So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Coca-Cola Superligasi. Xolmuhammedovning jarimadan urgan goli evaziga "Qo'qon 1912" "Nasaf"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca-Cola Superligasi. Xolmuhammedovning jarimadan urgan goli evaziga "Qo'qon 1912" "Nasaf"ni mag'lub etdi

Coca-Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv maydon egalari hujumkor o'yini bilan boshlandi. Ilk daqiqalardayoq "Qo'qon 1912" futbolchilari jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldilar. Bu vaziyatda Murod Xolmuxammedovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi bir oz noaniq ko'rinish hosil qildi. Birinchi bo'limning 5-daqiqasida kelib "Nasaf" jamoasi futbolchisi Xumoyun Murtazoevning mezbonlar darvozasi tomon tepgan to'piga aniqlik etishmadi. 12-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to'pni SHaxboz Erkinov boshi bilan qarshiliklar darvozasi tomon zarba berdi, bir oz noaniq.

Uchrashuvning 20-daqiqasida "Nasaf"ning 28-raqamli futbolchisi Xurshidbek Muxtorovning erlatib yo'llagan zarbasini qo'qonliklar posboni Islom Abdullaev egallab oldi. 30-daqiqadaga kelib "Qo'qon 1912" futbolchilarida qarshiliklar darvozasini ishg'ol etish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelganda, biroq bu vaziyatda SHaxboz Erkinov tomonidan yo'llangan zarbani "Nasaf" posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 37-daqiqada mehmonlar "Qo'qon 1912" darvozasiga to'p kiritishgandi, biroq yon hakam vaziyatni "o'yindan tashqari xolat" deb baholadi, Xumoyun Murtazoev tomonidan kiritilgan gol inobatga olinmadi. Uchrashuv bosh hakami tomonidan birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan pallada mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi Quvondiq Ro'zievning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Birinchi bo'lim so'ngiga qadar darvozalarga gol kiritilmadi va 0:0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim har ikki jamoaning faol harakatatlari bilan boshlandi. Bo'limning daqiqalarida to'p uchun kurash asosan maydon markazida kechdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida yana o'sha SHahboz Erkinov qarshiliklar darvozasini ishg'ol etish qulay imkoniyatga ega bo'ldi, uning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 55-daqiqada mezbonlar tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi samarasiz yakunlandi. Uchrashuvning 58-daqiqasida qarshiliklarning 14-raqamli futbolchisi SHarof Muhitdinovning kuchli zarbasini "Qo'qon 1912" posboni mahorat ko'rsatib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

SHundan so'ng uchrashuvda hisobni ochish uchun har ikki jamoa vakillarida imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, muxlislar o'yindagi dastlabki golni 82- daqiqaga kelib ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. Jarima zarbasi, to'p yonida doimgidek Murod Xolmuxammedov, zarba va gol! "Qo'qon 1912" uchrashuvning 81-daqiqasida hisobda oldinga chiqib oldi - 1:0. 89-daqiqada "Nasaf" jamoasi vakillarida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq bu vaziyatda Dilshod Saitovning zarbasiga aniqlik etishmadi.
Uchrashuv shu tariqa "Qo'qon 1912"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

SHu kuni Qo'qon shahridagi "Markaziy" o'yingohga ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurib, butun uchrashuv davomida sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlab turdilar. Aytish joizki, kam sonli “Nasaf" jamoasi muxlislari uzoq yo'l bosib Qo'qon shahriga etib kelganliklari etirofga loyiq.


Coca-Cola Superliga, 18-tur

27.08.2019, 17:00

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 1:0

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gol: Murod Xolmuhammedov 81, - 1:0.

"Qo'qon-1912": 1.Islom Abdullaev, 4.Cobit Sindarov, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 14.Avaz Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 17.Jahongir Ahmadov, 19.Suhrob Berdiev, 22. SHahboz Erkinov, 65. Marko Milich, 70. Murod Holmuhammedov.

Zaxira: 33.Muzaffar Abdullaev, 5.Hojimat Erkinov, 9.Zafar To'raev, 11.Timur Hakimov, 16. Jasur Hasanov, 20.Iqbol Malikjonov, 27.Jasur Yoqubov, 72.Alisher Samatov, 91.Otabek Haydarov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 6.Azizjon G'aniev, 9.Humoyun Murtozaev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullaev, 22.Akmal Mozgovoy, 28.Xurshidbek Muxtorov, 34.SHerzod Nasrullaev, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 2.Sardor Sadullaev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 15.Jo'rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 19.Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjaboev, 30. Xudoyorxon Sagdullaev.


Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 81'

Superliga. 18-tur

27/08/2019, 17:00

0
:
1
Tugadi

Nasaf

45'
90'
81'  Murod Xolmuhamedov


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика