"CHelsi"ning sobiq futbolchisi: "Azar ketishi kerak"
26 may 2019 16:16
Yangiliklar


"CHelsi"ning sobiq futbolchisi: "Azar ketishi kerak"
"CHelsi"ning sobiq himoyachisi Frank Lebefning fikriga ko'ra, rahbariyat Eden Azar bilan hayrlashishi kerak.
"Azarning "CHelsi" bilan shartnomasi yana 2 yil amal qiladi. Klub endi moliyaviy tomonni o'ylaydigan vaqti keldi. O'tgan mavsum arafasida Eden "Real"ga o'tishni istagandi. Biroq "CHelsi" uni saqlab qoldi.
To'g'ri, uni olib qolish yaxshi variant. Ammo u bu jamoada o'zini baxtli sezmayotganini ochiqdan ochiq aytayotgan vaqtda, uni qo'yib yuborish kerak", - dedi Lebef.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar