CHempionship. Runining "Derbi Kaunti"si ligada jon saqlab qoldi, pley-off bosqichiga qura tashlandi va boshqa malumotlar (+jadval)
08 may 2021 20:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635916_original.jpg)
![](/upload/storage/635916_220.jpg)
CHempionship. Runining "Derbi Kaunti"si ligada jon saqlab qoldi, pley-off bosqichiga qura tashlandi va boshqa malumotlar (+jadval)
Ueyn Runi murabbiylik qilayotgan "Derbi Kaunti" oxirgi 46-turda "SHeffild Uensdey" bilan jangovar durang (3:3) o'ynab, 44 ochko bilan 21-o'rinni egallagan holda ligada jon saqlab qoldi, ularning raqibi esa quyi divizionga tushib ketdi. SHuningdek, quyi divizionga “Uikomb Uondererz” va “Roterxem” ravona bo'ldi.
Derby County Martyn Waghorn - 49', Patrick Roberts - 52', Martyn Waghorn - 78' |
Championship . 46-tur 08/05/2021, 17:30 3
:
3
Tugadi
|
Sheffield Wednesday Sam Hutchinson - 45', Callum Paterson - 62', Julian Boerner - 69' |
Stadion: Pride Park, 0 tomoshabin
“Norvich” 97 ochko bilan musobaqa g'olibiga aylandi. 2-o'rin esa 91 ochko to'plagan “Uotford”ga nasib etdi. Mazkur ikki jamoa bir yillik tanaffusdan so'ng, yana Premer-ligaga qaytdi.
3-yo'llanma uchun esa 4 ta jamoa bahs olib boradi. Biroz oldin pley-offga qura tashlandi:
“Brentford” – “Bornmut”
“Suonsi” – “Barnsli”
Yarim final bosqichi uy va safar tizimidan iborat. O'yinlar 17 va 22 may sanalarida o'tkaziladi. Hal qiluvchi uchrashuv esa 29 may kuni “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida, Birinchi Liga (3-divizion)dan CHempionshipga “Xall Siti” va “Peterboro” chiqib bo'lgan. Yana bir qatnashchi keyinroq aniqlanadi.
CHEMPIONSHIP TURNIR JADVALI
TO'PURARLAR RO'YXATI
P.S. “Brentford” forvardi Ivan Toni 45 o'yinda 31 ta gol urib, to'purarga aylandi va mazkur natija bo'yicha CHempionship rekordini o'rnatdi.
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar