So’nggi yangiliklar

08:52Мавсумдаги 4-“Эл Классико“да ғалаба қозонган Флик кеча нималар деди?  10 08:21Францияда мавсумнинг энг яхшилари аниқланди. Рамзий термадан 9 нафар ПСЖ футболчиси жой олди  0 07:51Мбаппе "Реал"нинг барча даврларидаги рекордини янгилади  8 07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  20 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  5 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  3 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  3 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  13 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  50

CHempionat qiziyapti, buning foydasini qachon ko'ramiz? Yana bir taklif... Yangiliklar

CHempionat qiziyapti, buning foydasini qachon ko'ramiz? Yana bir taklif...

Oliy ligada sakkizinchi tur o'yinlari yakuniga etdi. Anchadan beri peshqadam jamoalar o'rtasidagi tafovut bunchalik zich bo'lmagandi.

Har bir turdan so'ng peshqadam almashishi mumkin bo'lgan chempionat, tabiiyki muxlislarda ham qiziqish orttiradi. Mana halol futbol boshlandi, nega muxlislar stadionga kelmayapti deydiganlar shoshilmasin. Muxlislarni biz bir yilda yo'qotmadik, unga ancha yil ketdi, ularni yillar davomida futboldan ko'nglini sovutib yubordik. Endi ularni qaytarish uchun kamida 2-3 yil vaqt kerak bo'ladi. 

Kecha Bekobodga bordim. Avvallari "Paxtakor" bilan o'yinda muxlis stadionda to'lardi. Qo'shib yozishni hisobga olmasa, stadionda nari borsa 2000 nafar muxlis bor edi. Hisob 2:0 ko'rinish olganidan keyin, "Bugun ham o'yinni beribmiz", deb stadionni tark etgan muxlislar bo'ldi. Aslida unday emasdi. To'g'ri, hamma o'yinlarni 100% halol o'tyapti deb aytmagan bo'lardim. Bor, qon bilan kirgan jon bilan chiqadi. Lekin sezilarli tarzda kamaydi.

Muhimi, futbolchilar endi osonlikcha g'alaba qozonib bo'lmaslikni anglab etyaptilar. Bu esa o'z ustida ishlashi kerak degani. Yaqin ikki yilda emas-ku, 4 yil ichida (agar shunday ishlashda davom etilsa) bu holatning terma jamoaga foydasi tega boshlaydi. Yillar davomida ongi va jismoniy holati yarim harakat bilan g'alaba qozonishga ko'nikib qolgan futbolchilarning avvalgi mavqeiga chiqishiga endi vaqt kerak bo'ladi. Balki o'rta yoshdagi o'yinchilarimiz chiqa olmaslar, ammo bugungi yoshlar uchun bu ayni muddao. 

Yillar davomida aysberg singari erib borgan oliy ligamizning asl saviyasini OCHL ko'rsatib berdi. Bu vaziyatda faqat "Bunyodkor"ni tushunish mumkin. Tarkib o'zgarib ketgan, avvalgi "Bunyodkor" emas. Ammo "Lokomotiv", "Paxtakor" va "Nasaf" bunday natija qayd etmasliklari kerak edi. Lekin bir narsani tan olaylik, arablar bizdan kuchli! Aslida "Al Jazira"ni chempionat yo'lida OCHLni qurbon qilganini hamma ham birdek tushunmagandi. Nima uchun arab jamoalari bizdan kuchli? Sababi O'zbekisonning eng kuchli futbolchilari chet elda faoliyat olib boryaptilar. Arablarda esa aksincha, ularning bari o'z ligalarida to'p tepadilar.

Endi tasavvur qilib ko'ramiz. Odil Ahmedov "Paxtakor"ning asosiy tarkibida faoliyat olib boryapti. Zaxirada Iskanderov. Bu vaziyatda "Paxtakor" OCHL guruh bosqichidan o'ta olishiga ishonish mumkin. Yoki Denisov "Nasaf"da, zaxirada Muhammadiev? "Nasaf" ham keyingi bosqichda. Maksim SHackix "Lokomotiv"da, bunga nima deysiz?

Ularni yaqin orada qaytara olmaymiz. Ammo ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, ularning saviyasidagi o'yinchilarni etishtirishimiz mumkin bo'ladi. Buning uchun bugungidek davom etayotgan halol futbol biroz cho'zilishi kerak. Yarim yo'lda qolib ketmasligi kerak. 

Etibor bergan bo'lsangiz, bazi klublar o'z o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri namoiy etish borasida TV bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqdalar. Buning uchun ular TV hisobiga 7-8 million so'm o'tkazib beryaptilar. Bu haqda klub vakillari aytib o'tishdi. Maqsad, o'z maydonlarida bo'lib o'tadigan etakchi klublarga qarshi o'yinda hakamlarni xato qilmaslikka undash. Lekin TV bir kunda barcha viloyat ehtiyojini qondira olmaydi. Ammo boshqa bir fikr bor.




O'sha kuni qanot uchun qo'yishga kamera etishmaganligi bois, Kamoliddin Alimovning "barsetka"sidan foydalangan edik. Ammo uzoqdan u kamerami yoki boshqa narsa payqash qiyin edi...


Bu narsa 2014 yil birinchi ligada ish bergan edi. "Istiqlol" jamoasing qaysidir o'yinida, bir hiylani qo'llagan edik. Bu o'yin "Istiqlol" uchun o'ta muhim edi, lekin hakamlardan cho'chib turgan joyi ham bor edi. Bir kun avval saytimiz bilan hamkorlikda "Istiqlol" uchrashuvini 4ta kamera tasvirga tushiradi deb yangilik chiqardik. O'yin esa alo darajada o'tdi. Hech qanday xatosiz. Bitta shtativga kamera yo'qligidan, "barsetka" qo'ygan edik. Ammo bu ish bergan. O'yindan keyin qanot hakami "Qanday ishladik, 4ta kameralik o'yinni tomosha qilsak bo'ladimi?" - deya "Istiqlol"ning o'sha paytdagi murabbiyiga kesatiq gap qilib chiqib ketgan edi. 

SHu narsani oliy ligada ham qo'llasa bo'ladi. Faqat rosmana kameralar bilan. Ikkita kamerani ikkita darvoza tomonga, umumiy planga qo'yasiz. Bu kamera jarima maydonchasi ichi va atrofini tasvirga tushiradi. O'yindan tashqari holatni aniqlash uchun ham ayni muddao. Yana bitta kamera maydon markazi uchun ishlaydi. Faqat mezbon jamoa har qanday vaziyat bo'lmasin, hakam ularning foydasiga qaror chiqargan bo'lmasa, o'yin tasmasini PFLga yoki raqib jamoaga taqdim etsa yaxshi bo'lardi. 

Bugunda zamonaviy kamerani 10 000 000 so'mga xarid qilishingiz mumkin. 3tasi 30 000 000 so'm bo'ladi. Halol futbol sari kurashish uchun bu katta summa bo'lmasa kerak. Bugun oliy liga o'yinlari bitta kamera bilan tasvirga tushirilayotganligi uchun juda ko'p epizodlar nazardan chetda qolib ketyapti. Klublar esa o'z haq-huquqlarini himoya qila olmayaptilar. Menimcha, bu taklif o'ylab ko'rilsa chakki bo'lmasdi. Ishoning, aksar hakamlar kameradan cho'chib harakat qiladilar. Bu ko'proq qanot hakamlariga bog'liq. Bugun barcha qanot hakamlarimizni saviyasi yuqori deb ayta olmaymiz. 

Qolganini kuzatishda davom etamiz... Iltimos vadangizni buzmang!

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика