So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Coca Cola Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Coca Cola Superliga. 18-tur
QIZILQUM – QO'QON-1912 2:1
2 oktyabr. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Erkin Baxtiyorov 

Gollar: Jamshid Hasanov 79, Vladislav Kasminin 83 - SHohnazar Norbekov 76

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Vladislav Kasminin, 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev, 17.Salim Mustafoev, 18.Jasur Azimov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 44. Ibrohim Tomiva, 75.Oleg Tolmasov, 88.Jamshid Hasanov (15.Vohid SHodiev, 87).
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Humoyun Abdualimov, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Fayzulla Qambarov, 20.Xurshidjon Olimov, 77.Sunnatilla Abdullajonov, 97.SHerzod Qodirov.

"Qo'qon-1912": 96.Islom Abdullaev, 3.Bobirjon Akbarov, 7.SHohnazar Norbekov, 9.Suhrob Berdiev, 10.Quvondiq Ro'ziev, 15.Oybek Rustamov, 17.Muzaffarjon Muzaffarov (91.Yakuba Bamba, 67), 20.Iqboljon Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov (13.Sardor Azimov, 67), 23.Aleksandr Merzlyakov (69.Filip Raevac, 87), 70.Murod Holmuhammedov.
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 21.Muzaffar Abdullaev, 4.Sobit Sindarov, 5.Jasur Yoqubov, 14.Avaz Mamatxo'jaev, 99.Bek Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Iqboljon Malikjonov 44, Muzaffar Muzaffarov 51, SHohnazar Norbekov 56, Ruslan Margiev 74, Murod Holmuhammedov 80, Jasur Azimov 87

Qizilqum

Jamshid Hasanov - 79', Vladislav Kasminin - 83'

Superliga. 18-tur

02/10/2020, 19:00

1
:
2
Tugadi

Qo’qon-1912

Shohnazar Norbekov - 76'

45'
90'
74'  Ruslan Margiev
79'  Jamshid Hasanov
83'  Vladislav Kasminin
87'  Jasur Azimov
87'  Jamshid Hasanov (Vohid Shodiyev)
44'  Iqbol Malikzhonov
51'  Muzaffar Muzaffarov
56'  Shohnazar Norbekov
67'  Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov)
67'  Muzaffar Muzaffarov (YAkuba Bamba)
76'  Shohnazar Norbekov
80'  Murod Xolmuhamedov
87'  Aleksandr Merzlyakov (Filip Rayevac)


MATNLI TRANSLYACIYA


O'yin o'z nihoyasiga etdi. Mezbonlar 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildilar. 

2-taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

87. "Qizilqum"da o'zgarish: Hasanov o'rniga SHodiev tushirildi. 

87. Jasur Azimov ogohlantirildi. 

87. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Merzlyakov o'rniga Raevac maydonga tushdi. 

85. Jamoalar birin-ketin hujum uyushtirishmoqda, o'yin qaynoq tus oldi. 

83. GOOOOOOOOOOOOL! Kasminin mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1!   

80. Murod Holmuhammedov ogohlantirish oldi. 

79. GOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Hasanov hisobni tenglashtirdi - 1:1! 

76. GOOOOOOOOOOOOL! SHohnazar Norbekov hisobni ochdi - 0:1! 

74. Ruslan Margiev ogohlantirildi. 

70. Ibrohim Tomiva raqibning bir yo'la uch-to'rt futbolchisini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirib borib yiqildi, hakam unga nisbatan qoida buzilmadi deb topdi. 

67. "Qo'qon-1912" tarkibida 2 ta o'zgarish: Muhammadanas Hasanov o'rniga Sardor Azimov, Muzaffar Muzaffarov o'rniga Yakuba Bamba tushdi. 

60. Zarba! Ibrohim Tomivaning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 

56. SHohnazar Norbekov juda qo'pol o'ynagani bois ogohlantirish oldi. 

51. Muzaffar Muzaffarov qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

1-taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Iqboljon Malikjonov ogohlantirish oldi. 

43. Har ikki jamoadan bittadan futbolchi maydonda yotibdi. SHIfokorlar yordam ko'rsatishmoqda. 

40. Mehmonlar to'p bilan muomala qilishmoqda. 

36. Zarba! Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasi Nesterov uchun muammo tug'dirmadi.  

32. "Qizilqum" xavfli jarima to'piga ega bo'ldi, lekin bundan foydalana olmadi. 

28. "Qizilqum"ning hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi, bosh bilan berilgan zarbani raqib posboni ushlab oldi. 

24. Xavfli vaziyat! Norbekov deyarli birga-bir holatga chiqib borib zarba berdi, Nesterov to'pni qaytardi. 

22. Zarba! Alisher Sanovevning kutilmaganda yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo Islom Abdullaev to'pga ega chiqdi. 

18. Bahs teng kurashlar ostida davom etyapti. "Qizilqum" himoyadan boshlab hujum boshladi. 

15. Zarba! Suhrob Berdievning zarbasidan keyin Nesterov to'pni egallab oldi. 

13. Holmuhammedov to'pni ichkariga uzatdi, Norbekov to'pga etib kela olmadi. 

11. "Qo'qon-1912" jarima to'pini o'yinga kiritdi, ammo yakunda to'pni oldirib qo'ydi. 

9. Zarba!  Jasur Azimovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

5. Qo'qonliklar o'yindagi dastlabki burchak to'piga ega bo'lishdi. Ignatiy Nesterov burchakdan oshirilgan to'pni ilib oldi. 

4. Hozircha to'p maydon egalarida, har ikki jamoa o'yinni faollik bilan boshlashdi. 

1. O'yin boshlandi!


- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика