So’nggi yangiliklar

01:30Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  48 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  50 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" Navoiyda qiyinchilik bilan g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" Navoiyda qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Teglar :  QizilqumNavbahor
Coca Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga, 14-tur
QIZILQUM – NAVBAHOR 1:2
30 iyul 2023 yil. Navoiy, "Yoshlar" stadioni. 20:00

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Farruh Yansupov
VAR hakami: Naim Qosimov
AVAR: Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: 0:1 — 3, Jamshid Boltaboev (Temirxo'ja Abduxoliqov), 1:1 — 14, Islom Kenjaboev, 1:2 — 60, Jasur Yaxshiboev (Toma Tabatadze)

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 2.Bagtiyar Gurgenov, 10.Islom Kenjaboev (30.Islomjon Toshpo'latov, 74), 11.Akaki SHulaia, 13.Nikolay Tarasov, 23.SHerali Jo'raev (44.Jo'rabek Mannonov, 54), 24.Ifeani Ifeani, 25.Azizbek Usmonov, 77.Giorgi Kuhianidze, 87.Alisher Sanoev (17.Muhammadali G'iyosov, 74), 92.Marko Simonovski.

Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 22.Artyom Makosin, 4.Ilhom Vahobov, 5.Samandar SHukurillaev, 9.Humoyun Abdualimov, 79.Diyor Rahmatullaev.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov (19.Doniyor Abdumannopov, 76), 8.Jasur Yaxshiboev (17.Abror Ismoilov, 70), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Temirxo'ja Abduxoliqov (91.Toma Tabatadze, 46), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov (27.SHahboz Jo'rabekov, 46).

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 20.Muzaffar Mo'minov, 31.Luka CHermel, 77.Asadbek Sobirjonov.

Ogohlantirish: Davron Hoshimov (10), Alisher Sanoev (32), Toma Tabatadze (76).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+3. Yusupovning to'p bilan hazillashgisi keldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. "Qizilqum" futbolchisining jarohati jiddiyga o'xshaydi. Unga yana yordam ko'rsatildi.

82. SHulaia tibbiy yordamga muhtoj. Mezbonlarda toliqish alomati yaqqol sezilmoqda. Birinchi bo'limdagi shiddat ko'zga tashlanmayapti.  

79. Abdumannopov qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

76. Tabatadze ogohlantirildi.

70. "Navbahor"da o'zgarish. Ismoilov Yaxshiboevni almashtirdi.

66. Yaxshiboev o'yindan tashqari holatda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

63. O'yinning qizg'in palasiga keldik. Janjal boshlandi.

60. GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Tabatadzening pasidan so'ng Yaxshiboev yaxshi nuqtaga ochildi va yaxshi zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.

58. Tabatadze "Navbahor" tarkibidagi rasmiy debyut golini urishiga Ilyosov yo'l qo'ymadi.

57. Ifeanining zarbasiga aniqlik etishmadi. "Qizilqum"ni ham Osiyo chempionlari ligasiga ham taklif qilib ko'rsa bo'larkan.

56. Kenjaboev yugurdi, yugurdi, oxiri maydon tugab qoldi.

53. SHulaia Ibragimovich kabi bo'yga ega bo'lganida, hisobni o'zgartirgan bo'lardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Mehmonlar safida ikki o'zgarish ro'y berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+4. Ilyosooooooooooooooooooooooov zarba yo'nalishini topdi!

45+3. Hakamning qarori o'zgarmadi. Yaxshiboev nuqta yonida.

45. "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilandi. Hakam VAR bilan gaplashmoqda.

43. "Qizilqum"ning ketma-ket zarbalariga namanganlik himoyachilarning oyoqlari darvozabonlik qilmoqda.

36. Babayan Hoshimovga qarata yaxshi gap aytmaganini uning nigohidan bilib olish mumkin.

34. Iskanderovning jarimadan tepgan to'pi "jonli devor"dagilardan birining belini massaj oladigan holga keltirib, Ilyosovga borib tushdi.

32. SHulaia tepgan to'p raqib posboni bilan birga darvoza ustuniga borib tegdi. "Navbahor"ga g'ayirligim yo'q, shunchaki "Qizilqum" namoyish etayotgan o'yindan juda xursandman.

28. Simonovskining bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz darvoza kaltalik qildi. Tushunmayapman, chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" ko'k libosda o'ynayaptimi yoki formani almashitirib olishdimi?!

27. Jo'raevning tepgan to'p darvozani emas,uning ortidagi bannerni ishg'ol qildi.

24. Sanoevning jarimadan yo'llagan zarbasi poytaxtga yo'l olish uchun aeroport tomon otlandi.

21. Kenjaboev tezkor qarshi hujumda raqib darvozasining peshonasini nishonga oldi.

19. "Qizilqum" posboni jangovar filmlardagi singari tepish bilan jamoadoshi oshirgan to'pni qaytarib yubordi.

16. Kenjaboev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam esa hadeb penalti belgilavermayyman-ku dedi.

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Kenjaboev 11 metrli nuqtadan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Yusupov tarvuzni qo'ltiqlagandek to'pni tutib olmoqchi edi, ammo to'p qaysarlik bilan undan qochib ketdi.

13. "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilandi! Yaxshiboev SHulaiaga nisbatan jarima maydonchasida qo'pollik ishlatdiyu.

10. Davron Hoshimov maydonga tushgan o'yinda kartochka olmasa, kechqurun alahsirab chiqardi. Endi uning ko'ngli xotirjam bo'ldi.

8. Futbolchilar hakamdan emas, uning cho'ntagidan qo'rqishadi. Hozirgi vaziyatga bosh hakam O'runovga yana bir shunday harakat qilsang, cho'ngatimda senga atalgan sovg'a bor dedi.

3. GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Boltaboev uzoq masofadan raqib darvozasini ishg'ol qildi! "Qizilqum" futbolchilari o'yin boshlaganini bilmagandi shekilli.

Maydondagi to'rt hakam, yigirma ikki futbolchi, zaxira o'yinchilari hamda besh mingga yaqin tomoshabin jimjilog'imday keladigan hushtakning uyqudan uyg'onishini kutib, o'yinni boshlamay turibdi. Hushtakjonimizning ovozi chiqdi, o'yin ham start oldi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugun "Qizilqum" oq-qizil, "Navbahor" to'q ko'k rangli libosda harakat qiladi. 

"Devochka, stop, ne nado" degan ashula yangrayotgan ekan "Qizilqum" o'yingohida. Kayfiyat yaxshi, lekin raqs tushishni bilmayman.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Navoiyda ikkinchi davraning ilk uchrashuvi o'tkaziladi. O'yinni tomosha qila olmayotgan muxlislar uchun matnli translyaciyada hozir-u nozirmiz. 

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика