“CHelsi” yozda Barklini sotib olmoqchi
23 jan 2014 10:29
Yangiliklar


“CHelsi” yozda Barklini sotib olmoqchi
“Everton” klubi yarim himoyachisi Ross Barkli “CHelsi” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Londonliklar 20 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisini mavsum so'ngida o'z saflariga qo'shib olishmoqchi, deb xabar beradi The Telegraph.
Manbaning xabariga ko'ra, “ko'klar” Barkliga “Manchester Yunayted”ga o'tishi deyarli aniq bo'lgan Xuan Mataning o'rindoshi sifatida qarashmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” ham Barkliga qiziqmoqda.
Ushbu mavsum Angliya chempionatining 19 ta o'yinida ishtirok etgan Barkli, 3 ta gol va 1 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar