CHempionatlarimizning 24 yillik jadvali haqida
01 dek 2015 17:18
Yangiliklar


CHempionatlarimizning 24 yillik jadvali haqida
Bundan tashqari 2015 yilda klublarimiz qayd etgan etiborli natijalar haqida to'xtalamiz.
24 yillik jadvalni 11 karra chempion “Paxtakor” boshqarib bormoqda. 710ta o'yinda 1578 ochko jamg'argan “sherlar” eng ko'p g'alabaga erishgan (489ta) va eng ko'p gol urgan jamoa (1629ta) bo'lib turishibdi. Klubning 1600-golini 19-turda “Qizilqum”ga qarshi bahsda Stanislav Andreev urishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi yil jamoa 500-g'alabani qo'lga kiritishi, 600-golni o'tkazishi va ochkolarini 1600taga etkazib olishi mumkin.
Ro'yxatda ikkinchi pog'onada borayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi “Paxtakor”dan 117 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa 2-turda Toshkentda “Loko” bilan durang o'ynagandi. O'sha durang klub uchun 100-durang bo'lib tarixda qoldi. “Neftchi” 10-turda o'z uyida “Nasaf” bilan o'yinda 700-golni o'tkazib yubordi. Farg'onaliklar 2016 yil 6 ochko olishsa o'z ochkolarini 1500taga etkazib olishadi.
“Navbahor” klubi umumiy ro'yxatda 3-o'rinda. Ikkinchi turda “Metallurg”ga qarshi o'yinda Dilshod Jabborov “lochinlar”ning 1200-golini urgandi. Xuddi o'sha o'yinda Dilmurod Karimov urgan gol “lochinlar”ning 800-o'tkazgan goli bo'lgandi. Jamoa 2016 yilda 350-g'alabani qo'lga kiritishga, o'z ochkolarini 1200taga etkazib olishi mumkin.
Bu yilgi bronza medal sohibi Qarshining “Nasaf” klubi umumiy jadvalda hamon 4-o'rinda bormoqda. Qarshi klubi bu mavsum oliy liga tarixlaridagi o'zining 550-o'yinini o'tkazdi. 11-turda “So'g'diyona” ustidan qozonilgan g'alaba klub uchun 300-g'alabaga aylandi. Aynan o'sha o'yindan so'ng “ajdarlar”ning umumiy ochkolari 1000tadan oshgandi. 23-turda “Navbahor”ga qarshi o'yinda Ilhom SHomurodov tomonidan urilgan gol “Nasaf”ning 1000-goli bo'lib tarixda qolgandi. Qarshi klubi agar 2016 yilda ham bu yilgidek muvaffaqiyatli ishtirok eta olsa umumiy ochkolari sonini 1100taga etkazib olishi mumkin.
Bu yilgi mavsumda “Buxoro” klubining 300-mag'lubiyati kuzatildi. 16-turda “Bunyodkor”dan uchralgan mag'lubiyat yubiley mag'lubiyat bo'ldi. 15-turda “So'g'diyona” bilan o'yinda buxoroliklarning ochkolari 900tadan oshgandi.
Jadvalda 6-o'rinda borayotgan “Dinamo” klubi bu yil so'nggi turda o'zining 650-o'yinini o'tkazdi. 8-turda “Neftchi”dan uchralgan mag'lubiyat oliy ligadagi 300-mag'lubiyat bo'ldi. 24-turda Kamoliddin Murzoev Samarqand klubining yubiley 800-golini urdi. 28-turda “Nasaf” bilan o'yinda jamoa 950-golini o'tkazib yubordi.
“Andijon” jamoasi 22-turda oliy ligadagi 650-uchrashuvda maydonga tushdi. 14-turda “Dinamo”dan uchralgan mag'lubiyat “burgutlar” uchun 300-mag'lubiyat bo'ldi. 5-turda “Buxoro” bilan bahsda Ibrohim Otaxonovning urgan goli “Andijon”ning 900-goli bo'ldi. Keyingi yil jamoa 950-golni urishi, 1100-golni o'tkazishi va ochkolari sonini 800tadan oshirib olishi mumkin.
Oliy ligada qolishni uddalagan “So'g'diyona”ning 200-g'alabasi 14-turda “Qo'qon-1912” bilan o'yinda qo'lga kiritildi. 18-turda “Lokomotiv” bilan o'yinda esa 1000-gol Jizzax klubi darvozasiga urildi. “Navbahor” bilan bahsda “So'g'diyona” g'alaba qozonib ochkolari sonini 700tadan oshirib olgandi. Keyingi yil jamoa 600-uchrashuvni o'tkazadi, 100-durangni qo'lga kiritishi, 300-mag'lubiyat qabul qilib olinishi va 800-golni urishi mumkin.
“Mashal” klubi keyingi yil allaqachon tarixga aylangan “Traktor” klubidan o'tib ketishi mumkin. Buning uchun 13 ochko qo'lga kiritilsa bas. Jamoa 4-turda “Olmaliq” bilan o'yin jamoa uchun 400-uchrashuv bo'lib tarixga kirdi. 25-turda “Qizilqum” bilan o'yinda Jamshid Hasanov tomonidan urilgan gol Muborak klubining 550-goli bo'ldi. “Mashal” 24-turda “Bunyodkor”ni mag'lub etib ochkolari sonini 600taga etkazib olgandi. Keyingi yil jamoa 450-uchrashuvini o'tkazadi. Bundan tashqari klub 600-golini o'tkazishi mumkin.
2015 yil “Metallurg”ning 500-uchrashuvi kuzatildi. 28-turda “Buxoro”dan uchralgan mag'lubiyat jamoa uchun 250-mag'lubiyat bo'ldi. Keyingi yil bekobodliklar 550-o'yinni o'tkazishadi.
“Qizilqum” bu yil o'z ochkolarini 600tadan oshirib oldi. 16-turda “So'g'diyona” bilan bahsda Navoiy klubi o'zining 450-uchrashuvni o'tkazdi. 25-turda “Mashal” bilan o'yinda jamoa 200-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 2016 yilda “Qizilqum” 600-golni urishi va 700-golini o'tkazishi mumkin.
“Bunyodkor” klubi bu yil oliy ligadagi 9-mavsumini o'tkazdi. 2015 yilda klub o'zining 250-uchrashuvini o'tkazdi. 28-turda “Andijon” bilan bahsda Dostonbek Hamdamov jamoaning yubiley 500-golini urdi. Yangi yilda “qaldirg'ochlar” 200-g'alabaga erishishlari, 150-golni o'tkazishi, 600-ochkoni qo'lga kiritishlari mumkin.
Ketma-ket uchinchi marta chempionat kumush medallarini qo'lga kiritgan “Lokomotiv” bu yil 300-uchrashuvini o'tkazdi. 2-turda “Neftchi” bilan o'yinda Damir Koyashevich tomonidan urilgan gol jamoa uchun yubiley 400-gol bo'ldi. 2016 yil jamoa 500-golini urishi, 400-golini o'tkazishi va ochkolarini 500tadan oshirib olishi mumkin.
Oliy ligaga qaytgan “Qo'qon-1912” bu yil 20-turda “Olmaliq” bilan o'yinda o'zining 400-uchrashuvni o'tkazdi. Keyingi yil jamoa darvozasiga uriladigan birinchi gol 600-o'tkazilgan gol bo'ladi. “Qo'qon-1912” 2016 yil 18 ochko to'plasa ochkolari sonini 400taga etkazib oladi.
Bu yil “SHo'rtan”ning ochkolari soni 300dan oshdi. Igor Taran 14-turda “Navbahor” bilan o'yinda jamoaning oliy ligadagi umumiy gollarini 300taga etkazgandi. 26-turda “Qizilqum”ga qarshi bahsda G'uzor klubi darvozasiga 450-gol urildi.
“Olmaliq” klubi 10-turda “Navbahor” bilan bahsda 200-uchrashuvni o'tkazdi. 25-turda “Navbahor” bilan o'yinda Salamat Qutiboev “Olmaliq”ning yubiley 300-golini urdi. 11-turda “Metallurg”ga qarshi bahsda jamoa darvozasidan 300-gol o'rin oldi. Oltinchi turda “Buxoro”ga bilan o'yindan so'ng jami ochkolar soni 250dan oshdi. Keyingi yil olmaliqliklar 250-uchrashuvni o'tkazishadi, 50-durangni qayd etishlari, 100-mag'lubiyatni qabul qilib olishlari, 350-golni urishlari, 350-golni o'tkazishlari hamda ochkolarini 300tadan oshirishlari mumkin.
# |
Jamoalar |
O' |
YU |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
Paxtakor
(Toshkent) |
710 |
489 |
111 |
110 |
1629-599 |
1578 |
2 |
Neftchi (Farg'ona) |
710 |
453 |
102 |
155 |
1494-723 |
1461 |
3 |
Navbahor (Namangan) |
710 |
347 |
132 |
231 |
1238-847 |
1173 |
4 |
Nasaf (Qarshi) |
558 |
311 |
106 |
141 |
1009-641 |
1039 |
5 |
Buxoro (Buxoro) |
684 |
272 |
106 |
306 |
958-1056 |
922 |
6 |
Dinamo (Samarqand) |
650 |
227 |
111 |
312 |
807-952 |
792 |
7 |
Andijon (Andijon) |
658 |
220 |
129 |
309 |
922-1092 |
789 |
8 |
So'g'diyona (Jizzax) |
598 |
205 |
97 |
296 |
791-1020 |
712 |
9 |
Traktor (Toshkent) |
490 |
178 |
87 |
225 |
684-814 |
621 |
10 |
Mashal (Muborak) |
426 |
178 |
75 |
173 |
555-587 |
609 |
11 |
Metallurg (Bekobod) |
524 |
167 |
107 |
250 |
650-856 |
608 |
12 |
Qizilqum (Zarafshon) |
464 |
172 |
89 |
203 |
593-678 |
605 |
13 |
Bunyodkor (Toshkent) |
250 |
183 |
41 |
26 |
507-134 |
590 |
14 |
Do'stlik (Toshkent viloyati) |
346 |
169 |
52 |
125 |
669-532 |
559 |
15 |
Lokomotiv (Toshkent) |
306 |
139 |
62 |
105 |
465-384 |
479 |
16 |
Surxon (Termiz) |
374 |
109 |
66 |
199 |
461-726 |
393 |
17 |
Qo'qon 1912 (Qo'qon) |
310 |
115 |
37 |
158 |
431-599 |
382 |
18 |
MHSK (Toshkent) |
216 |
106 |
44 |
66 |
420-335 |
362 |
19 |
SHo'rtan (G'uzor) |
280 |
89 |
49 |
142 |
322-458 |
316 |
20 |
Olmaliq (Olmaliq) |
220 |
79 |
48 |
93 |
319-334 |
285 |
21 |
Xorazm (Urganch) |
248 |
62 |
44 |
142 |
281-518 |
230 |
22 |
Zarafshon (Navoiy) |
196 |
60 |
37 |
99 |
263-355 |
217 |
23 |
Yangier (Yangier) |
216 |
56 |
37 |
123 |
266-385 |
205 |
24 |
Turon (Nukus) |
164 |
44 |
23 |
97 |
171-329 |
155 |
25 |
Kosonsoy (Kosonsoy) |
156 |
40 |
25 |
91 |
171-305 |
145 |
26 |
Guliston (Guliston) |
154 |
34 |
17 |
103 |
142-340 |
119 |
27 |
Atlaschi (Marg'ilon) |
124 |
34 |
16 |
74 |
149-280 |
118 |
28 |
CHirchiq (CHirchiq) |
122 |
26 |
25 |
71 |
130-240 |
103 |
29 |
To'palang (Sariosiyo) |
86 |
28 |
12 |
46 |
103-146 |
96 |
30 |
Kimyogar (CHirchiq) |
104 |
25 |
21 |
58 |
113-193 |
96 |
31 |
Akademiya (Toshkent) |
34 |
16 |
11 |
7 |
72-45 |
59 |
32 |
Semurg' (Angren) |
72 |
15 |
12 |
45 |
99-200 |
57 |
33 |
Cementchi (Quvasoy) |
30 |
8 |
7 |
15 |
39-64 |
31 |
34 |
CHilonzor (Toshkent) |
34 |
8 |
6 |
20 |
51-70 |
30 |
35 |
SHahrixonchi (SHahrixon) |
32 |
7 |
7 |
18 |
25-67 |
28 |
36 |
Vobkent (Buxoro) |
30 |
3 |
6 |
21 |
23-70 |
15 |
37 |
O'z-DongJu (Andijon) |
30 |
2 |
7 |
21 |
17-65 |
13 |
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar