So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Coca Cola Superliga. "Metallurg" o'z uyida "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Metallurg" o'z uyida "Andijon"ni mag'lub etdi

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



8 aprel, payshanba
METALLURG – ANDIJON - 2:0
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Stanislav Andreev 66, - 1:0. Abrorbek Toshqo'ziev 71, - 2:0 (Salamat Qutiboev).

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salamat Qutiboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev (10.SHahzodbek Nurmatov, 59), 21.Kamoliddin Tojiev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov (11.Ivan Nagaev, 82), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev, 98.Damir Temirov (48.Dilshod Rahmatullaev, 53).
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 7.Doniyor Narzullaev, 34.Evgeniy Makeev, 88. Evgeniy CHumak.

"Andijon": 1.Nizomiddin Ziyovuddinov, 4.Usmonali Ismonaliev, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Martin Boake (20.Izzatilla Abdulhaqov, 72), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Doniyor Ismoilov (17.Farhodjon Sohibjonov, 85), 28.Sunnatilla Hamidjonov, 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov, 77.Muhammad Isaev.
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 2.Kamron Najafaliev, 6. Ibrohim Otaxonov, 9.Kamron Saidazimov, 19.Sardorbek Karimov.

Ogohlantirishlar: Plamen Dimov 41, Kamoliddin Tojiev 78.

CHetlatish: Odilbek Abdumajidov 90+3.



YANGILASH


90+4. O'yin yakunlandi. "Metallurg" - "Andijon" 2:0

90+3. CHETLATISH! "Metallurg" himoyachisi Odilbek Abdumajidov raqibning yuziga oyoq bilan zarba bergani uchun





90+2. Toshqo'ziev zarba berishga urindi, himoyachi xalaqit berdi.

90+1. ZARBAAAAAAAAAAA! Usmonali Ismonaliev 5 metrdan darvozaga zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytdi! Bu vaziyatda Jaloliddinovdan chiroyli to'p uzatma bo'lgandi 



90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

85. O'zgarish. "Andijon". Doniyor Ismoilov o'rniga Farhodjon Sohibjonov

82. O'zgarish. "Metallurg". G'ofurbekov o'rniga Nagaev tushdi

82. ZARBAAA! SHahzodbek G'ofurbekovning kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni Ziyovudinov ushlab oldi!

79. ZARBA! Jasur Jaloliddinovning jarima zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tekkan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

78. Ogohlantirish. "Metallurg". Kamoliddin Tojiev

72. O'zgarish. "Andijon". Boake o'rniga Izzatillo Abdulhaqov tushdi

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abrorbek Toshqo'ziev! Salamat Qutiboevning to'p uzatishidan keyin Toshqo'ziev jarima maydoni ichidan kuchli zarba bilan gol urdi - 2:0. 




66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Stanislav Andreev! Nurmatovning to'p uzatishidan keyin Andreev darvozaga zarba berdi, to'p Hamidjonovning oyog'iga tegdi va yo'nalishini o'zgartirib darvozaga kirib ketdi - 1:0! 



62. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pni Dimov boshi bilan o'ta noaniq tarzda yo'lladi

61. ZARBAAAA! SHahzodbek Nurmatov raqib jarima maydoni ichida himoyachining xatosidan keyin noaniq zarba berdi! 

57. UXXXX! Doniyor Ismoilov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Boake to'pni tepish o'rniga Lobanovni tepdi

54. Martin Boake Doniyor Abdumannopovga ajoyib pas berdi. Abdumannopovning raqib jarima maydonchasi ichida Boakega oshirib bergan to'pi esa "Metallurg" himoyachilari qaytarishdi.

53. O'zgarish. "Metallurg". Temirov o'rniga Rahmatullaev

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi taym yakunlandi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

41. Ogohlantirish. "Andijon". Plamen Dimov

35.ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Zohid Abdullaev! Toshpo'latovdan chiroyli pas, Abdullaev deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi! 

25. UXXX! Doniyor Ismoilov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Lobanov to'pni qaytardi!

24. ZARBAAAA! Burchak to'pidan keyin Odilbek Abdumajidov boshi bilan zarba berdi, noaniq! 

21. UXXXX! ZARBAAA! Abdumannopov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Doniyor Ismoilov yaqin masofadan noaniq zarba berdi!

16. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Jasur Jaloliddinov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Lobanov to'pni qaytardi!

9. UXXXXX! Burchak to'pidan keyin Lobanov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, Rahimqulovning bosh bilan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

8. ZARBAAA! Salamat Qutiboevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi! 

4. ZARBAA! G'ofurbekovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ziyovuddinov ushlab oldi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика