"Chelsi" yozda "Barselona"ning iqtidorli futbolchisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 may 2020, 00:58
Londonliklar istedodli himoyachini sotib olishni xohlamoqda.

Evening Standard xabariga ko'ra, "Chelsi" yaqin transfer oynasida Xaver Mbuyamba tomon oshiqadi.

Virjil van Deykka qiyoslanayotgan niderlandiyalik bu himoyachi "Barselona"dagi hozirgi o'rnidan norozi.

Mbuyamba "Barselona"ga o'tgan yozda "MVV Maastrixt"dan kelgandi. Himoyachi ushbu mavsumda UEFA yoshlar ligasida uchta o'yin o'tkazdi.

Takidlanishicha, londonliklar Mbuyamba uchun kurashda favorit bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard