So’nggi yangiliklar

17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  1 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  2 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  2 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  13 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  9 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  4 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  28 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  4 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   11

CHempionatlarimizning 26 yillik umumiy jadvali haqida Yangiliklar

CHempionatlarimizning 26 yillik umumiy jadvali haqida

Teglar :  O'FFOliy liga
O'zbekiston XXVI milliy chempionati ham o'z nihoyasiga etdi. Quyida biz barcha 26ta chempionatimizning umumiy jadvalini sizlarga havola qilamiz.

Bundan tashqari 2017 yilda klublarimiz qayd etgan etiborli natijalar haqida to'xtalamiz.

26 yillik jadvalni 11 karra chempion “Paxtakor” boshqarib bormoqda. 770ta o'yinda 1689 ochko jamg'argan “sherlar” eng ko'p g'alabaga erishgan (522ta) va eng ko'p gol urgan jamoa (1722ta) bo'lib turishibdi. 17-turda “Neftchi”ga qarshi bahsda Igor Sergeev urgan gol jamoaning 1700-goli bo'ldi. "Paxtakor"dan tashqari O'zbekistonda hech bir jamoa 500ta g'alabaga erishmagan. Bu yil jamoa 650-golini o'tkazib yubordi. Keyingi yil jamoa 800-o'yinni o'tkazadi, bundan tashqari 1700-ochkoni qo'lga kiritishi mumkin.

Ro'yxatda ikkinchi pog'onada borayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi “Paxtakor”dan 170 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa bu yil o'z ochkolari sonini 1500tadan oshirib oldi. Farg'onaliklar oliy ligadagi yubiley 1550-golni urishlari uchun 5ta gol etishmayapti.  


Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi “Navbahor” klubi umumiy ro'yxatda 3-o'rinda. 21-turda “Metallurg”ga qarshi o'yinda Azizbek Turg'unboev tomonidan urilgan birinchi gol “lochinlar”ning oliy liga tarixidagi 1300-goli bo'ldi. “Lochinlar” bu mavsumda ochkolarini 1200taga etkazib olishdi. Keyingi yil jamoa 150-durangga erishishlari va 1000-golni o'tkazib yuborishlari mumkin.

Bu yilgi kumush medal sohibi Qarshining “Nasaf” klubi umumiy jadvalda 4-o'rinda bormoqda. Qarshi klubi bu mavsum 29-turda "Paxtakor"ni mag'lub etib o'zining 350-g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoaning o'yinlari soni 600tadan, ochkolari soni 1150tadan oshdi. 22-turda "Obod" bilan o'yinda Farrux Sayfievning urgan goli jamoaning tarixiy 1100-goli bo'ldi. "Ajdarlar" keyingi mavsum 650-o'yinni o'tkazishadi va o'z ochkolarini 1200tadan oshirib olishlari mumkin.

Bu yilgi mavsumda “Buxoro” klubining 300-g'alabasi kuzatildi. 20-turda “Neftchi” bilan o'yindagi g'alaba jamoaning yubiley g'alabasi bo'ldi. "Buxoro" yakuniga etgan mavsumda o'zining 1000-ochkosini qo'lga kiritdi va 1100-golini o'tkazib yubordi. Keyingi yil buxoroliklar 750-uchrashuvni o'tkazishadi.

"Dinamo" 2017 yilda umumiy jadvalda "Andijon"ni ortda qoldirib 6-o'ringa chiqib oldi. Samarqand klubi bu mavsum o'zining 800-ochkosini qo'lga kiritdi. "Dinamo" oliy ligaga qaytgan mavsumda o'zining 850-golini urishi va 1000-golini o'tkazishi mumkin.

Jizzaxning “So'g'diyona” klubi o'zining yubiley 650-uchrashuvni o'tkazdi va o'z ochkolri sonini 750tadan oshirib oldi. Jizzax klubioliy liga qaytgan mavsumida 850-golini urishi va o'z ochkolarini 800taga etkazib olishlari kutilmoqda.

“Bunyodkor” bir yil ichida umumiy jadvalda ikki pog'ona ko'tarilib 9-o'ringa chiqib oldi. Klub o'zining ochkolarini 700tadan oshirib oldi. 2017 yilda klub o'zining 300-o'yinini o'tkazdi. So'nggi turda Akrom Komilov tomonidan urilgan gol "Bunyodkor"ning yubiley 600-goli bo'lib tarixga kirdi. Yangi yilda “qaldirg'ochlar” 350-uchrashuvda maydonga tushishadi va va 200-golni o'tkazib yuborishlari mumkin.

Bu mavsum 4-turda "SHo'rtan" bilan o'yinda Dilmurod Karimov tomonidan urilgan gol "Metallurg" uchun oliy ligadagi yubiley 700-gol bo'ldi. Keyingi mavsumda jamoa o'zining 600-uchrashuvini o'tkazadi va 700-ochkosiga ega chiqadi. Bundan tashqari yana 7ta g'alabdan so'ng 200-g'alaba qayd etiladi.

“Qizilqum” bu yil o'zining 500-uchrashuvini o'tkazdi. 6-turda “So'g'diyona” bilan bahs jamoa uchun yubiley o'yin bo'ldi. 2018 yilda “Qizilqum” 200-g'alabaga erishishi va 700-ochkoni qo'lga kiritishi mumkin. Bu mavsumdagi oxirgi o'tkazilgan gol navoiyliklarning o'tkazgan 750-goli bo'ldi.  

“Mashal” klubi bu yil 28-turda "Qizilqum" bilan bahsda o'zining 200-g'alabasiga erishdi. 8-turda "Bunyodkor" bilan o'yinda Zafa To'raev tomonidan urilgan gol "Mashal"ning 600-goli bo'ldi. Keyingi mavsum muborakliklar 500-o'yini o'tkazishadi va 700-ochkoni qo'lga kiritishlari mumkin.

Ketma-ket ikkinchi yil O'zbekistoni chempioni bo'lgan “Lokomotiv” bu yil o'z ochkolarini 600tadan oshirib oldi va 350-uchrashuvini o'tkazdi. 28-turdan o'rin olgan "Buxoro" bilan bahsda Sardor Mirzaev tomonidan urilgan gol "temiryo'lchilar" uchun oliy ligadagi yubiley 600-gol bo'ldi. Keyingi yil jamoa 200-g'alabasini qo'lga kiritishi, gollari va ochkolarini 650tadan oshirishi mumkin.

“Qo'qon-1912” bu yil ochkolari sonini 450tadan oshirib oldi.  27-turidan o'rin olgan "Buxoro" bilan o'yinda Murod Xolmuhammedov urgan gol "Qo'qon-1912"ning oliy liga tarixidagi 500-goli bo'ldi.  O'sha bahsdagi durang klubning milliy chempionatdagi yubiley 50-durangi bo'ldi. Qo'qonliklar so'nggi turda "Olmaliq" bilan bahsda 700-golni o'tkazishdi. Keyingi mavsum jamoa 400-uchrashuvni o'tkazadi.

Bu yil “SHo'rtan”ning o'yinlari soni 340taga etdi. Yana 7ta goldan so'ng g'uzorliklarning oliy ligadagi gollari soni 400taga etadi.

“Olmaliq” klubi darvozasidan 400-gol o'rin oldi. Bundan tashqari klubning ochkolari soni 350dan oshdi. Yana bitta g'alabadan so'ng jamoaning umumiy g'alabalari soni 100taga etadi. "Olmaliq"ning gollari 400taga etishi uchun yana 10ta gol etishmayapti.

Oliy ligada ikkinchi bor ishtirok etgan va mavsumni oxiriga etkaza olmagan Toshkentning "Obod" klubi bu mavsum 50-uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu mavsumda "Obod" darvozasiga 100-gol urildi.


#       

Jamoalar

O'        

YU      

D        

M       

T-N                

O         

1

               Paxtakor (Toshkent)                

770

522

123

125

1722-657

1689

2

Neftchi (Farg'ona)

770

468

115

187

1545-814

1519

3

Navbahor (Namangan)

770

365

147

258

1315-950

1242

4

Nasaf (Qarshi)

618

350

114

154

1127-683

1164

5

Buxoro (Buxoro)

744

302

120

322

1042-1123

1026

6

Andijon (Andijon)

688

226

134

328

942-1142

812

7

Dinamo (Samarqand)

680

235

119

326

828-987

824

8

So'g'diyona (Jizzax)

658

222

111

325

847-1112

777

9

Bunyodkor (Toshkent)

310

215

60

35

600-176

705

10

Metallurg (Bekobod)

584

193

118

273

737-929

697

11

Qizilqum (Zarafshon)

524

195

107

222

665-750

692

12

Mashal (Muborak)

486

201

88

197

627-659

691

13

Lokomotiv (Toshkent)

366

184

71

111

609-428

623

14

Traktor (Toshkent)

490

178

87

225

684-814

621

15

Do'stlik (Toshkent viloyati)

346

169

52

125

669-532

559

16

Qo'qon 1912 (Qo'qon)

370

134

50

186

504-701

452

17

Surxon (Termiz)

374

109

66

199

461-726

393

18

SHo'rtan (G'uzor)

340

109

54

177

393-566

381

19

MHSK (Toshkent)

216

106

44

66

420-335

362

20

Olmaliq (Olmaliq)

280

99

58

123

390-423

355

21

Xorazm (Urganch)

248

62

44

142

281-518

230

22

Zarafshon (Navoiy)

196

60

37

99

263-355

217

23

Yangier (Yangier)

216

56

37

123

266-385

205

24

Turon (Nukus)

164

44

23

97

171-329

155

25

Kosonsoy (Kosonsoy)

156

40

25

91

171-305

145

26

Guliston (Guliston) 

154

34

17

103

142-340

119

27

Atlaschi (Marg'ilon)

124

34

16

74

149-280

118

28

CHirchiq (CHirchiq)

122

26

25

71

130-240

103

29

To'palang (Sariosiyo)

86

28

12

46

103-146

96

30

Kimyogar (CHirchiq)

104

25

21

58

113-193

96

31

Akademiya (Toshkent)

34

16

11

7

72-45

59

32

Semurg' (Angren)

72

15

12

45

99-200

57

33

Obod (Toshkent)

60

8

9

43

40-103

33

34

Cementchi (Quvasoy)

30

8

7

15

39-64

31

35

CHilonzor (Toshkent)

34

8

6

20

51-70

30

36

SHahrixonchi (SHahrixon)

32

7

7

18

25-67

28

37

Vobkent (Buxoro)

30

3

6

21

23-70

15

38

O'z-DongJu (Andijon)

30

2

7

21

17-65

13



Narzulla Saydullaev tayyorladi

CHempionatlarimizning 25 yillik umumiy jadvali haqida

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика