So’nggi yangiliklar

14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  0 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи рол ўйнади"   15 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   1 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8

CHempionlar Ligasi kubogi ularga ham nasib qilarmikin? Yangiliklar

CHempionlar Ligasi kubogi ularga ham nasib qilarmikin?

Bugun CHempionlar Ligasida ishtirok etayotgan faxriy futbolchilarga nazar tashlaymiz.


Ular bosh sovrinni yutib, bunga loyiq ekanliklarini joriy yilning may oyida isbotlashlariga hali vaqt ham, imkoniyat ham etarli.
Darvozabon

Janluijji Buffon (“Yuventus”; Italiya) – 40 yosh

Buffon Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida yuzdan ortiq o'yinda qatnashib, uch bor finalga chiqqan. Har safar biroz omad etishmay mag'lubiyatga uchragan va natijada hech qanday sovrin yuta olmagan. Xo'sh, uning orzulari ushalmay qolib ketaveradimi? Nima bo'lganda ham, Jijji professional faoliyatidagi xayrlashuv uchrashuvini CHempionlar Ligasida doirasida “Uembli” stadionida o'tkazsa kerak, dastlabki o'yinda Turinda barchangizga malum “Keksa sinora” “shporlar” bilan 2:2 hisobidagi durrangga imzo chekdi. Tan olish lozim, Buffon o'rganib qolganimiz, ishonchli futbol namoyish eta olmadi. SHunday bo'lsada, italiyaliklar hamon keyingi bosqichga chiqish, Jijji esa CHempionlar Ligasida bosh sovriniga ega chiqish uchun imkoniyatlarni saqlab qolmoqda.

Himoyachilar

Luis Antonio Valensiya (“Manchester Yunayted”; Ekvador) – 32 yosh
O'ng qanot himoyachi poziciyasiga munosib nomzod topilmadi. Valensiya MYU safiga Moskva shahridagi CHempionlar Ligasidagi g'alabadan bir yil o'tib kelib qo'shiladi. 2011 yilda Luis Antonio “Uembli”dagi hal qiluvchi o'yinda ishtirok etgan, ammo “mankuniyanlar” raqib “Barselona”ga imkoniyatni, unga qo'shib bosh sovrinni ham boy berishadi. Ekvadoriyalik bu yil 33 yoshni qarshilaydi, keyingi yil uning “Qizil iblislar” bilan tuzgan shartnomasining muddati esa o'z nihoyasiga etadi. CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun bo'lgan imkoniyat esa borgan sari kamaymoqda.  

Tiago Silva (PSJ; Braziliya) – 33 yosh

Tiago Silvaning kundan kunga imkoniyati pasayib bormoqda, axir u kuzda 34 yoshni qarshilaydi. PSJ esa yana pley-offning dastlabki bosqichidanoq CHempionlar Ligasini tark etish “harakatida”. Unai Emeri “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tgan o'yinda tajribali braziliyalikni emas, yosh Kimpembeni afzal ko'rdi. SHunday ekan, Silva bir yildan keyin CHempionlar Ligasiga davogarlik qilmaydigan klubda bo'lib qolish ehtimoli yuqori. Tiago uchun bu achinarli holat albatta, axir u bir necha yillar mobaynida top-listlarda dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri hisoblangan.    

Mats Xummels (“Bavariya”; Germaniya) – 29 yosh

Xummels bugun tilga olingan o'yinchilar ichida ancha yosh va uni oldinda bir necha omadli mavsumlar kutib turibdi. Axir himoya markazida futbolchi bemalol 35 yoshlargacha o'ynay oladi. SHunga qaramay, Matsni ro'yxatga qo'shishga qaror qildik. CHunki, u bir marotaba Dortmundning “Borussiya” klubi tarkibida CHempionlar Ligasi finalida mag'lubiyatga uchragan. Endi futbolchi o'shanda sobiq jamoasini finalda mag'lub etgan “Bavariya” safida harakat qilmoqda. Demak, uning imkoniyatlarini yuqori baholasak bo'ladi. Kim biladi deysiz, balki aynan Xummels uch oydan so'ng “g'olib bo'lmagan jentlmenlar” ro'yxatidan chiqib keta olar?

Jorjo Kellini (“Yuventus”; Italiya) – 33 yosh

Agar hozirgi mavsum Buffon uchun — so'nggi najot bo'lsa, u holda Kellinining hali yana bir-ikki imkoni bor. Axir u ham avgustda 34 yoshni qarshilaydi. Tajribali Jorjo Kellini “Yuventus” bilan ikki bor CHempionlar Ligasi finalida mag'lub bo'ldi, ammo hamon bosh sovrindan umidini uzgani yo'q.


Yarim himoyachilar

Arturo Vidal (“Bavariya”; CHili) – 30 yosh

22 may kuni, Kievdagi CHempionlar Ligasi finalidan 4 kun avval, Arturo Vidal 31 yoshga to'ladi. “Bavariya” tarkibida faqat Xummels muvaffaqiyatsizlikka uchragan emas. Vidal 2015 yil sovrin uchun hal qiluvchi bahsda “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan va shundan so'ng, Turindan Myunxenga ko'chib o'tgandi. Vidal — ajoyib yarim himoyachi. Ammo, u yana qancha mavsum ishtirok etadi, buni endi vaqt ko'rsatadi. Xullas, g'alaba qozonish vaqti keldi!    

Sesk Fabregas (“CHelsi”; Ispaniya) – 30 yosh
CHempionlar Ligasi Kubogi Fabregasdan ancha vaqtdan beri “qochib yuribdi”. Sesk 19 yoshidayoq CHempionlar Ligasida qatnashgan, ammo “Arsenal” tarkibida “Barselona” klubiga g'alabani boy bergan. Fabregas 2011 yilda Evropa klublari orasida allaqachon chempionlikka erishgan “kataloniyaliklar” klubiga o'tdi va “Kamp Nou”da hech qanday natija ko'rsatmay 3 mavsum to'p tepdi. Buni qarangki, Sesk “ko'k-anorranglilar” jamoasidan ketganidan so'ng, “Barsa” yana CHempionlar Ligasini qo'lga kiritdi. Hozirda Sesk va uning klubi “CHelsi” sovrinni qo'lga kiritish uchun aynan “blaugranas”dan o'zib ketishi kerak.    

David Silva (“Manchester Siti”; Ispaniya) – 32 yosh
Evropa va jahonning yana bir chempioni bo'lmish David Silva ham mana 32 yoshga to'ldi. SHunday ekan uning ham g'alabaga bo'lgan imkoniyati tobora kamayib bormoqda, imkoniyatdan ham ko'proq vaqti oz qolmoqda. Lekin u hozirda Xosep Gvardiola qo'l ostida birgalikda faoliyat yuritmoqda. Demak, bugungi kunda “Manchester Siti” ushbu sovrinni qo'lga kiritishga asosiy davogarlardan biriga aylanganini inobatga olsak, ispaniyalik futbolchidan hali umid qilsak bo'ladi.      


Hujumchilar

Gonsalo Iguain (“Yuventus”; Argentina) – 30 yosh

Zamonaviy futbolning eng mashhur hujumchilaridan biri, ammo doim ham omadi kelmaydigan yigit Gonsalo Iguain. Argentina termasi safidagi xalqaro musobaqalar finallaridagi noaniq zarbalar so'zimiz isboti bo'la oladi. “Yuventus” safida ham hal qiluvchi o'yinda sobiq jamoasi “Real”ga imkoniyatni boy berdi. Gonsalo CHempionlar Ligasida “uzoqqa borish sanati” bilan yaxshi tanish. Bu borada u Aguero va Kavanidan oldinda, ammo shunda ham sovrinni boshi uzra ko'tarish hali nasib qilmadi.

Robert Levandovski (“Bavariya”; Polsha) – 29 yosh
Levandovski ham Xummels kabi harakatlanmoqda. U Dortmunddan Myunxenga o'tgan. Robert “Uembli”dagi ikki Germaniya jamoasi finalida yutqizgan, sababi u ham hali “Bavariya”ga o'tib ulgurmagandi. Yangi jamoada esa hali zafar quchish nasib etmadi. Vaholanki u mashhur murabbiylar bilan ishlashga ulgurdi: Gvardiola va Anchelotti – Yupp Xaynkes kabi CHempionlar Ligasining bir necha karra g'olibi.

Zlatan Ibragimovich (“Manchester Yunayted”; SHveciya) – 36 yosh
Ro'yxatimizni birinchi futbolchisi uchun ham, so'nggi vakili uchun ham ushbu mavsum chinakamiga oxirgi imkoniyat. Buffon faoliyatini tugatsa, Ibragimovich AQSH tomon yo'l oladi. Zlatan milliy chempionatlarda qator g'alabalarga erishgan va qaerda o'ynamasin ko'plab gollar urishga muvaffaq bo'lgan. Ammo CHempionlar Ligasida har safar nimadir etishmay qoladi. SHu tariqa, Ibra “Barselona” tarkibida ikki g'alabali mavsumlar oralig'ida o'ynagan, “Inter”dan kettiyu, klub bosh sovringa ega chiqdi. Balki u MYU tarkibida Mourino qo'l ostida niyatiga etar? Bu Zlatan uchun Evropa futboli bilan ajoyib xarlashuv bo'lardi.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика