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика