CHempionat to'purarlari terma jamoada qanday o'ynagan?
12 dek 2013 20:00
Yangiliklar

CHempionat to'purarlari terma jamoada qanday o'ynagan?
Oliy liga o'tkazilishni boshlaganidan buyon mavsum to'purarlariga bo'lgan etibor o'zgacha bo'lgan.
CHunki hujumchilar yoki barcha futbolchilar orasida raqib darvozasini eng ko'p ishg'ol etish olqishga sazovor holat. Ularning klublari uchun munosib o'ynaganini etirof etamiz. Xo'sh, ular terma jamoada o'zlarini qanchalik ko'rsata olishgan? SHu savolga javob topish maqsadida to'purarlarning terma jamoadagi ko'rsatkichlariga nazar tashlab o'tdik. Aytish o'tish lozimki, nima uchundir bizda liga to'purarlari kam holatlarda milliy terma jamoada muvaffaqiyatli o'ynab ketishgan.
Avvallari bizda hujumchilar borasida muammolar uchramasdi. Balki, shu sabablidir, liga to'purarlari har doim ham milliy terma jamoaga chaqiruv olishmagan. Agar ular hozir o'shanday sermahsullik ko'rsatishganda hech shubhasiz asosiy tarkib futbolchisi bo'lishardi. CHunki ayni paytda 10-15ta to'p kiritgan futbolchilarni terma jamoa saviyada deb atayapmiz. Oldinlari hujumchilar buncha golni bir davrada urib tashlashardi. Boshqa tarafdan ular yuqori saviyada o'ynagan futbolchilar ko'proq avlod ichida tarbiyalanishgan. Orada uzilish yuzaga kelgan. Buning tasiri hozir bilinayotgan bo'lsa ajab emas. Oxirgi yillarda bolalar futboliga qaratilayotgan etibor yaqin yillarda o'z samarasini berishi tayin. Endi esa to'purarlar haqida birma-bir to'xtalib o'tsak.
1992 yil to'purar bo'lgan Valeriy Kechinov o'shanda Rossiya terma jamoasi uchun o'ynashni ixtiyor qilgan. “Spartak” tarkibida Evrokuboklarda bir qator ajoyib uchrashuvlarni o'tkazgan. Uning qarorini muhokama qilganimiz bilan baribir foydasi yo'q. 1993 yil Rustam Do'rmonov hammadan ko'p gol urgandi. Biroq uning milliy terma jamoadagi faoliyati uzoqqa cho'zilmagan. Asosan 1994 va 2000 yillarda bosh jamoaga chaqirilgan. 14 bellashuvda 2 gol urgan. Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida termamiz g'alabasiga hissa qo'shgan. Biroq nima uchundir shunday ajoyib hujumchini doimiy ravishda asosiy tarkib futbolchisiga aylanmagan. Ravshan Bozorov haqida ham shunday deyishimiz mumkin. U 1995 yildan 1999 yilgacha terma jamoada faoliyat ko'rsatgan. 26 o'yinda 5 gol muallifi bo'lgan. Har ikki hujumchi o'sha paytlarda barqaror o'yin ko'rsatgan futbolchilar sifatida etirof etilardi. Aniq bir hujumchini milliy terma jamoada to'purarga aylantira olmaslik bizga keyinchalik kerakli natijalarni qo'lga kiritishda xalal bergan. Masalan, Portugaliyada ko'p yillar Nunu Gomesh, Pedro Pauleta, Elder Poshtiga va Krishtianu Ronaldu shunday vazifani bajarib kelmoqda. Germaniyada esa Gerd Myuller, Yurgen Klinsmann, Miroslav Klozeni shu qatorga qo'yish mumkin. Gollandiyada Yoxan Kruiff, Patrik Klyuyvert, Robin Van Persi, Italiyada Roberto Badjo, Kristian Veri, Luka Toni va boshqalar. Yani, biror terma jamoa qaysidir yillar oralig'ida to'purar hujumchiga bog'lanib o'ynaydi va bu foyda keltiradi. Biroq bizda bunday vaziyat deyarli yuzaga kelmagan. Albatta, birgina Maksim SHackixni hisobga olmaganda.
Ehtimol, Oleg SHackix jarohat olmaganda bugungi kunda milliy terma jamoa to'purari sifatida uning ukasi Maksimni emas, aksincha Olegning o'zini aytgan bo'larmidik? Har holda, Oleg terma jamoada o'ynagan 13 oy mobaynida 9 to'p kiritgan. Buning uchun unga 11 uchrashuv kerak bo'lgan xolos. O'rtacha har 80 daqiqada katta SHackix raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Afsuski, shunday mahoratli hujumchi jarohat tufayli faoliyatini juda erta yakunladi.
Jafar Irismetov. Oliy ligada bir mavsumning o'zida 45ta gol urib, hali-beri yangilanmaydigan rekordni o'rnatib qo'ygan hujumchi. U ham asosan 1997 yildan 2001 yilgacha terma jamoada to'p tepgan. Jami 36 uchrashuvda 15 gol muallifiga aylangan. Bu ko'rsatkich deyarli har 3 uchrashuvda 2tadan to'p kiritishga to'g'ri keladi. Terma jamoa uchun juda yaxshi ko'rsatkich. Biroq to'purarlik mahoratini namoyish etib turgan bir paytda Jafarni terma jamoaga taklif etishni to'xtatishgan. Aks holda, u yanada ko'proq gol urgan bo'larmidi. O'z ustida ishlaydigan bunday professional hujumchilar bizda unchalik ko'p topilmaydi. 2007 yilda uni termaga taklif etishdi, biroq Irismetov o'zini ko'rsatishga qiynaldi.
1998 yil to'purar bo'lgan Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin o'zlarini ko'rsatishgan. Qosimov 67 bahsda 31 gol urgan. SHkvirin esa 31 bahsda 20 to'p kiritgan. Yana bir omadsizlik shundaki, terma jamoamiz mustaqillikdan keyin rasmiy bellashuvlar o'tkazishni boshlaganda Igorning yoshi 30ga etib qolgandi. SHu sababli terma jamoadagi faoliyati juda ko'p davom etmadi. Agar SHkvirin 10 yil keyinroq tug'ilgan bo'lgandami, shunday mahorati bilan jamoaga yanada asqotgan bo'lardi. Bunday saviyadagi hujumchi bemalol 60dan ortiq gollarga mualliflik qilishi mumkin edi.
Umid Isoqov va Baxtiyor Hamidullaev. 2000-yillarning boshida to'purarlik uchun kurash asosan shu hujumchilar o'rtasida kechgan. Vodiylik to'purarlar bir necha yil davomida barqaror, sermahsul o'yin namoyish qilganlar. Biroq ularning ham bosh jamoadagi faoliyati omadli bo'lmagan. Har ikki hujumchida bir xil ko'rsatkichni ko'ramiz: 8tadan o'yin va 3tadan gol. Bu juda oz, albatta. Hech yo'g'i ulardan biri doimiy tarzda Maksim SHackix bilan juftlikda o'ynashga sazovor bo'lmagan. Hamidullaev jarima maydoniga oshirilgan to'plarni bir urinishda darvozaga yo'llash bo'yicha eng usta hujumchilardan biri edi. Isoqov esa o'yinni o'ziga olib, raqib futbolchilarini aldab o'tish, sheriklarini qulay vaziyatga chiqarish va o'zi gol urishni ham uddalardi. Lekin ular ham o'sha tushunarsiz vaziyatga duch kelishgan. Oliy liganing eng zo'r to'purarlari milliy terma jamoada o'zini ko'rsata olmaydi. Boshqa tomondan ular etarlicha imkoniyat ham olishmagan.
2003 yilgi to'purar Marsel Idiatullin terma jamoaga umuman chaqirilmagan! Bu paytga kelib tarkibda Maksim SHackixdek futbolchi bo'lgani sababli ikkinchi hujumchi masalasi keskin tortishuvlarga sabab bo'lgan. O'shandan bir yil avval terma jamoa tarkibi yoshartirib yuborilgani tufayli endi faxriyroq futbolchilarda imkoniyat ko'p bo'lmagan. 2004 yilgi eng yaxshi sermahsul futbolchi SHuhrat Mirxoldirshoevning ham terma jamoada omadi chopmagan. U “Navbahor” safida maydonda istagan ishlarini bajargan bir holatda milliy jamoa safida atigi 3 bahsda ishtirok etgan va umuman gol urmagan. Oliy ligada esa SHuhrat uzoq yillar mobaynida 19tadan kam gol urmadi. Raqibni aldab o'tish, dribling va standart vaziyatlarni ijro etish bo'yicha u mamlakatimizdagi eng mohir ijrochilardan biri bo'lganini ishqibozlar yaxshi eslashadi. Afsuski, Mirxoldirshoevgayam terma jamoada o'zini muxlislarga ko'rsatish baxti nasib qilmagan.
Anvar Solievni vaqtida jamoamizning “sehrli tayoqcha”si sifatida aytib o'tganmiz. CHunki u ko'plab uchrashuvlarda termamizni mag'lubiyatlardan qutqarib qolgan yoki muhim to'plarni kiritgan. Ushbu futbolchi hamon oliy ligada to'p urish qobiliyatini yo'qolmaganini isbotlab kelyapti. Soliev mamlakat bosh jamoasi safida 48 bellashuvda 8 gol urgan. U asosan zaxiradan maydonga tushish orqali uchrashuvlarda harakat qilgan. Odatda bunday pallada to'p kiritish ancha qiyin kechadi. Qolgan to'purarlarga nisbatan ko'proq o'yin o'tkazgan bo'lishiga qaramay, baribir u ham terma jamoada oliy ligadagi singari etakchilikni qo'lga olmagan.
Pavel Solomin esa o'zi uchun muvaffaqiyatli kelgan 2006 yildan 2008 yilga qadar milliy termada to'p tepgan. Bu davr ichida u 12 uchrashuv o'tkazib, 1 gol urgan. Yagona to'pini Saudiya Arabistoniga qarshi 2007 yilgi Osiyo Kubogi chorak final bahsida kiritgan. 2007 yilgi to'purar Ilhom Mo'minjonov esa faqat 3 o'yinda maydonga tushgan. Uning olgan og'ir jarohati futbolni davom ettirishiga yo'l qo'ymagan. Aks holda, u ko'proq gol urib, terma jamoadan doimiy chaqiruv olishga erishishi mumkin edi. 2007 yilni ancha yuqori saviyada o'tkazib, bir davraning o'zida 16 gol urishga erishgandi.
Server Jeparov xuddi Qosimov singari yarim himoyachi va terma jamoada ko'plab o'yinlarda maydonga tushgan. U hozirgacha terma jamoa tarkibida 99 bellashuvda 21 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Uning ampluasi uchun bu juda yaxshi natija. Har holda, taqqoslasak, u bazi hujumchilardan yaxshiroq ko'rsatkichni qayd etgan. Darvoqe, navbatdagi bellashuv Server uchun terma jamoadagi yubiley 100-o'yinga aylanadi. Bu borada u yuzlik marrani bosib o'tgan ikkinchi futbolchiga aylanadi.
2009, 2011 va 2013 yilgi mavsumlarda to'purarlikka “Bunyodkor”ning xorijlik futbolchilari sazovor bo'lishdi. Orada Alisher Xoliqov va Nosir Otaqo'ziev 13tadan gol urgan holda mukofotni birgalikda qabul qilganlar. 2010 yil to'purarlar qayd etgan eng past ko'rsatkich sifatida uzoq vaqt tursa ajab emas. CHunki keyingi eng yomon natija 19 gol sanaladi. Xoliqov terma jamoada o'ynamagan. Otaqo'ziev esa 2 uchrashuvda maydonga tushirilgan.
O'tgan yili to'purarlikka erishgan Anvar Berdiev ko'p yillardan buyon chempionatimizda barqaror gol urib kelayotgan hujumchilardan biridir. Lekin u atigi 5 bor milliy terma tarkibida harakat qilgan. Faqat o'rtoqlik bellashuvlarida to'p tepgan Berdiev 2 golga mualliflik qilgan.
Raqamlardan ko'rinib turibdiki, milliy chempionat to'purarlari har doim ham terma jamoada o'zlarini ko'rsata olishmagan. Bizda deyarli bunday holat sodir bo'lmagan. Ehtimol, bunga chempionatimizda hujumchilarga munosib tashvish tug'diradigan himoyachilar kamligi sabab bo'lgan yoki hujumchilar bosimga duch kelgan bo'lishlari ham mumkin. CHunki oliy ligada gol urgan har bir to'purar hujumchi terma jamoada o'ynab ketavermaydi. Yoki o'sha paytlarda yaxshi saviyada o'ynaydigan hujumchilar ko'p bo'lgani bois ularning barchasiga imkoniyat berilmagan. Avvallari xorijda o'ynaydigan hujumchilarga ko'proq tayanardik, endi esa hech kim chet elda to'purarlik mahoratini namoyish qilmayapti. SHu sababli o'zimizning yoshlarga imkoniyat berilyapti. Hozir oldin o'zimiz qadriga etmagan hujumchilarning o'rni bilinmoqda.
1992 Valeriy Kechinov
1993 Rustam Do'rmonov
1994 Ravshan Bozorov
1995 Oleg SHackix
1996 Jafar Irismetov, Oleg SHackix
1997 Jafar Irismetov
1998 Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin
1999 Umid Isoqov, Baxtiyor Hamidullaev
2000 Jafar Irismetov
2001 Umid Isoqov
2002 Baxtiyor Hamidullaev
2003 Marsel Idiatullin
2004 SHuhrat Mirxoldirshoev
2005 Anvar Soliev
2006 Pavel Solomin
2007 Ilhom Mo'minjonov
2008 Server Jeparov
2009 Rivaldo
2010 Alisher Xoliqov, Nosir Otaqo'ziev
2011 Milosh Trifunovich
2012 Anvar Berdiev
2013 Aleksandr Pishur
Behzod NAZAROV.

Fikrlar