So’nggi yangiliklar

23:19Бир-икки, бир-икки...  1 23:17"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  1 23:13"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:09"Бешиктош" — "Сивасспор". Турғунбоев асосий таркибдами?  0 22:50"Ювентус" — "Рома". Шомуродов таркибдами?  5 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  12 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  2 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  65 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  7

CHempionatimiz tarixidagi yagona geksa-trik sohibi, SHackix bilan bir kunda butsalarini mixga ilgan Baqoev 41 yoshga to'ldi Yangiliklar

CHempionatimiz tarixidagi yagona geksa-trik sohibi, SHackix bilan bir kunda butsalarini mixga ilgan Baqoev 41 yoshga to'ldi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbol ahlini unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun futbolchilik faoliyati davomida bir nechta rekordlarni o'rnatgan, O'zbekiston va Qozog'iston Respublikalari chempioni, murabbiylikda ham ishonch bilan odimlayotgan Ulug'bek Baqoev oila azolari davrasida tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi 1996 yilda ilk professional shartnomasiga imzo chekkan. U futboldagi ilk qadamlari qo'yilgan "Buxoro" klubi bilan shartnoma imzoladi. Ketma-ket muvaffaqiyatli kechgan mavsumlardan so'ng u 2001 yilda Rossiya chempionatiga yo'l oldi. Ulug'bek uch yil mobaynida Moskvaning CSKA, "Torpedo-ZIL", Nijnekamskning "Nefteximik" klublari sharafini himoya qildi. 

SHundan so'ng uning faoliyati Qozog'iston chempionatiga ko'chdi. 2004-2007 yillar oralig'ida Kustanayning "Tobol" klubida o'ynadi. Ilk mavsumidayoq 22 ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi. "Tobol" bilan ikki bor kumush (2005, 2007) va shuncha bronza (2004, 2006) medalini qo'lga kiritdi. 

Baqoev 2008-2009 yillarda Toshkentning "Quruvchi" ("Bunyodkor") jamoasi tarkibida O'zbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylandi. Skolari davrida jiddiy raqobatga to'qnash kelgan bugungi qahramonimiz Samarqanning "Dinamo"siga ko'chib o'tdi. Keyin esa yana jonajon "Tobol" jamoasiga yo'l oldi. Bu qaytish unga omad keltirdi. 2010 yilda u Qozog'iston chempioni, mavsumning eng yaxshi legioneri, 16 ta gol bilan eng yaxshi to'purari bo'ldi. 2011 yilda Toldiqo'rg'onning "Jetisu" klubi bilan shartnoma imzoladi. Ulug'bek bu jamoa safida 29 ta o'yinda 18 ta gol kiritdi. Uning gollari "Jetisu"ga chempionat kumush medallarini qo'lga kiritishda yordam berdi. Baqoev mavsum yakunlariga ko'ra sport jurnalistlari tomonidan Qozog'iston chempionatining eng yaxshi to'purari deb topildi. 

Hujumchi 2011 yilning 20 oktyabr kuni "Dubay Klub" bilan shartnomaga imzo chekdi. Lekin uning BAAdagi safari omadsiz kechdi. U uch oydan so'ng yana Qozog'istonga qaytdi.  "Irtish" klubi bilan kelishuvga erishgan Baqoev 14 ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi. Qizig'i, u uch yil ketma-ket uchta klub tarkibida Qozog'iston chempionati to'purariga aylangan. O'sha yili pavlodarliklar bilan birga mamlakat vice-chempioni bo'ldi. Sport jurnalistlari uni yana bir bor mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Ulug'bek Baqoev Qozog'iston chempionatida umumiy hisobda 9 mavsum o'ynab, 3 ta klub tarkibida 237 uchrashuvda maydonga tushdi va 111 ta gol kiritdi. 

Ulug'bek Baqoev 2000 yilda hozirgacha rekord bo'lib kelayotgan ishni amalga oshirgan. U  "Buxoro" safida "Temiryo'lchi" (hozirgi “Qo'qon-1912”)ga qarshi kechgan safar o'yinida o'z hisobiga 6 ta gol yozib qo'ygan. O'sha bahs 6:1 hisobida yakuniga etgandi. Oliy ligamiz tarixida boshqa hech qaysi futbolchi bir o'yinda geksa-trik qayd etmagan.

2014 yilning avgustida 36 yoshli Baqoev O'zbekistonga qaytdi va "Buxoro" safida mavsumni yakunlab qo'ydi. 2015 yilda esa uning futbolchilik faoliyati yakunlandi. "Navbahor" Baqoevning faoliyatidagi so'nggi klub bo'lib qoldi. U shu yoshida ham 21 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol qildi. 

2001-2014 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Hisobida terma jamoa uchun urilgan 14 ta gol bor. Uning Eron va Iordaniyaga urilgan gollari ancha mashhur hisoblanadi. 

Bugungi qahramonimiz JCH-2014 saralash bosqichidan o'rin olgan Eron - O'zbekiston (0:1) uchrashuvini shunday eslaydi.

- Bu o'yinning sanasi ham aniq esimda - 2012 yil 14 noyabr. Tehrondagi "Ozodi" stadionida Eronni 1:0 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqqandik. O'yinga chiqishdan oldin terma jamoamizning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov g'alaba uchun to'p tepishimiz lozimligini uqtirgandi. Ortga yo'l yo'q edi, barchamiz g'alaba uchun harakat qilgandik va yakunda bu mushkul vazifani uddalagandik. O'sha kuni yomg'ir ham yog'gan edi. Gol bo'lishidan avval raqib o'yinchisi qoida buzgan va hakam jarima to'pi belgilagandi. Jeparov to'pni tepishdan oldin jarima maydonchasi ichiga aniq etkazib berishini sezgandim. To'p uzatilgach, men oldinga harakat qila boshladim, raqib himoyachisidan o'zib ketgan holda to'pga birinchi bo'lib etib keldim va chap oyoqda zarba berdim.

Ulug'bek Baqoev O'zbekiston milliy terma jamoasida gol urgan eng yoshi katta futbolchi ham hisoblanadi. Terma jamoamizning sobiq forvardi JCH-2014 saralashi doirasidagi Qatar (5:1)ga qarshi o'yinda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan edi. O'shanda u 34 yoshu 6 oy 21 kunlik bo'lgan. Uning terma jamoadagi xayrlashuv o'yini 2014 yilning may oyida Ummonga qarshi bo'lib o'tgandi. "Jar" stadionida o'tgan uchrashuvda Baqoevdan tashqari Viktor Karpenko va Maksim SHackix ham terma jamoa bilan xayrlashishgan edi. 

2017 yilning yanvar oyida tajribali hujumchining murabbiylikdagi faoliyati boshlandi. U "Buxoro" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Hozirda Baqoev Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bosh murabbiyi sifatida muvaffaqiyatli ishlayapti. Ikkinchi davrada jizzaxlik futbolchilar faqat amaldagi chempion "Paxtakor"ga yutqazishdi.   

Fursatdan foydalanib, Ulug'bek Baqoevni tug'ilgan kuni bilan saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. U kishiga sog'liq-salomatlik tilaymiz. Murabbiylik faoliyatida yorqin lahzalar ko'p bo'lsin.  

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика