Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Aslanov Jasurbek
9 mar 2018, 18:42
Kecha UEFA rasmiy sayti joriy hafta Chempionlar ligasida o'zini ko'rsatgan futbolchilar o'rtasida eng yaxshi o'yinchini aniqlash uchun so'rovnoma boshlagan edi.
Nomzodlar bilan tanishing:
Krishtianu Ronaldu ("Real")
Leroy Sane ("Manchester Siti")
Gonsalo Iguain ("Yuventus")
Jeyms Milner ("Liverpul")
So'rovnomada "Qirollik klubi" forvardi Krishtianu Ronaldu g'olib chiqdi.