“CHelsi” yozda 68 million evroga sotib olgan futbolchisi olti hafta maydonga tusha olmaydi
12 sen 2023 08:27
Yangiliklar
“CHelsi” yozda 68 million evroga sotib olgan futbolchisi olti hafta maydonga tusha olmaydi
"CHelsi" yangi o'yinchisi Romeo Laviya jarohati sababli yana kamida bir yarim oy maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda.
Daily Mail xabariga ko'ra, London klubiga o'tgan belgiyalik yarim himoyachi jamoasining mashg'ulotlarida yana jarohat olgan. Qayd etilishicha, xavbek to'pig'idan olgan jarohati sababli kamida 6 haftaga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda.
Malumot uchun, Laviya "Sautgempton"dan 62+6 mln evro evaziga "CHelsi"ga transfer qilingandi.
Fikrlar