So’nggi yangiliklar

19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  0 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  38 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8

Coca Cola Superliga. Beshta gol, ikkita qizil kartochka. "Bunyodkor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi va chempionlik keyinga qoldirildi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Beshta gol, ikkita qizil kartochka. "Bunyodkor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi va chempionlik keyinga qoldirildi

Coca Cola Superliganing 18-turi qoldirilgan uchrashuvi "Bunyodkor" - "Paxtakor" bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


"Bunyodkor" – "Paxtakor" - 3:2
5 noyabr 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Abbos Ahrorov.

Gollar: Nurillo To'xtasinov 5, - 1:0 (Sanjar Qodirqulov). Jaloliddin Masharipov 26, - 1:1 (Dragan CHeran). Nurillo To'xtasinov 55, - 2:1 (Dilshod Ahmadaliev). Abdulla Abdullaev 80 avtogol, - 2:2. Mirjahon Mirahmadov 81, - 3:2.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islom Qobilov, 5.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 10.Xurshid G'iyosov (7.Dilshodbek Ahmadaliev, 54), 11.Rasul Yo'ldoshev (34.Suhrob Izzatov, 78), 13.Lutfulla To'raev, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To'xtasinov, 26.Ulug'bek Abdullaev (14.Mirjahon Mirahmadov, 78), 30.Abdulla Abdullaev, 90.SHahboz Erkinov (77.Selim Nurmuradov, 60).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 6.Anvar G'ofurov, 35.Ibrohim Ibragimov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 49.Farrux Ikromov.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 11.Igor Sergeev (77.Eren Derdiyok, 61), 15.Egor Krimec, 17.Doston Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 73), 20.Odil Hamrobekov (29.Vladimir Kozak, 90+2), 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov, 61), 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akrom Komilov, 7.Sadriddin Abdullaev, 18.Hojimat Erkinov, 23.SHerzod Azamov, .

Ogohlantirishlar: Rasul Yo'ldoshev 20, Egor Krimec 21, Hojiakbar Alijonov 38, Abdumavlon Abdujalilov 84,

CHetlatish: Hojiakbar Alijonov 81 (2SK), Jaloliddin Masharipov 83



YANGILASH



90+5. O'YIN TUGADI! "Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:2. CHempionlik keyinga qoldi

90+2. O'zgarish. "Paxtakor". Hamrobekov o'rniga Kozak

90. ZARBA! Ahmadalievning kuchli zarbasi noaniq ketdi

87. ZARBAA! Eren Derdiyokning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi!

85. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Abdumavlon Abdujalilov

83. CHETLATISH! Jaloliddin Masharipov raqibga tirsak bilan zarba bergani uchun




81. CHETLATISH! Hojiakbar Alijonov ikkinchi ogohlantirish va qizil kartochka




81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MIRJAHON MIRAHMADOV 3:2



80. AVTOGOL! ABDULLA ABDULLAEV 2:2





78. O'zgarish. "Bunyodkor". Rasul Yo'ldoshev o'rniga Suhrob Izzatov, Ulug'bek Abdullaev o'rniga Mirahmadov tushdi

78. ZARBA! To'xtasinovning zarbasi aaaancha noaniq ketdi!

75. ZARBAAA! Eren Derdiyokning kuchli zarbasidan keyin Abdujalilov to'pni qaytardi! 

73. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga Sidiqov

72. Xavfli vaziyat! CHeran to'pga eta olmadi!

67. ZARBAA! Dostonbek Hamdamovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi!

64. ZARBAAA! Lutfulla To'raevning kuchli zarbasi noaniq ketdi

61. O'zgarish. "Paxtakor". Sergeev o'rniga Derdiyok, Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov

60. O'zgarish. "Bunyodkor". SHahboz Erkinov o'rniga Selim Nurmuradov

58. ZARBAAA! Erkinovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

57. UXXX! Anzur Ismoilov hozir qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, "Bunyodkor" burchak to'piga ega bo'ldi

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NURILLO TO'XTASINOV! 2:1. CHap qanotdan Ahmadaliev uzatgan to'pni To'xtasinov boshi bilan darvozaga yo'lladi. 




54. O'zgarish. "Bunyodkor". Xurshid G'iyosov o'rniga Dilshod Ahmadaliev

54. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! NURILLO TO'XTASINOV! Birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, noaniq! 

53. ZARBA! Qodirqulovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

51. ZARBA! Hamdamov va Alijonov o'ng qanotda ajoyib kombinaciya tashkil etishdi, Masharipovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

45. Xavfli vaziyat! Sardor Sobirxo'jaev to'pga eta olmadi

45. Erkinov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topildi, takroriy lavhada Erkinov o'yindan tashqari holatda emasligi ko'rindi

41. ZARBA! Masharipov uzatgan to'pni Hamdamov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Abdujalilovdan yaxshi seyv! 

38. Ogohlantirish. "Paxtakor". Hojiakbar Alijonov

34. ZARBAAAAAAAAAAAAA! DAHSHAT! HOJIAKBAR ALIJONOV! 25 metrlardan ajoyib zarba berdi, to'p to'singa tegib qaytdi!






29. ZARBAAA! O'ng qanotdan G'iyosov uzatgan to'pni Erkinov darvozaga yo'lladi, Suyunov o'z o'rnida

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JALOLIDDIN MASHARIPOV 1:1. Alijonov-CHeran-Masharipov kombinaciyasidan keyin Jaloliddin hisobni tenglashtirdi





23. ZARBAAAAA! Sayfiev pasidan keyin Masharipov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Abdulla Abdullaev to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi

21. Ogohlantirish. "Paxtakor". Egor Krimec

20. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Rasul Yo'ldoshev

19. ZARBAAA! Masharipovning uzatgan to'pini CHeran jarima maydoni tashqarisidan to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Abdujalilovdan seyv! 



14. ZARBAA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Masharipov akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi, to'p CHeranga tegib qaytdi! 



11. Xavfli vaziyat! Masharipov ikki raqibni aldab jarima maydoniga kirib borib Sergeevga to'p uzatdi, uning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni CHeran noaniq tarzda yo'lladi

8. ZARBA! Dostonbek Hamdamovning kuchli zarbasini Abdujalilov qaytardi! 



5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AJOYIB GOL! NURILLO TO'XTASINOVDAN SUPERGOL! 1:0. Qodirqulovdan to'pni egallab olgan Nurillo taxminan 25 metrlardan ajoyib gol urdi! 



3. Qodirqulov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, bosh hakam penalti yo'q dedi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика