So’nggi yangiliklar

00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  1 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  8 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  20 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33

Coca Cola Superliga. Transferlar "Qizilqum"ga yordam beradimi, Ashurmatov "Paxtakor"ga qarshi va 2016 yildan buyon ilk to'qnashuv. Bugungi o'yinlar uchun PREVYU Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Transferlar "Qizilqum"ga yordam beradimi, Ashurmatov "Paxtakor"ga qarshi va 2016 yildan buyon ilk to'qnashuv. Bugungi o'yinlar uchun PREVYU

Bugun Coca Cola Superligasida 10-tur davom ettiriladi.


QIZILQUM – BUXORO
18 avgust. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00 (Sport TV)
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionatida bugunga qadar 38 marta to'qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo teng. Ikkala klub ham 16 martadan g'alabaga erishgan, 6ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Qizig'i natijalari teng bo'lgan ushbu klublar o'rtasidagi o'tgan mavsumdagi ikkala o'yinida ham 1:1 hisobi qayd etilgan edi. "Qizilqum" 2015 yildan buyon ushbu jamoani mag'lub eta olmayapti. Navoiy klubining "Buxoro" bilan o'yinlardagi g'alabasiz seriyasi 8ta o'yinga etgan. Mana shu 8ta o'yinda "Qizilqum" raqibi darvozasiga atigi 3ta gol urgan xolos.

Aziz Nuriy ("Qizilqum" matbuot kotibi): "Qizilqum" - "Buxoro" o'yini azaldan vohaning ikki jamoasi o'rtasidagi eng qiziqarli uchrashuv bo'lib kelgan. So'nggi yillarda ustunlik biroz buxoroliklar tomonga o'tib ketgan bo'lsada, bu safargi bahsda jamoamiz imkoniyatlarini yuqoriroq baholagan bo'lardim. To'g'ri, har ikkala jamoa turnir jadvali nuqtai nazaridan ayni paytda autsayder maqomida turgan bo'lsada, "Qizilqum" transferlar oynasi ochilishidan unumli foydalandi. Tarkibga bir qator tajribali futbolchilar qo'shildi. Aynan shu faktor bu o'yinda navoiyliklar imkoniyati yuqori deyishimga sabab bo'ladi. Umid qilamizki, jamoamiz bu bahsda chiroyli o'yin ko'rsatib, mavsumdagi ilk g'alabasini nishonlaydi va muxlislarga quvonch baxsh etadi.

Oybek Jumanazarov ("Buxoro" matbuot kotibi): Jamoamiz jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Avgustin CHirita futbolchilar bilan jiddiy shug'ullangan holda har bir bahsga puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda. "Qizilqum" bilan uchrashuv derbiga xos o'yin bo'ladi. Jamoalarning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak jangovor bahs bo'ladi deb o'ylayman. Qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar chiroyli futbol tarafdoriman. Jamoalarga omad. Bizga ko'proq )))

Qizilqum

Ibrohim Tomiva - 49'

Superliga. 10-tur

18/08/2020, 17:00

0
:
1
Tugadi

Buxoro

45'
90'
31'  Doston Ibragimov (Qadamboy Nurmetov)
49'  Ibrohim Tomiva
73'  Jasur Azimov (Sunnatilla Abdullazhonov)
83'  Ibrohim Tomiva (Salim Mustafoyev)
61'  Bekzod Sayidov (Suhrob Ne’matov)
70'  Zohir Pirimov (Izzat Abdullaev)
70'  Azizbek Amonov (Behruz Sadilloyev)
75'  Jasur Hakimov (SHahzod Beshimov)



QO'QON-1912 – PAXTAKOR
18 avgust. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00 (Sport TV)
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

"Paxtakor" "Qo'qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o'tgan 28 bahsning 16tasida zafar quchgan. 7 o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, 5 marta "Qo'qon-1912" muvaffaqiyat qozongan. "Qo'qon-1912" bu jamoa bilan o'tgan oxirgi 10ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan - 5ta durang, 5ta mag'lubiyat. So'nggi bor vodiy klubi bundan 17 yil oldin, 2003 yilda "Paxtakor"ni taslim qilgan ekan.

Behzod Nazarov ("Paxtakor" matbuot kotibi): "Qo'qon-1912" bilan o'yinlar oxirgi yillarda judayam qiziqarli o'tmoqda. Safarda ketma-ket 4 marta durangdan keyin o'tgan yili oxirgi daqiqada gol urib yutgandik. Bu yil Baxtiyor Ashurmatov jamoaning o'yindagi intizomini ancha yaxshilagani ko'rindi. Jamoa o'yinlar uchun aniq ko'rsatmalarni bajarib, turnir jadvali yuqorisida ketmoqda. O'ylashimcha, keskin o'yin guvohi bo'lamiz. Qaytadan startda jismoniy holat ko'p narsani hal qiladi.

Akramjon Mamadaliev ("Qo'qon-1912" matbuot kotibi): Oldinda bizni O'zbekistonning eng kuchli jamoasi bilan bo'ladigan o'yin kutib turibdi. Agar pandemiya bo'lmaganida, muxlislar stadionga kiritilganida, bu o'yin Qo'qondagi "Markaziy" stadionida to'lib-toshgan muxlislar ko'z o'ngida bo'lib o'tar edi. Afsuski karantin tufayli chempionat 2-marta restart olmoqda. Uchrashuv esa poytaxtdagi neytral maydonda bo'lib o'tadigan bo'lib turibdi.
"Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinlar doim shiddatli va qiziqarli o'tgan. Muxlislar bu o'yindagi g'alabani bahosini judayam yuqori qo'yadilar. "Paxtakor" ustidan qozoniladigan g'alaba boshqa har qanday g'alabadan bir necha barobar ustun turadi. "Qo'qon-1912" jamoasi "Paxtakor"ni poytaxtda yutishga muvaffaq bo'lgan. O'tgan yilgi liga kubogi bahsi barchaning esida deb o'ylayman. Bu futbol, har qanday natija bo'lishi mumkin. To'p yumaloq-maydon tekis deyishadiku. Futbolchilar malum vaqt mashg'ulot o'tkaza olishmadi, o'yin amaliyoti bo'lmadi. Bunday vaziyatda qaysi jamoa futbolchilari sport formasini yaxshi ushlab tura olgan bo'lsa , o'sha jamoa bu uchrashuvda g'olib bo'ladi deb o'ylayman. "Paxtakor" jamoasini hurmat qilgan holda yigitlarimizdan shijoat, matonat ko'rsatish evaziga ijobiy natija qayd etishlarini umid qilaman.

Qo’qon-1912

Hamidullo Abduhamidov - 81'

Superliga. 10-tur

18/08/2020, 19:00

3
:
1
Tugadi

Paxtakor

Igor Sergeyev - 25', Igor Sergeyev - 43', Abror Ismoilov - 67'

45'
90'
20'  Filip Rayevac
22'  YAkuba Bamba
71'  Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov)
72'  Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov)
80'  Sardor Azimov (Bek Abdullaev)
80'  Filip Rayevac (Muhsin Normatov )
81'  Hamidullo Abduhamidov
81'  Muhsin Normatov
86'  Boburjon Akbarov
25'  Igor Sergeyev
25'  Egor Krimets
43'  Igor Sergeyev
62'  Egor Krimets (Anzur Ismoilov)
62'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
62'  Farrux Sayfiev (Sherzod A’zamov)
67'  Abror Ismoilov
67'  Jaloliddin Masharipov
71'  Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev)
75'  Igor Sergeyev (Eren Derdiyok)
89'  Vladimir Kozak




MASH'AL – ANDIJON
18 avgust. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00 (Dunyo bo'ylab TV)
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Oybek Kalaxo'jaev, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zohid Akramov

Mazkur jamoalar hozirga qadar 30 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 18 bor "Mashal", 9 bor "Andijon" zafar quchgan. Qolgan 3ta uchrashuvda tomonlar durang qayd etishgan. Ushbu klublar o'rtasida O'zbekiston oliy ligasidagi so'nggi o'yin 2016 yilda bo'lib o'tgan. O'shanda "Mashal" o'z uyida 5:0 hisobida zafar quchgan.


Bunyod Andaev ("Mashal" matbuot kotibi): Jamoalar katta futbolni sog'inishgan. "Mashal" - "Andijon" uchrashuvi 10-turning eng qiziqarli o'yini bo'ladi. Kim g'olib bo'lishini o'yin kuni bilib olasiz.

Odilbek Tolipov ("Andijon" matbuot kotibi):
O'rtada yuzaga kelgan malum tanaffus jamoalarning sport formalarini ushlab turishiga unchalik salbiy tasir ko'rsatmadi, deb umid qilaman. Ayni paytda "Mashal" chempionatni ko'tarinki ruhda davom ettirmoqda. Ularning toshkentda "Lokomotiv" ustidan qo'lga kiritgan g'alabasi qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Qolaversa, Murtozaev va Abduraimovning jamoaga qaytishi tarkibni kuchaytirishi tabiiy.
"Andijon" ham uchrashuvga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda. Murabbiylar shtabi va futbolchilar bor bilim hamda kuchlarini ishga solib, ushbu bahsga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Transfer oynasi ochiglaniga qaramay, hali tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilmadik. Mavjud tarkib bilan "Mashal" jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Har ikki jamoa tarkibi ham yosh futbolchilarga boy. SHu sababli, o'yin tezkor hujumlarga va shiddatli bahslarga boy bo'lishiga umid qilyapman.


Mash’al

Superliga. 10-tur

18/08/2020, 19:00

0
:
0
Tugadi

Andijon

45'
90'
56'  Sirojiddin Qo'ziyev
73'  Ella Ken Arman (Nikita Pavlenko)
68'  Temur Usmonov (Siroj Meliyev)
88'  Nodir Mavlonov (Muhammadali YUldashev)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика