So’nggi yangiliklar

14:24"Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна" устидан қийин ғалабага эришган муросасиз баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:02Слот "Ливерпул"нинг ёзги трансферлари ҳақидаги саволга жавоб беради  2 13:35"Динамо" 7 йилдан сўнг уйига қайтган "Шўртан"ни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:13Про лига. 5-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 12:53Эксперт ҳакамлар комиссияси: Ҳакамлар "Навбаҳор" ва "Андижон" дарвозаларига хато пенальти белгилашган  47 12:28"Андижон" собиқ футболчиси Ўзбекистон, Қозоғистон ва Беларусь чемпионатларини ўзаро солиштирди  3 11:59"Локомотив" футбол клуби эмблемаси Адлия вазирлигида рўйхатдан ўтказилди  4 11:33Никола Лазаревич: "Жамоамизнинг ҳар бир вакилини "Навбаҳор" устидан қозонилган ғалаба билан муборакбод этаман"  5 11:06Сергей Лушан: "Ғалаба қозониш учун ҳеч бўлмаганда 50% имкониятдан фойдаланишни билиш керак"  6 10:32Бразилия томонидан Анчелотти учун таклиф қилинган молиявий шартлар ошкор бўлди  2 10:01Пролига. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:30Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:58Sofascore. Кечаги учрашувда ассист қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:27Футзал. Ўзбекистон кубогида бугун чорак финал баҳслари бошланади  0 07:56Клаудио Раньери кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  4

CHempion mavsumni durang bilan boshladi: "Paxtakor" - "Olmaliq" 1:1 Yangiliklar

CHempion mavsumni durang bilan boshladi: "Paxtakor" - "Olmaliq" 1:1

O'zbekiston 24-milliy chempionatining birinchi turida "Paxtakor" va "Olmaliq" o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
PAXTAKOR – OLMALIQ 1:1
12 mart 2015. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 14:00

Hakamlar:
I.Tantashev, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, I.Garmashov.
Nazoratchi:
V.Valickiy.

Gollar:
Zohir Pirimov 35, - 0:1 (SHavkat Salomov).Igor Sergeev 88, - 1:1 (Adnan Oraxovac)

"Paxtakor":
12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 4.Adnan Oraxovac, 5.Akbar Ismatullaev (18.Bahodir Pardaev, 52), 7.Kaxi Maxaradze (s), 8.SHerzod Karimov (10.Jamshid Iskanderov, 38), 11.Igor Sergeev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 29.Vladimir Kozak (15.Javohir Sohibov, 72).
Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 6.Murod Xolmuhammedov, 16.Navro'zbek Alimov, 20.Anvar Soliev.

"Olmaliq": 16.Umid Xonimqulov, 5.Evgeniy Gogol (s), 8.Sahob Jo'raev, 10.SHavkat Salomov, 11.Zohir Pirimov (3.Azamat Isroilov, 82), 17.Kamoliddin Murzoev (7.G'ulom O'runov, 87), 19.Islom Inomov, 21.Salamat Quttiboev, 55.Adrian Kashkaval, 70.Arslonmurod Omonov, 84.Nemanya Yovanovich.
Zaxira: 1.Temur G'aniev, 4.Abduqahhor Hojiakbarov, 14.Doniyor Ismoilov, 23.Sarvar Jo'raev, 35.Nikita SHkvirin.

Ogohlantirishlar: Akbar Ismatullaev 47, Igor Sergeev 64, Jamshid Iskanderov 74, Adnan Oraxovac 90 - Azamat Isroilov 83.


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH



90+4. O'yin tugadi. "Paxtakor" va "Olmaliq" klublari bir ochkodan bo'lib olishdi

90+2.
Salomovning amalga oshirgan jarima to'pini himoyachilar qaytarishdi

90+1. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Adnan Oraxovac

90.
O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

88. Havodan uzatilgan to'pni Oraxovac boshi bilan jarima maydoni markaziga uzatdi, Igor Sergeev darvozaga yo'lladi - 1:1.

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Igor Sergeev 1:1

87. O'zgarish. "Olmaliq".
Kamoliddin Murzoev o'rniga G'ulom O'runov tushdi

85.
Burchak to'pidan so'ng Krimec boshi bilan darvozaga zarba berdi, Umid Xonimqulov o'z o'rnida

83. Jamshid Iskanderov jarima to'pini amalga oshirdi, Xonimqulov mushtlari bilan to'pni qaytarib yubordi!

82. Ogohlantirish. "Olmaliq".
Azamat Isroilov

80. O'zgarish. "Olmaliq".
Zohir Pirimov o'rniga Azamat Isroilov tushdi

79.
Andreev ikki marta burchak to'pini amalga oshirdi, uning sheriklari zarba bera olmadi

77.
Iskanderovning o'ng qanotdan oshirgan to'piga Maxaradze eta olmadi, Gogol to'pni qaytardi.

73. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Jamshid Iskanderov

72. O'zgarish. "Paxtakor".
Vladimir Kozak o'rniga Javohir Sohibov tushdi

70. ZARBA! Pardaevning boshi bilan oshirib bergan to'pini Kaxi Maxaradze boshi akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

66.
SHu daqiqaga qadar berilgan zarbalar 6:3, aniq zarbalar 4:1.

64. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Igor Sergeev

60. ZARBAAAA! Salomov to'pni chap qanotdan sherigiga oshirdi, Pirimovning zarbasini Lobanov qaytardi!

57.
Yovanovich jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, kuchsiz chiqqan zarbadan so'ng to'pni Lobanov ushlab oldi

56.
Iskanderov to'pni sheriklariga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Xavf bartaraf etildi

54. ZARBA!!! Yovanovich o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga havolatib oshirdi, Omonov boshi bilan noaniq zarba berdi!

52. O'zgarish. "Paxtakor".
Akbar Ismatullaev o'rniga Bahodir Pardaev tushdi

50.
"Paxtakor" hisobni tenglashtirish uchun hujumga o'tmoqda. "Olmaliq" esa qarshi hujumda raqibni ushlamoqchi.

47. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Akbar Ismatullaev

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha "Olmaliq" 1:0 hisobida oldinda.

45.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

43.
Evgeniy Gogol boshchiligidagi himoyachilar raqibga imkon berishmayapti.



43.
Davron Hoshimov o'zini ko'rsata olmayapti



42.
Igor Sergeev havo jangida ancha faol



41.
O'yindan oldin ikkala jamoa sardorlari davlatimiz bayrog'ini ko'tarishdi.



40. ZARBAAAAAA! Arslonmurod Omonov! Qanday vaziyayayayayayayayayat! U birga bir vaziyatga chiqib bor va uzoq burchagni nishonga oldi, noaniq!

38. O'zgarish. "Paxtakor".
SHerzod Karimov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

35. Tinib-tinchimas SHavkat Salomov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Murzoev to'pni o'tkazib yubordi, Zohir Pirimov esa osonlik bilan darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi - 0:1.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. Zohir Pirimov!!! 

34.
Andreev jarima to'pini amalga oshirdi, aaanchagina noaniq!

32. Zarba! Raqib jarima maydoniga etib kelgan Oraxovacning zarbasidan so'ng Xonimqulov to'pni egallab oldi.

30.
"Paxtakor" hujumlarni asosan qanotlardan tashkil qilmoqda. Burchak to'plari samarasiz ketmoqda

26. SHerzod Karimovning oshirgan to'pini Xonimqulov mushtlari bilan qaytarib yubordi

22. Xavfli vaziyat!!! Salomov burchak to'pini amalga oshirdi, Lobanovdan o'tib ketgan to'pni Salamat Qutiboev boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi! Masofa bir metr edi!

18. ZARBA! SHavkat Salomov 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi! Noaniq.

15. Xavfli vaziyat! Merzlyakov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Maxaradze boshi bilan darvozaga zarba berdi, yana Umid Xonimqulov to'pni qaytardi! Burchak to'pidan so'ng himoyachilar o'zlarini ko'rsatishdi.

12. Arslonmurod Omonov katta tezlikda oldinga o'tdi, uni himoyachilar to'xtatib qolishdi

11. SHerzod Karimov jarima to'pini amalga oshirdi! Xonimqulov o'zini ko'rsatdi!

8. Oraxovac markazda Murzoevni yiqitdi. Bosh hakam Adnanni so'nggi bor og'izaki ogohlantirdi.

6. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar hujumkor o'ynashmoqda. Kamoliddin Murzoev o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

5.
Yana "Olmaliq"ning hujumi. Salomov jarima to'pini jarima maydoniga uzatib berdi, Adrian Kashkaval havo jangida qoida buzdi.  

3. Xavfli vaziyat!!! Havodan oshirilgan to'pni Yovanovich boshi bilan jarima maydoniga uzatdi, Kamoliddin Murzoev yaqin masofdan kuchli zarba berdi! Biroz noaniq! Gol urish uchun yaxshi imkoniyat edi!

1. O'yin boshlandi!


- Har ikkala jamoa sardorlari ochilish uchrashuvida davlatimiz bayrog'ini balandga ko'tarib qo'yishdi va endi uchrashuvni boshlasak ham bo'ladi. Barchangizga yangi futbol bahori muborak bo'lsin!

- O'zbekiston davlat madhiyasi jarang solmoqda...

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoda...

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Oliy liga birinchi tur ochilish o'yini "Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz.


- O'yin soat 14:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика