So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

CHempiondan ishonchli g'alaba, SHomurodov va Abraxamdan assistlar, "Yuventus" birinchi qadamdan "qoqildi" - A Seriya 1-tur yakunlari Yangiliklar

CHempiondan ishonchli g'alaba, SHomurodov va Abraxamdan assistlar, "Yuventus" birinchi qadamdan "qoqildi" - A Seriya 1-tur yakunlari

21 - 23 avgust kunlari A Seriyaning 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Inter" yirik hisobda "Jenoa"ni taslim qildi

Albatta, Simone Indzagining "Inter"dagi birinchi o'yini katta qiziqish bilan kutilgani bor gap. Maydonga tushganlar ishni paysalga qolishmadi. 6-daqiqada Xakan CHalxanoglu burchak zarbasini amalga oshirdi, Milan SHkrinyar barchadan baland sakrab, to'pni darvozaga yo'lladi. "Inter"ning to'xtash niyati yo'q edi, 8 daqiqa o'tib, jamoaning yangi futbolchisi assistga gol qo'shib qo'ydi. CHalxanoglu o'rta masofadan zarba berib, to'pni darvoza burchagiga joyladi. "Jenoa" amalda taslim bo'lib bo'lgandi,  "Inter" esa bosimni davom ettirardi. Qanotdagi uzatmadan keyin Jeko bosh bilan yo'llagan to'pi darvoza to'siniga borib tegdi. Bo'limning oxirgi daqiqasida "grifonlar" chinakamiga hujum uyushtira oldi, ammo Kallonaning urinishiga aniqlik etishmadi.

Ikkinchi bo'limda deyarli hech nima o'zgarmadi. Mezbonlar o'z muxlislari ko'z o'ngida ularning qo'llab-quvvatlashidan kuch olib, oldinga o'taverardi. CHalxanoglu yana gol urdi, ammo to'p ofsayd sabab inobatga olinmadi. Keyingi hujumda "Jenoa" gol urishi mumkin edi, lekin Sabellin qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Bo'lim o'rtalariga kelib, "grifonlar" jonlanishdi va faolroq harakat qilayotgandek tasavvur uyg'ota boshladi, biroq bu uzoqqa cho'zilmadi. Bu orada Jekoda yana bir vaziyat bo'ldi, keyin esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Vidal kuchli zarbasi bilan hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Vidal ancha faol edi va gol yoniga golli uzatma ham qo'shtirib qo'ydi. Uning oshirgan to'pini Jeko darvozaga aniq yo'lladi va yakuniy hisobni o'rnatdi. "Inter" chempionatni ancha ishonchli o'yin bilan boshladi. Keyingi o'yinlarda, kuchliroq raqiblar bilan to'qnashuvlarda Indzagi shogirdlariga baho berishda davom etamiz.


"Roma" chempionatni g'alaba bilan boshladi, SHomurodovdan assist

"Mister"ning Italiyaga qaytishi kimlar uchundir kutilmagan bo'lsa-da, endi "Roma"ga bo'lgan etibor keskin oshgani bor gap. SHomurodovning transferi esa rimliklarning O'zbekistondagi muxlislarini ham bir necha million nafarga oshirdi. 

O'yin ancha xotirjam tempda boshlangandi, lekin bu sokinlikni Drongovskining qizil kartochkasi buzib yubordi. Kiper to'pga etolmay, "bo'rilar"ning yana bir yangi forvardi Abraxamning oyog'iga zarba berdi. Son jihatdan ham ko'pchilik bo'lib qolgan "Roma" hujumlari soni keskin oshdi va endi xavfliroq ko'rinish olardi. SHu kabi hujumlardan birida Abraxam offsayd chizig'ini sezish qobiliyati yuqori darajadaligini namoyon qilib, to'pni Mxitaryanga etkazdi va yarim himoyachi sovuqqonlik bilan zarba berib, hisobni ochdi. Ko'p o'tmay, endi Abraxamning o'zi gol urishi mumkin edi, ammo bunga darvozabon yo'l qo'ymadi. "Fiorentina" esa birinchi bo'limda Rui Patrisiuni bezovta qila olmadi.

Ikkinchi bo'lim avvalida tarkiblar tenglashdi. Zanolo oddiy vaziyatda qizil kartochka ishlab oldi va maydondan chetlatildi. "Fiorentina" uchun bu ayni muddao edi va jamoa dadilroq hujumga o'ta boshladi. Hujumlar soni oshdi, vaziyatlar yaratilardi va ulardan biri hisobning tenglashishi bilan yakunlandi. Milenkovich raqib jarima maydonida to'p uchun kurashda raqibidan ustun keldi va darvozani ishg'ol qildi. Bu "Roma" uchun "tarsaki"dek tasir qildi. Ayniqsa, yangi jamoa asosiy tarkibi uchun kurash oson bo'lmasligini mavsumning dastlabki o'yinlaridan tushungan Abraxam o'zini ko'rsatishga urinardi. Aynan u jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi, lekin to'p to'singa tegdi. Navbatdagi vaziyatda esa hujumchi to'pni bo'sh darvoza oldida turgan Veretuga etkazdi. 

O'yinning 69-daqiqasida Temmi Abraxam o'rniga butun O'zbekiston kutgan Eldor SHomurodov maydonga tushirildi. Oradan 10 daqiqa o'tar-o'tmas, "Roma" o'yinini ancha kuchaytirgan hamyurtimiz Veretuga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, birga-bir vaziyatda qolgan Jordan mo'ljalda adashmadi va dublni rasmiylashtirdi. "Fiorentina" uyog'iga hujumda hech nima qila olmadi, "Roma" esa yana gol urishi mumkin edi. Biroq o'yin so'ngida SHomurodovning yaqin masofadan yo'llagan to'pini darvozabon qaytarishga erishdi.


"Atalanta" so'nggi daqiqalarda baribir g'alabani ilib ketdi 

Bergamoliklar ilk daqiqalardan hujumga tashlanishdi va 4-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Jarima maydonchasiga markazdan yorib kirgan Muriel oxirgi harakati bilan to'pni erdan birozgina ko'tarib, qarshi kelayotgan golkiper ustidan tashlab qo'ydi. Sekin-asta o'ziga kelgan "Torino" hujum qilishga, zarbalar yo'llashga urinib ko'rdi, ammo ularga aniqlik etishmadi. Tabiiyki, vaziyatlar "Atalanta"da ham yo'q emasdi. Biroq taym oxirida golga "Torino" yaqinroq kelgandi. Avvaliga Musso yaqin kurashda Sanarabiyani dog'da qoldirdi, ko'p o'tmay Aina yaqin masofadan boshi bilan zarba berganda, yana Musso jamoasi joniga oro kirdi. "Atalanta"ning yangi futbolchisi 1-bo'limda eng faollardan biri bo'ldi.

Tanaffusdan keyin o'yin tempi ancha tushdi. Lekin yakkakurashlar va kartochkalar ancha ko'paydi. Futbolchilar o'zlarini ham, raqibni ham ayab o'tirishmasdi. SHunday ekan, jarohatlar va o'yinchi almashtirishlarsiz bo'lmasdi. So'nggi daqiqalarga yaqin o'yin yana "uyg'ondi". Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Belotti raqibini aldadi va "rikoshet yordamida" to'pni darvozaga yo'lladi. Navbatdagi hujumda Verdi "buqalar"ni oldinga olib chiqishi mumkin edi, ammo uning jarima maydonchasi burchagidan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. "Atalanta" esa o'z imkoniyatidan foydalana oldi. Pashalich so'nggi daqiqada to'pni zaxiradan tushgan Pikkoliga uzatdi va Roberto "Atalanta" safidagi debyut uchrashuvida birinchi golini urdi.


"Yuventus" ham boshladi... ochko yo'qotishni

Yana bir qaytish — Maks Allegrining yana Turin bosh jamoasi "ruliga" qaytishi katta qiziqishga sabab bo'ldi. Qo'shimchasiga, ilk turdagi raqib "Udineze" osonlikcha taslim bo'ladiganlardan emas edi. 

"Yuventus" o'yinni yomon boshlamadi. Bentanrkur to'pni jarima maydoni markazidagi Dibalaga etkazdi, argentinalik esa nozik harakat bilan 3-daqiqadayoq hisobni ochdi. Maydonda Krishtianu Ronaldu bo'lmasa ham, turinliklar hujum qilishdan to'xtamoqchi emasdi. Taym o'rtalariga kelib, aniqrog'i 23-daqiqada Xuan Kuadrado qanotda raqiblarini dog'da qoldirib ketdi va uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Umuman olganda, "Yuventus" ajoyib bo'lim o'tkazdi va barchasi rejadagidek ketayotgandek edi.

Biroq tanaffusdan keyin barchasi o'zgarib ketdi. "Udineze" kiyinish xonasidan butkul boshqa jamoa bo'lib qaytdi. Avvaliga Arslan kuchli zarba berishga imkon topdi, lekin SHensni jamoasini qutqardi, bir necha daqiqa o'tib, aynan polshalik darvozabon jarima maydoni ichida "zebralar" hujumchisini yiqitdi. To'p oldiga Pereyra keldi va imkoniyatdan ishonchli tarzda foydalandi. Ko'p o'tmay, yana mehmonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi, biroq hakam barchasi joyida ekanligini ko'rsatdi. Allegri o'zgarishlarni amalga oshirdi va o'yin tempi oshdi. Ronaldu ham, Kulushevski ham ancha faol edi. "Yuventus" ko'p hujum qilar, vaziyat yaratardi. Misol uchun, Bentankurning zarbasi darvoza ustuniga tegdi, ammo darvozani ishg'ol qilish nasib qilmasdi. 83-daqiqada Delofeu raqiblaridan qochib ketdi va hisobni tenglashtirdi. G'alabani qo'ldan chiqarishni istamagan "Yuventus" oldinga tashlandi va so'nggi daqiqada gol ham urdi. Krishtianu to'pni darvozaga yo'llagandi, ammo bosh hakam portugaliyalik o'yindan tashqari holatda bo'lganini takidladi. "Yuventus"ning kutilmagan "qoqilishi" Allegrining qiladigan ishi hali etarliligiga isbotdek.


"Milan" bitta gol urdi va uch ochko ishlab oldi

"Milan" ancha o'zgardi. Lekin Pioli uchun bu kutilmagan yoki yangi holat emas. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq qanotdan oldinga o'tgan Kalabriya to'pni Braim Diasga etkazdi va ispaniyalik futbolchi to'pni darvozabon Audero harakatiga qarama-qarshi yo'lladi. Bir necha daqiqa o'tib, "Milan"ning yangi posboni Manyan nega klub Donnarummani qo'yib yuborib, uni tanlaganini amalda ko'rsatib berdi. Gabyadinining jarimadan yo'llagan to'pini to'sin ustidan o'tqizib, qaytardi. O'yinning umumiy kartinasi u qadar yorqin bo'lmasa ham, epizodlarda har ikki tomon yaxshi hujumlar uyushtirib turardi. Bo'lim so'ngida Jiru gol urishi mumkin edi, ammo Audero yaqin burchakka yo'naltirilgan to'pni qaytardi, qo'shimchasiga forvard o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi.

Tanaffusdan keyin Manyan va Gabbyadini o'rtasida yana bir duel bo'lib o'tdi va bu safar ham "rossoneri" kiperining qo'li baland keldi. Ikkinchi bo'limning asosiy qismida o'yin epizodlarga bo'linib ketdi, bu esa "Milan" foydasiga ishlardi. "Sampdoriya" asosan qanotdan uzatiladigan to'plarga urg'u berar, ammo ularni markaziy himoyachilar ishonch bilan qaytaraverardi. Zarur pallada Manyan ham to'pga chiqib, xavfni bartaraf etishni yuqori darajada uddalashini ko'rsatardi. Natijada, "Sampdoriya" "oxirgi shturmni" ham uyushtira olmadi. O'z navbatida "Milan" ham hujumga o'tgan raqibini qarshi hujumda "ushlash"ga tayyor emasdi. Nima bo'lsa ham, "rossoneri" mavsumni g'alaba bilan boshlab oldi, ularning hozirgi vaziyatida bu eng asosiysi!

SHuningdek, "Napoli" "Veneciya"ni, "Lacio" - "Empoli"ni engdi, "Bolonya" "Salernitana"ni katta qiyinchilik bilan taslim qildi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика