"CHelsi" yozda 4 nafar o'yinchisi bilan xayrlashadi
14 fev 2020 15:10
Yangiliklar


"CHelsi" yozda 4 nafar o'yinchisi bilan xayrlashadi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoada "tozalash ishlari"ni amalga oshirishga qaror qildi.
Angliyalik mutaxassis jamoani yoshartirish bilan birga uni APL va evrokuboklar uchun raqobatbardosh jamoa qilmoqchi.
SHu sababdan Lempard Olive Jiru, Villian, Pedro va Mishi Batshuayilar bilan xayrlashmoqchi.
Xabar qilinishicha, "ko'klar" murabbiyi yozda yangi forvard, markaziy va qanot himoyachilarini ham o'z tarkibiga jalb qilmoqchi. Bundan tashqari, "aristokratlar" kecha Zieshning transferini rasman hal qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Lempard shuningdek jamoaning asosiy darvozaboni Kepa Arissabalaganing ham o'yinlaridan norozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar